O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov


  Adolat va samaradorlik masalalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

2. 
Adolat va samaradorlik masalalari. 
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo‘nalish 
– bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi 
munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib 
borish hisoblanadi. Bunda respublikaning o‘ziga xos yondashuvi ishlab chiqilib, 
daromadlar nisbatini o‘zgartirish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg‘arma 
banklardagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir vaqtning o‘zida 
qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Daromadlar nisbatini 
o‘zgartirishda 1993 yil joriy etilgan yangi yagona tarif setkasi katta ahamiyatga ega 


86 
bo‘ldi. Bu barcha toifadagi xodimlarning mehnat haqi miqdorlarini tarif 
koeffitsiyentlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o‘zaro bog‘lash 
imkonini berdi. 
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo‘nalishi – ichki iste’mol bozorini 
himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari 
iste’molini muayyan darajada saqlab turish bo‘ldi. Bunga erishishda muhimi 
mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj 
to‘lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me’yorlangan tarzda sotishni tashkil 
qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Milliy valyuta joriy etilishi bilan 
oziq-ovqat mahsulotlarini me’yorlangan tarzda sotishdan voz kechish erkin 
narxlarga o‘tish imkoniyatini yaratadi. 
Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning 
uchinchi yo‘nalishi – aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash 
va qo‘llab-quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o‘tkazilganligi bo‘ldi. Bu 
yo‘nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari – pensionerlar, nogironlar, 
ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar hamda qayd etilgan 
miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo‘llar bilan himoya qilib borildi. 
Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini 
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o‘tish – ijtimoiy siyosatni amalga 
oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich 
boshlashini bildiradi. 
Yangilangan ijtimoiy siyosat adolat tamoyillariga izchillik bilan rioya qilishga 
asoslanib, ijtimoiy ko‘maklashishning mavjud usullarini va pul bilan ta’minlash 
manbalarini tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bu siyosat ijtimoiy himoya aniq 
maqsadli va aholining aniq tabaqalarini qamrab olishni ko‘zda tutadi. Yordam tizimi 
faqat kam ta’minlangan va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nisbatan qo‘llanilib, shu 
maqsad uchun davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalari, turli tashkilot 
hamda jamg‘armalarning mablag‘laridan ham foydalaniladi. 
Ijtimoiy ko‘maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar 
yordamdan bahramand bo‘luvchi asosiy kishilar hisoblanib, ular uchun hamma 
nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali yetkazib beriladi. Shu maqsadda 
mahallalarda budjet mablag‘lari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va 
ayrim fuqarolarning ixtiyoriy o‘tkazgan mablag‘lari hisobidan maxsus jamg‘armalar 
hosil qilindi. 
Ijtimoiy ko‘maklashishning yangi tizimi mehnatga rag‘batlantiradigan 
omillar va vositalar yangi tuzilmasi paydo bo‘lishini ham taqozo qiladi. Shunday 
qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo‘llab-quvvatlash 
bilan birga, o‘z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta’minlashga 
intiluvchi kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi. 
O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash borasida amalga oshirilayotgan chora-
tadbirlar buning yaqqol dalilidir.
Mamlakatimiz aholisi pul daromadlarining oshib borishi o‘z navbatida ular 
turmush sharoiti va sifatining bosqichma-bosqich yaxshilanib borishiga zamin 


87 
yaratmoqda. Bu esa, o‘tgan davrda qator ijobiy o‘zgarishlarni qo‘lga kiritish 
imkonini berdi.
Shuni e’tiborda tutish lozimki, respublikamizda keyingi yillarda aholining 
kam ta’minlangan va muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularga 
moddiy yordam ko‘rsatish borasida aniq yo‘naltirilgan samarali chora-tadbirlarni 
amalga oshirish, ta’lim, kadrlar tayyorlash, sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy 
himoya qilish sohalarida maqsadli umummilliy dasturlarni hayotga tatbiq etish 
yanada faollashtirildi.
Bularning barchasi mamlakat aholisini ijtimoiy jihatdan har tomonlama 
qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, uning turmush farovonligini oshirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin