Bolalar o‘yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi buxdupi maktabgacha ta’lim



Yüklə 50,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix13.12.2023
ölçüsü50,38 Kb.
#174619
1   2   3   4   5
501-503

 
 
MAKTABGACHA YOSNDAGI BOLALARDA ATROF- MUHIT ORQALI EKOLOGIK 
DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH 
Kamilova. G. A- BuxDUPI maktabgacha ta`lim
kafedrasi dosenti, p.f.n 
Annotasiya 
: Ekologik tarbiyalash tarbiyalanuvchilarda tabiatni muntazam kuzatib borishga qiziqishni 
uyg‘otadi, tabiatni himoya qilish uchun kurashishga, uning go‘zalligini asrab-avaylashga olib keladi. 
Maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga atrof- muhit orqali ekologik dunyoqarashni shakllantirish 
masa-lalari yoritilgan. 
 Kalit so`zlar:
ekologik dunyoqarash, maktabgacha ta’lim yoshi, atrof-muhit, savodxonlik , madaniyat, 
ta’lim va tarbiya, tabiat, ob’ektl. 
Ma’lumki, bola shaxsi o‘zaro va bioijtimoiy munosabatlar tizimida tarkib topadi. Bu munosabatlarni 
keltirib chiqaradigan asosiy manba - bolaning hissiy bilish jarayoni va o‘yin faoliyatidir. Demak, bola shaxsiga 
xos bo‘lgan barcha psixologik holat va jarayonlar ijtimoiy hayot hamda atrof-muhit ta’sirida vujudga keladi. 
Bola o‘z faoliyati jarayonida o‘zini o‘rab turgan tabiiy va antropogen narsalar va hodisalar mohiyatini bilib 
oladi. Bolaning atrof-muhitni hissiy bilish jarayoni o‘z mohiyati va xususiyati jihatidan bir-biridan shartli farq 
qiluvchi uch bosqichdan iborat bo‘. Zero, hissiy bilish bolaning sezgilariga bevosita ta’sir etgan tashqi atrof-
muhit (tabiat) va uning alohida xossalarining ko‘rinishlar, qiyofalar, tasvirlar, manzaralar shaklida ongida aks 
etishidir. 
Mazkur yoshdagi bolalarning fikrlashi va hissiyotining yuqoriligi ularda birgalikda qayg‘urish, 
kechayotgan hodisalarga mansublik hissini keltirib chiqaradi. Shu sababli bolalarda atrof-muhit hodisalari va 
odamlarning hatti-harakatlariga qiziqishni ilk bolalik davridan uyg‘otish va ularga nisbatan hissiy-ijobiy 
munosabatni shakllantirish talab etiladi. 
Bola o‘zini o‘rab turgan atrof-muhit va tabiatning muayyan xossalarini: havoning issiq- sovuqligini 
terisi bilan, suyuqliklarning ta’mini tili bilan, havodagi hidni burni bilan, tabiatdagi xilma-xil ob’ektlarning 
rangini ko‘zi bilan, tovushlarni qulog‘i bilan sezib, ya’ni mazkur xossalar bolaning besh turli sezgisiga ta’sir 
etib, shu a’zolarda joylashgan asab hujayralari orqali bosh miyasiga borib yetib, natijada miyada tabiatning 
ayrim xossalari to‘g‘risida bilim paydo bo‘ladi, ularning ko‘rinishlari, qiyofalari, tasvirlari, manzaralar 
vujudga keladi. 
Falsafiy-psixologik nuqtai nazardan bola bilimining manbai sezgidir. Chunki bola atrof- muhit haqidagi 
dastlabki bilimlarni o‘z sezgilaridan oladi. Bolaning atrof-muhit haqidagi boshqa birmuncha murakkab 
bilimlari mana shu dastlabki
maktabgacha bilimlari asosida vujudga keladi. Demak, bolani tabiiy va antropogen muhit bilan 
bog‘lovchi eng birinchi yo‘l ham atrof- muhitdagi ob’ektlar va hodisalarni sezishdir.Atrof-muhitdagi ob’ektlar 
va hodisalarni idrok etish sezishga nisbatan birmuncha murakkab jarayon. Idrokda ob’ektlar yoki hodisalar 
butun holda aks etadi, ya’ni ularning yaxlit manzarasi, tasviri vujudga keladi. Masalan, yomg‘ ir, qor 
manzaralari va h.k. 
Xususiy tasavvurlar atrof-muhitdagi aniq ob’ektlar tasviri, manzarasidir. Ular aniq ob’ektlarni, masalan, 
aynan daraxtni, yo‘lni, ko‘prikni, soyni, ariqni, ko‘chani, mahallani aks ettiradi. Shuningdek, ayni paytda 
ko‘cha yoki mahalla hududining tabiati va kishilar hayotini ham aks ettiradi. Natijada bola ongida muayyan 
hududlarning hajmdor yoki hajmsiz, rangli yoki rangsiz, aniq yoki noaniq shakldagi manzaralari hosil bo‘ladi 
va bu jarayon vaqt va tajribaga bog‘liq holda tiniqlashib boradi. Demak,maktabgacha ta’lim yoshidagi 
bolalarni atrof-muhit bilan tanishtirish jarayonida ularning hissiy bilishiga tayanilib ish ko‘riladi va shu asosda 

Document Outline

  • BuxDU Xorijiy tillar fakulteti 3-bosqich talabasi
  • Annotatsiya (1)

Yüklə 50,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin