IV BOʻLIM. SANʼAT VA MADANIYAT
(22 SOAT)
ERTAKDAGI QAHRAMON
(7 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi:
ertak janri, bu janrning oʻziga xos
xususiyatlari hamda adabiy qahramon haqidagi
dastlabki tushunchalarni
hosil qilish, oʻquvchini oʻzbek xalq ertaklari bilan tanishtirish.
Tinglab tushunish:
audio shaklidagi ertakni tushunib, ertakdagi
standart boshlanish va tugash jumlalarini farqlay oladi; ertakdagi eksplitsit va
implitsit maʼlumot yuzasidan
savollarga javob bera oladi; ertakdagi bosh
qahramon va ikkinchi darajali qahramonlarni farqlay oladi; ertakda aks etgan
sabab-
oqibatni tushuna oladi; ramziylikni
anglaydi; sheʼrni tinglab tushunib,
sheʼr oʻqilishi va nasr oʻqilishidagi farqni anglay oladi.
Ogʻzaki nutq:
rasmlarga qarab ertak qahramonlarini tanib, nomini ayta
oladi, ular bilan bogʻliq voqealarni eslab ayta oladi.
Oʻqib tushunish:
eshitgan ertak matnini oʻqish, savollarga javob bera
oladi; ertak boshlanishidagi jumlalarning ketma-ketligini aniqlab, tarkibidagi
soʻzlarni
farqlay oladi; ertakdagi bosh qahramon va ikkinchi darajali
qahramonlarni farqlay oladi; ertakda aks etgan sabab-oqibatni tushuna oladi;
ramziylikni anglaydi; ertak mazmuniga koʻra jadval/chizmalar berilgan
maʼlumotni tushuna oladi; ertak qahramonlariga
berilgan tavsifni tushunib,
ertak qahramonlariga mustaqil tavsif bera ol
adi; sheʼrni ifodali oʻqiydi;
sheʼrdagi
obrazlarni tahlil qila oladi; oʻzi yozgan ertak asosida kitobcha
yasab, ertak mazmuniga mos rasm chizish/applikatsiya tayyorlay oladi.
Yozma nutq:
ertak boshlanishidagi
jumlalarning ketma-ketligini,
tarkibidagi soʻzlarni toʻgʻri yoza oladi; jaranglilarning jarangsizlashuvi va
tovushning maʼno farqlash
xususiyatini aks ettiruvchi, oʻqilgan ertaklarda
uchragan soʻzlar misolida tushunib, farqlay oladi.
Dostları ilə paylaş: