501
BOLALAR O‘YINIGA TARBIYACHINING RAHBARLIK QILISHI
BuxDUPI Maktabgacha ta’lim
kafedrasi mudiri p.f.f.d (PhD)., dotsent N.T.Tosheva
BuxDU Xorijiy tillar fakulteti 3-bosqich talabasi
N.Z.Qodirova
Annotatsiya
Ushbu maqolada bolalar o‘yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi, o
‘yin mazmuni ta’lim-tarbiya
beruvchi ahamiyati
, o‘yin faoliyati asosida boladagi bilish faoliyati rivojlanishi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar
: o‘yinda obraz, o‘yin harakati, so‘z, ijtimoiy-pedagogik, psixik taraqqiyot, o‘yinning
g‘oyasi, individual, samarali rivojlanish.
O‘yin bolalarning qiziqarli ermagigina bo‘lib qolmay, shu bilan bir qatorda u bolalarni rivojlantirish va
tarbiyalashning muhim vositasi hamdir. Ammo o‘yin kattalar tomonidan tashkil etilib, unga rahbarlik
qilingandagina ijobiy natija beradi.
Pedagog bolalar o‘yinini tashkil etar ekan, quyidagi talablarga e’tibor berishi zarur:
a). O‘yin mazmuni ta’lim-tarbiya beruvchi ahamiyatga ega bo‘lishi;
b). Aks ettirilayotgan narsalar haqidagi tasavvurlar to‘g‘ri va to‘la bo‘lishi;
v). O‘yin harakatlari faol, ma’lum maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega bo‘lishi kerak;
g). Hamma va ayrim bolalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda o‘yniga rahbarlik qilish;
d). O‘yinchoqlar va boshqa kerakli materiallardan maqsadga muvofiq foydalanish, bolalarning o‘yinda
xayrixoh va xursand bo‘lishlarini ta’minlash lozim.
Pedagog bolalar o‘yiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsining hamma tomonlariga:
ongiga, his-
tuyg‘ulariga, irodasiga, xulqiga ta’sir etishi va bundan bolalarni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tomondan
tarbiyalashda foydalanishi lozim.
O‘yin jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi. O‘yinda u yoki bu
rolni bajarayotib, bola o‘zining butun diqqatini o‘yinga qaratishi lozim. Bola o‘ynayotganda kishilar mehnati,
ularning aniq harakatlari, munosabatlari to‘g‘risidagi tasavvuri yetarli emasligini sezib qoladi, buning
natijasida kattalarga savol boshlaydi. Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob berib, ularning
bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi. Shunday qilib, o‘yin bolalardagi bilim va tasavvurlarni mustahkamlaydi.
Bunda pedagogning to‘g‘ri rahbarligida uning tushunchalari kengayadi. Tarbiyachi o‘yin orqali bolalarda
ona-vatanga, o‘z xalqiga boshqa millat kishilariga ijobiy munosabatni shakllantiradi, mustahkamlaydi.
O‘yin orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik, to‘g‘rilik, o‘zini tuta bilishlik, tashabbuskorlik kabi sifatlarni
tarbiyalaydi.
O‘yin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularning hayotga, bir-biriga bo‘lgan munosabatini shakllantiruvchi
o‘ziga xos maktabdir. O‘yinda bola kishilarning axloq-odob normalarini, mehnatga munosabatlarini, jamiyat
mulkiga, boshqalarga munosabatlarini bilib oladi.
Tarbiyachi bolalar o‘yiniga rahbarlik qilayotib ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O‘yin
jarayonida bolalar o‘z xohishlarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga, o‘yinda o‘rnatilgan qoidalarga rioya
qilishga o‘rganadilar.
Ammo o‘yinga to‘g‘ri rahbarlik qilinmasa, u noxush oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Tarbiyachi
bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda o‘yindan keng foydalanadi. Juda ko‘pchilik o‘yinlar bolalardan
faol harakat qilishni talab etadi, bu esa o‘z navbatida organizmda modda almashinishini yaxshilaydi, qon
aylanishini tezlashtiradi. Bundan tashqari faol harakat qilish bola gavdasining to‘g‘ri o‘sishini, harakatlari
chiroyli bo‘lishini ham ta’minlaydi. Ammo o‘yin pedagogning rahbarligisiz o‘z-o‘zidan jismoniy tarbiya
vositasi bo‘lolmaydi, chunki ortiqcha harakat qilib yuborish yoki uzoq vaqt bir vaziyatda o‘tirish bolaning
sog‘lig‘iga zarar keltirishi mumkin. Bundan tashqari, o‘yin paytida gigienik shart-sharoit tug‘dirish uchun
alohida g‘amxo‘rlik qilish lozim.
O‘yin orqali tarbiyachi bolalarda quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy ruhiyat hosil qiladi, bu esa bolaning
asab-ruhiy, jismoniy tarbiyasini yaxshilaydi.
O‘yin bolalarga estetik tarbiya berish vositasi sifatida ham keng qo‘llaniladi. Bolalar tevarak-atrofdagi
hayotni, voqelikni obrazlar, rollar orqali ham aks ettiradilar.
O‘yinda bolalarning avval olgan taassurotlari orqali obraz yaratishlari — xayol juda katta ahamiyatga
ega. Bolalar juda ko‘p o‘yinlarda avval o‘rgangan ashula, she’r, raqs, topishmoqlardan keng foydalanadilar.
Bundan tarbiyachi bolalarda estetik did, zavqni tarbiyalashda foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: |