84
Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida O‘zbekistonda faol ijtimoiy siyosatni
amalga oshirishda yangicha amaliy va samarali shakllarni qo‘llashni taqozo etadi.
Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, pensiya tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va undan
samarali foydalanish boshqa daromad hisobga olingan holatda ijtimoiy
muammolarni hal qilish va kishilarni keksalikda kambag‘allikdan himoyalashning
muhim vositalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Pensiya tizimi ta’minot asosida shakllantiriladigan va aholining ijtimoiy
ehtiyojlarini qondirish va konstitutsion huquqlarini amalga oshirish uchun
yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari jamg‘armasidan foydalanishga asoslanadi. Pensiya
tizimiga xizmat qiluvchi pensiya jamg‘armalari uchun daromad manbalarining aniq
belgilanganligi, mablag‘larning qat’iy maqsadli ishlatilishi,
aholi ijtimoiy
tabaqalashuvini yumshatishga yo‘naltirilganligi, mablag‘larning shakllanishi va
ishlatilish muddatlarining mos kelmasligi, mustaqil moliya-kredit tashkiloti va
budjetdan tashqari maqsadli jamg‘arma ekanligi hamda ijtimoiy ta’minotinng
muhim elementi ekanligi kabi xususiyatlar xosdir.
Milliy iqtisodiyotdagi pensiya tizimi iqtisodiy resurslar erkin harakatiga
asoslangan taqsimot munosabatlari mahsuli bo‘lib, katta ijtimoiy yukni ko‘taradi.
Uning mablag‘lari firmalar, korxonalar, uy xo‘jaliklari va davlat singari iqtisodiyot
sub’ektlari daromadlarini qayta taqsimlash jarayonida shakllanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy muvozanatligini
ta’minlash
tarafdorlarining fikricha, davlat pensiya tizimining mavjudligi va uning
amal qilishi maqsadli aniq yoo‘naltirilgan mablag‘larning samarali sarflanishini aks
ettiradi. Ushbu tizimning mavjudligi ishlovchining o‘zini mustaqil ta’minlash
to‘g‘risida qayg‘urishini qisman cheklaydi, mehnat faoliyatini to‘xtatgandan keyin
pul daromadlari olishga bo‘lgan ishonch ularni mehnat sifatini oshirishga qaratilgan
manfaatdorligini kamaytiradi. Ishlovchi o‘zini moddiy jihatdan mustaqil
ta’minlashga bo‘lgan ehtiyoji va doimiy intilishi uni mehnat unumdorligini
oshirishga rag‘batlantiradi.
Bu dalilning boshqa jihati investitsion jarayonlarni
yanada takomillashtirish maqsadlaridan kelib chiqib iqtisodiy o‘sishga
yo‘naltirilgan aholi jamg‘armalarini rag‘batlantirib boradi. Shundan kelib chiqib,
ta’kidlash joizki kelajakda mustaqil moddiy ta’minlanish to‘g‘risida qayg‘urish faol
aholi qatlamini o‘zining mehnat faoliyati jarayonida o‘z hohishiga ko‘ra
jamg‘armalar qilishga majbur etadi. Bu esa o‘z navbatida ularning banklardagi
jamg‘arma mablag‘lari investitsiya sifatida
foydalanilishi va mehnat
unumdorligining ortishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Natijada belgilangan muddatda
pensionerlarni daromad manbai harakatga keladi va ushbu mablag‘lar iqtisodiyotni
rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Pensiya ta’minoti tizimi oldida quyidagi muhim maqsadlar turadi:
-
keksalik davrida kambag‘allikdan himoyalash;
-
mehnat faoliyati tugashi bilan pensiyaga chiqish oldidan to‘lanadigan ish
haqi miqdoriga proporsional tarzda belgilangan muayyan miqdordagi
kafolotlangan daromadni ta’minlash;
-
bu daromadni kelajakda turmush darajasining pasayishidan himoyalash.
85
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida pensiyalar miqdori, bir tomondan,
jamiyatda eng kam daromadlarni himoyasini ta’minlash va ijtimoiy barqarorlikka
erishish imkonini beradi, ikkinchi tomondan ijtimoiy adolatlilikni ta’minlash
imkonini beruvchi pensiyaga chiqish oldidagi ish haqi darajasi bilan bog‘liq.
Shunday qilib, davlat pensiya tizimida joriy pensiya majburiyatlarini qoplash uchun
zaruriy badal turlarini yig‘ish amalga oshiriladi. Pensiya miqdori esa, pensiya
jamg‘armasining faoliyat natijasiga, moliya bozoriga, mablag‘larni samarali
investitsiyalash darajasiga bog‘liq bo‘lmay, investitsion moyillikning susayishi kabi
qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Pensiya tizimining davlat (solidar) va jamg‘arilib boriladigan pensiya tizimi
bu ikki bir-biridan prinsipial farq qiluvchi modellari o‘rtasida ko‘pgina oraliq
variantlar mavjud bo‘lib, ulardan har biri tizimdagi kamchiliklarni kamaytirish va
ularning ustunligini kuchaytirishiga yo‘naltirilgandir. Bu tegishli tashkiliy-huquqiy
tarkibni yaratishga urinishda o‘z ifodasini topadi. Bunday tarkibni umumlashgan
shaklda uch darajali tizim shaklida ko‘rishimiz mumkin:
•
davlat nazorati ostida amalga oshiriluvchi umumiy va majburiy pensiya
tizimi. Mazkur modelda pensiya miqdori ish haqi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi, ish
beruvchi va yollanma ishlovchidan olinadigan badallarni qayta taqsimlash tamoyili
asosida moliyalashtiriladi;
•
majburiy ijtimoiy ta’minot tizimi orqali
beriladigan va minimal
ta’minot stajini “to‘plagan” kishilar uchun davlat budjeti dotatsiyasidan
foydalanuvchi ijtimoiy pensiya tizimi;
•
to‘la kapitallashtirish va jamg‘arish tamoyiliga asoslangan, individual
hisoblarni yuritish orqali amalga oshiriladigan xususiy pensiya tizimi.
Pensiya ta’minotining mazkur modeli quyidagi yondoshuvlarga
asoslanadi:
birinchidan, mamlakatning barcha fuqarolarini kambag‘allikdan ijtimoiy
himoyalash uning vazifasidir (ijtimoiy pensiyalar);
ikkinchidan, umumiy ta’minot tizimi uch darajali tizimning muhim elementi
hisoblanadi hamda barcha iqtisodiy faol aholiga qarilik bo‘yicha pensiyani “ishlab
topish” ni ta’minlaydi;
uchinchidan, qo‘shimcha ixtiyoriy ta’minot tizimi, u har bir ishlovchi
fuqaroga xususiy jamg‘armalar qilish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: