Nutqiy kompetensiya


Mustahkamlash darsi (1 soat)



Yüklə 228,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/23
tarix13.12.2023
ölçüsü228,41 Kb.
#174903
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1-sinf Standart-va-dastur

Mustahkamlash darsi (1 soat) 
Nazorat ishi va tahlili (2 soat)
VI BOʻLIM. FAN VA TEXNOLOGIYALAR 
(16 SOAT) 
 
OY YERDAN KATTAMI? 
(7 soat) 
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: 
koinot, sayyorlar va boshqa osmon jismlari 
haqida tushuncha hosil qilish, 
Yerning tabiiy yoʻldoshi – Oy va uning yerdagi 
hayotga taʼsiriga doir maʼlumotlar berish. 
Tinglab tushunish:
audiomatnni tinglab, matn yuzasidan berilgan 
savollarga javob bera oladi, matn mazmuni asosida oʻz xulosasini ayta oladi; 
matn mazmunini qayta hikoya qila oladi; vizual informatsiyani tinglangan 
matniy informatsiya bilan bogʻlay oladi. 
Ogʻzaki nutq:
Quyosh tizimidagi sayyoralar asosida suhbatga kirisha 
oladi; suhbat jarayonida rasmlardan oʻrinli foydalana oladi; partadoshi tuzgan
hikoya haqida oʻz fikrini ayta oladi. 
Oʻqib tushunish:
matn tarkibida kelgan oʻzlashma soʻzlarni toʻgʻri oʻqiy 
oladi; matn asos
idagi savollarni oʻqib, savollarga javob bera oladi; matn 
mazmuniga mos ravishda sxemalar, maʼlumotlarni moslashtira oladi; badiiy 
boʻlmagan (faktik maʼlumotlar beradigan) matnni tushuna oladi; verbal 
(matnli) va vizual (grafik, illyustratsiya, jadval va 
hokazo) kerakli maʼlumotni 
qidirib topa oladi; sheʼrni ifodali oʻqish va undagi obrazlarni tahlil qila oladi. 
Yozma nutq:
matn tarkibida kelgan oʻzlashma soʻzlar imlosini 
oʻzlashtira oladi; Quyosh tizimidagi sayyoralar nomini tartibi boʻyicha yoza 
oladi; m
atn asosida berilgan savollarga javob yoza oladi; berilgan soʻzlar 
asosida gap tuzib yoza oladi; rasm asosida gap tuza oladi; rasm asosida 
kichik hikoya yoza oladi.
Lingvistik bilim:
osmon jismlariga atab qoʻyilgan nomlarning bosh harf 
bilan yozilishi, ma
ʼnodosh soʻzlar, soʻz yasalishi: yoʻl+dosh, parta+dosh; 
boʻgʻinga boʻlish hamda olinma soʻzlarni oʻzlashtira oladi. 
Lugʻat boyligi:
matn tarkibida berilgan atamalarni aniqlash, lugʻat 
yordamida ularning izohi bilan tanishish; osmon, samo, fazo, koinot, koʻk, 
borliq, olam; olinma soʻzlar. 



Yüklə 228,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin