sanasi; tabiat bilan bogʻliq metaforalar; bayram tabrigi doirasida
qoʻllanadigan soʻzlar.
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Nazorat ishi (1 soat)
II BOʻLIM. TABIAT NEʼMATLARI
(24 SOAT)
YASHIL SAYYORA
(8 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi:
Yer sayyorasi va uning tabiati haqida
maʼlumot berish, tabiat hodisalarining turlari, ularning yuzaga kelishi haqida
dastlabki tushunchalarni hosil qilish, ekologik muammolar bilan tanishtirish,
tabiatni asrash koʻnikmalarini shakllantirish.
Tinglab tushunish:
audiomatnni tinglab, qayta bayon qila oladi;
audiomatndagi voqealarni rasmlar bilan moslashtira oladi; matndagi kalit
soʻzlarni aniqlay oladi; eshitganlari asosida boʻsh oʻrinlarni toʻldira oladi.
Ogʻzaki nutq:
dialogli matnni oʻqishda rolga kirisha oladi; h va x
tovushlarini farqlab, toʻgʻri talaffuz qila oladi; joy hamda tabiat hodisalarining
nomini toʻgʻri talaffuz qila oladi (choʻl, oʻrmon, tuman, jala kabi); matnni qayta
bayon qila oladi; tabiatga zarar keltiruvchi narsalar, harakatlar haqida nutq
soʻzlay oladi; tabiatni asrashga qaratilgan harakatlar haqida nutq soʻzlay
oladi; rasmlar asosida bogʻlanishli nutq tuza oladi; oʻzi tomonidan yaratilgan
loyiha ishini taqdimot qila oladi (oila yoki sinf davrasida); sheʼriy matnni
ritmga eʼtibor bergan holda ravon ijro qila oladi.
Dostları ilə paylaş: