SIZ BUNI BILASIZMI? (7 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi: insoniyat sivilizatsiyasiga doir turli
mavzudagi qiziqarli, hayratlanarli maʼlumotlarni berish, bu bilan oʻquvchi
dunyoqarashini kengaytirish, voqea-hodisalarni tanqidiy, tahliliy nigoh bilan
oʻrganish koʻnikmasini shakllantirish.
Tinglab tushunish: mavzuga oid audiomatnni tinglab, matn asosida
berilgan topshiriqlarni bajara oladi; rasmda ifodalangan narsalardan
mavzuga aloqadorlikni tushuna oladi.
Ogʻzaki nutq: rasm asosida savollarga javob bera oladi; olinma
soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qila oladi; suhbat yoki muhokama jarayonida
boshqalarning fikriga munosabat bildira oladi.
Oʻqib tushunish: vizual informatsiyani oʻqigan matniy informatsiya
bilan bogʻlay oladi; oʻqilgan matn asosidagi toʻgʻri va notoʻgʻri maʼlumotni
ajrata oladi; berilgan yoʻriqnoma matnini oʻqib, shu asosda harakatlarni
ketma-ketlikda amalga oshira oladi.
Yozma nutq: qoʻyish uchun berilgan soʻzlardan foydalangan holda
matnni toʻldira oladi; gaplardagi xatoliklarni aniqlaydi va toʻgʻrilab yoza oladi;
ajratib koʻrsatilgan soʻzlarga qanday soʻroq berish mumkinligini aniqlab yoza
oladi; mavzu doirasida kichik hikoya yoza oladi.
Lingvistik bilim: qofiyadosh soʻzlarni aniqlay oladi; ayrim soʻzlarning
bir tild
an ikkinchi tilga koʻchib oʻtishi, olinma soʻzlar talaffuzi va imlosidagi
farqni tushunish va ularni toʻgʻri yoza oladi; soʻzlarga kim?, nima? kimlar?,
qachon? soʻroqlarini bera oladi.
Lugʻat boyligi: matn tarkibida berilgan atamalarni aniqlash, lugʻat
yordamida ularning izohi bilan tanishish; Yupiter, avtomobil, plastik,
kompyuter, tonna, oʻtmish, qadim, kecha, erta, hozir, tunov kuni, indin, shu
on, ayni payt.
Mustahkamlash darsi (1 soat)