Nutqiy kompetensiya



Yüklə 228,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/23
tarix13.12.2023
ölçüsü228,41 Kb.
#174903
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1-sinf Standart-va-dastur

Lingvistik bilim:
narsalarning nomini bildirgan soʻzlar, ularga soʻroq 
berish orqali ajrata oladi; lekin”, “yoki” bogʻlovchilari bilan gaplarni bogʻlay 
oladi; ikkita soʻzni qoʻshib yangi soʻz yasay oladi: mehmondoʻst, xontaxta; 
qofiyadosh soʻzlarni ajrata oladi. 
Lugʻat boyligi:
matnda qoʻllangan mehmondorchilik bilan bogʻliq soʻz 
va birikmalarning maʼnosini tushuna olish. 
V BOʻLIM. TIL VA DIL 
(17 SOAT) 
SHEʼR BOʻLADIGAN SOʻZLAR
(7 soat) 
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: 
sheʼr, sheʼriy ritm, qofiya, badiiy obraz 
(maʼno koʻchishi) haqida dastlabki tushunchalarni hosil qilish, sheʼrni ifodali 
oʻqish, sheʼrni tushunishga doir koʻnikmalarni shakllantirish. 
Tinglab tushunish:
sheʼrlarni tinglab tushuna oladi; matn mazmuni 
yuzasidan savollarga javob 
bera oladi; tanlagan sheʼri nima uchun yoqqanini 
tushuntirib bera oladi; tinglangan sheʼrdagi ohangdosh soʻzlarni ajrata oladi; 
tinglangan sheʼr asosida tasavvurini rasmda aks ettira oladi. 
Ogʻzaki nutq:
nomi qofiyadosh boʻlgan turli buyumlarning rasmiga 
qarab nomini ayta oladi, tovush tarkibini va maʼnosini farqlay oladi; sheʼrni 
yoddan ifodali aytib bera oladi. 


Oʻqib tushunish:
sheʼrlarni toʻgʻri va ifodali oʻqiy oladi; sheʼr haqida 
berilgan nazariy maʼlumot matnni tushuna oladi; vizual informatsiyani matniy 
informatsiya bilan bogʻlay oladi; turli sheʼrlarni oʻqib, oʻziga yoqqanini yodlash 
uchun tanlay oladi. 
Yozma nutq:
qofiyad
osh soʻzlarni toʻgʻri yoza oladi; sheʼriy matnga mos 
nasriy matnni topa oladi; sheʼrdagi voqeani oʻz soʻzlari bilan yoza oladi. 
Lingvistik bilim:
narsalarning nomini bildiruvchi soʻzlar; qofiyadosh 
soʻzlarni ajrata oladi; kishilarga atab qoʻyilgan ismlarning bosh harf bilan 
yozilishi; boʻgʻinga ajrata oladi. 

Yüklə 228,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin