Lingvistik bilim: sifatning qiyosiy darajasi:
-roq, -li va -
siz qoʻshimchalari bilan sifat yasalishi; x va h tovushlarining farqlay oladi.
Lugʻat boyligi: doʻkondan sotib olish mumkin boʻlgan narsalar nomi;
kuchli xotira va uning atrofida assotsiatsiyalangan soʻzlar.
OQ TERAKMI, KOʻK TERAK? (7 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi: milliy oʻyinlar va sport turlari haqida
maʼlumot berish, jismoniy harakatning inson salomatligidagi ahamiyatini
koʻrsatish, vatanimizni dunyoga tanitgan oʻzbek sportchilari bilan tanishtirish,
oʻquvchini sport bilan shugʻullanishga targʻib qilish.
Tinglab tushunish: sport oʻyinlari haqidagi audiomatnda ochiq
ifodalangan maʼlumotlarni tushuna oladi; olinma soʻzlar talaffuzini farqlay
oladi.
Ogʻzaki nutq: rasmda tasvirlangan voqealarni ogʻzaki ifodalay oladi;
olinma soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qila oladi; ochiq ifodalangan maʼlumotlar
yuzasidan berilgan savollarga javob bera oladi; matn tafsilotlarini
aniqlashtirishda kim?, nima?, qayerda?, qachon?, nima uchun?, qanday
qilib? kabi savollarning mazmunini tushunib, javob bera oladi.
Oʻqib tushunish: matnni ravon oʻqiy oladi; matnda ochiq va yopiq
ifodalangan maʼlumotlarni tushuna oladi; sheʼriy matndagi ohangdoshlikni
hosil qiluvchi soʻzlarni aniqlay oladi, sheʼrni ifodali oʻqib, yod oladi; dialog
matnini tushuna oladi; dialog matnidagi fikr egasini aniqlay oladi; matnda
ochiq ifodalangan maʼlumotlarni tushuna oladi; rasmlarda ifodalangan
maʼlumotlarni matn asosida tushuna oladi.
Yozma nutq: rasmlarni izohlovchi gaplar tuza oladi; maʼlumotlarni matn
bilan qiyoslab, mos gaplarni koʻchira oladi; ohangdoshlik hosil qiladigan
soʻzlarni yoza oladi; joy nomlarini imlo qoidalari asosida yoza oladi; rasmlar
asosida kichik hikoya yoza oladi; hikoya matnini tahrir qila oladi, tahrir
qilingan oʻz matnini qayta yoza oladi.