oladi; topishmoqning javoblarini yoza oladi; krossvord shaklini toʻldira oladi;
berilgan koʻrsatmalar asosida tabiatni asrash haqida loyiha ishini yoza oladi;
tarkibida tire qoʻllangan maqollarni yoza oladi; rasm asosida kichik hikoya
tuzib yoza oladi.
Lingvistik bilim:
unlining choʻzib aytilishi va yozilishini farqlay oladi; h
va x
tovushlarining farqi haqidagi dastlabki maʼlumotni oʻzlashtira oladi;
soʻzlar ortida yashiringan koʻchma maʼnoni anglash (topishmoqlar misolida);
koʻrsatmalar asosida loyiha ishi yoza oladi; maqollar haqida dastlabki
maʼlumotlar; oʻzi tomonidan yozilgan kichik hikoyaga sarlavha tanlay oladi.
Lugʻat boyligi:
fasllar va ular bilan bogʻliq soʻzlar; narsa-buyumlar va
ularning rangini ifodalovchi soʻzlar; joylar va tabiat hodisalarini anglatuvchi
soʻzlar (choʻl, oʻrmon, tuman, jala kabi); tabiat hodisalarining nomlarini
bildirgan soʻzlar; tabiatga zarar keltiruvchi harakatlarni anglatuvchi soʻzlar;
tabiatni asrashga qaratilgan harakatlarni anglatuvchi soʻzlar; fasllar hamda
tabiat haqidagi maqollar; fasllardagi hodisalarni ifodalovchi soʻzlar (guppa-
guppa, chana kabi).
Dostları ilə paylaş: