Nutqiy kompetensiya


Mustahkamlash darsi (1 soat)



Yüklə 228,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/23
tarix13.12.2023
ölçüsü228,41 Kb.
#174903
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
1-sinf Standart-va-dastur

Mustahkamlash darsi (1 soat) 
Nazorat ishi (1 soat) 
 
III BOʻLIM. SOGʻ TANDA – SOGʻLOM AQL 
(24 SOAT) 
 
FOYDALI SABZAVOTLAR 
(8 soat) 
Nutqiy mavzuning gʻoyasi:
sabzavotlar va ularning turlari haqida 
maʼlumot berish, sabzavotlarning foydali xususiyatlari haqida tushuncha 
bergan holda ularni isteʼmol qilishga targʻib etish. 
Tinglab tushunish:
sabzavotlar va tomorqa mavzusidagi matnda 
berilgan notanish soʻzlarning talaffuzini oʻzlashtira oladi; audiomatnda 
berilgan notanish soʻzlarning talaffuzini farqlay oladi; informativ uslubdagi 
audiomatndagi ochiq va yopiq ifodalangan maʼlumotlarni tushuna oladi. 
Ogʻzaki nutq:
rasmdagi narsa va hodisalarni tasvirlay oladi; tasvirni 
qoʻshimcha detallar bilan boyita oladi; matnda berilgan notanish soʻzlarni 
toʻgʻri talaffuz qila oladi; bilimlariga asoslangan holda aniq mavzudagi 
maʼlumotlarni tartibli tarzda yetkaza oladi; tutuq belgisining soʻz talaffuziga 
taʼsirini aniqlay oladi. 
Oʻqib tushunish:
sabzavotlar va tomorqa mavzusida notanish soʻzlarni 
toʻgʻri oʻqiy oladi, maʼnosini lugʻatlardan topa oladi; aytilishi yozilishi turlicha 
boʻlgan soʻzlarni toʻgʻri oʻqiy oladi; jadvalni tushuna oladi; sheʼr syujetini 
tushunib, ohangdosh soʻzlarni ajrata oladi; rasmlarni bilimlar bilan bogʻlay 
oladi. 
Yozma nutq:
rasmda tasvirlangan harakatni ifodalovchi soʻz va 
birikmalarni yoza oladi; tutuq belgili soʻzlarni toʻgʻri yoza oladi; aytilishi va 
yozilishi farqli soʻzlarni yoza oladi; jadvalni maʼlumotlar bilan toʻldira oladi; 
ohangdoshlikning yozma shaklidagi koʻrinishi; gap kesimi oʻzgartirib, 


mazmunini saqlab qolgan holda qayta yoza oladi (kalsiy, kaliy va temir 
moddalariga boyman 
pomidor kalsiy, kaliy va temir moddalariga boy); 
voqealar va harakatlar ketma-ketligi ifodalangan matnni davom ettirib yoza 
oladi. 

Yüklə 228,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin