Nutqiy kompetensiya



Yüklə 228,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/23
tarix13.12.2023
ölçüsü228,41 Kb.
#174903
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1-sinf Standart-va-dastur

Lingvistik bilim:
biror narsani taʼriflash uchun sifatni qoʻllay oladi; 
va
bogʻlovchisi bilan soʻz va gaplarni bogʻlay oladi; berilgan soʻzga qofiya topa 
oladi; davlatlarning nomini bosh harfda yozilishini ajrata oladi. 
Lugʻat boyligi:
mav
zu doirasidagi olinma soʻzlar; matnda qoʻllangan 
soʻz va birikmalar: darslik, badiiy adabiyot, ensiklopediya, lugʻat, qoʻllanma, 
Ossuriya, Qadimgi Misr, Xitoy; loy, bambuk, tosh kitob. 
Mustahkamlash darsi (1 soat) 
Nazorat ishi va tahlili (2 soat) 
MEHMON 
BOʻLISH YAXSHI-DA! 
(6 soat) 
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: 
mehmondoʻstlik oʻzbek xalqiga xos milliy 
qadriyat ekanligi haqida tushuncha hosil qilish, mehmon kutish yoki 
mehmonda boʻlish, taom yeyish odobiga doir koʻnikmalarni shakllantirish. 
Tinglab tushunish:
mehmondorchilik haqidagi sheʼrni eshitib tushuna 
oladi; sheʼr va nasriy matn oʻqilishidagi farqni anglay oladi; eskplitsit va 
implitsit maʼlumotlar asosida savollarga javob bera oladi. 


Ogʻzaki nutq:
rasmli ertakni aytib bera olish; rasmlar asosida mehmon 
boʻlish va mehmon kutish odobi haqida suhbat uyushtira oladi; rasmda 
ifodalangan narsalardan mavzuga aloqadorlikni tushuna oladi; oʻz tajribasi 
asosida mehmon kutish va mehmon boʻlish haqida reja, yoʻnaltiruvchi savol, 
kalit soʻzlardan biri yordamida gapirib bera oladi. 
Oʻqib tushunish:
matnni va shu matn asosidagi savollarni oʻqib, 
rasmlarda aks ettirilgan mehmon boʻlish va mehmon kutish odobiga doir 
harakatlarni aytib bera oladi; matn/dialogni oʻqib tushuna oladi; matn/dialogni 
tushunishga yoʻnaltirilgan savollarga javob bera oladi; matn asosidagi 
sxemalar, maʼlumotlarni moslashtiradi; sheʼrni ifodali oʻqish va undagi 
obrazlarni tahlil qila oladi. 
Yozma nutq:
mavzu doirasidagi soʻzlarni toʻgʻri yozish; matn asosida 
dialog matni yoza oladi; matnda 
uchragan soʻzlar asosida boʻgʻin koʻchira 
oladi; rasm asosida tuzilgan ertakni yoza oladi; sheʼrdagi ohangdosh 
soʻzlarni yoza oladi; mehmonga borish odoblari haqida rasmlardan 
foydalanib matn yoza oladi; mehmondorchilik yakunida aytiladigan 3 ta tilak 
bildira oladi. 

Yüklə 228,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin