Lingvistik bilim: harakatni ifodalovchi soʻzlar; tutuq belgisini toʻgʻri
qoʻllash; egalik qoʻshimchasi qoʻshilgach q ning gʻ ga almashish hodisasi;
maʼlumotlarni jadval koʻrinishiga keltira oladi; tutuq belgisining soʻz
maʼnosiga taʼsirini aniqlay oladi.
Lugʻat boyligi: sabzavotlar va tomorqa ishlariga oid soʻzlar; sabzavotlar
nomi, shakli, foydali xususiyatlari, ishlatilish oʻrniga oid va ularni qoʻshib
tayyorlanadigan taomlarni ifodalovchi soʻzlar.
XOTIRAM KUCHLI BOʻLSIN DESANGIZ (7 soat) Nutqiy mavzuning g ʻoyasi: inson xotirasi haqida tushuncha berish,
xotiraning muayyan bilimni oʻzlashtirishdagi ahamiyatini koʻrsatish,
oʻquvchida diqqatni jamlash koʻnikmasini hosil qilish, xotirani mustahkam
qilishga doir tavsiyalar berish.
Tinglab tushunish: informativ uslubdagi audiomatnda ochiq
ifodalangan maʼlumotlarni tushuna oladi; savollarga javob berishda fikrni
dalillash uchun audiomatnga murojaat qila oladi; x va h tovushlarini eshitish
orqali oʻzaro farqlay oladi.
Ogʻzaki nutq: notanish soʻzlarni shaxsiy tajribaga asosan talaffuz qila
oladi; savollar tuza oladi; x va h tovushlarini oʻzaro farqlay oladi.
Oʻqib tushunish: uch bosqichli koʻrsatmalarni tushuna oladi; informativ
matndagi ochiq ifodalangan maʼlumotlarni topa oladi; matnda berilgan
maʼlumotlarni integratsiya qilish orqali xulosalar chiqara oladi; uch bosqichli
koʻrsatmalarni tushuna oladi; sheʼr syujetini tushuna oladi, uni davom ettira
oladi; koʻp bosqichli koʻrsatmalarni tushuna oladi.
Yozma nutq: -li va -
siz qoʻshimchalari bilan sifat yasash va ularni
kontekstda qoʻllay oladi; eng birinchi xotirasi/hayotidagi eng taʼsirli
voqea/eng esda qolgan sayohati yuzasidan matn tuza oladi; feʼl zamonlarini
toʻgʻri qoʻllay oladi; x va h tovushlarini yozuvda oʻzaro farqlay oladi, ushbu
tovushlar ishtirok etgan soʻzlar imlosi ustida ishlay oladi; bir matn asosida
boshqa bir matnni yarata oladi, bunda avvalgi matn strukturasiga tayana
oladi; ogʻzaki aytilgan soʻzlarni imlo qoidalari asosida toʻgʻri yoza oladi; matn
tahriri bilan tanishib, tahrir qilingan oʻz matnini qayta yoza oladi.