33
AXBOROT JAMIYATI
— sanoati rivojlangan davlatlarda ahborotning yangi
rolini, ahborot ishlab chiqarish, uni qayta ishlash, tarqatishning sifat jihatidan yangi
usullarini tasniflash uchun qo‗llaniladigan atama. Axborot jamiyati konsepsiyalari
zamonaviy jamiyatlar o‗z tarixiy taraqqiyotlarida yangi bosqichga ko‗rilganliklarini
ta‘kidlaydi. Axborot jamiyatining tarixiy o‗rnini baholashda ikki yondashuv mavjud:
Yu.Xabermas., E.Giddenslar tomonidan ishlab chiqilgan birinchi yondashuv axborot
jamiyatini sanoatlashgan jamiyatning bosqichi sifatida talqin etadi. D.Bell va O.Tofflerga
tegishli ikkinchi yondashuv axborot jamiyatini taraqqiyotning yangi bosqichi (―uchinchi
to‗lqin‖) tarzida o‗rganishni taklif etadi. Axborot jamiyatida birinchi o‗ringa xizmatlar
ishlab chiqarish ko‗tariladi, jamiyatning malakaviy, ma‘rifiy tarkibi, mehnatning tabiati
o‗zgaradi. Qishloq xo‗jaligi va sanoatda mehnat qiluvchilar soni keskin kamayib, asosiy
mehnat sohasi – axborot texnologiyalari sohasiga ko‗chadi. Parsonsga ko‗ra jamiyat to‗rt
asosiy kichik tizim – iqtisod, siyosat, madaniyat va ijtimoiy sohaga bo‗lingan bo‗lsa,
axborot jamiyatida ularga yana telekommunikatsion va ta‘lim tizimlari kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: