O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

Asosiy tayanch tushunchalar 
Aholi daromadlari – aholining ma’lum vaqt davomida pul va natural shaklda 
olgan daromadlari miqdori. 
Nominal daromad – aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari 
summasi. 
Ixtiyorida bo‘lgan daromad – barcha soliqlar to‘langandan keyin qolgan 
daromad, ya’ni shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish mumkin 
bo‘lgan daromad. 


90 
Real daromad – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib aholi ixtiyoridagi 
daromadning zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni sotib olishga yetadigan 
quvvati, ya’ni aholi daromadining xarid quvvati. 
Lorens egri chizig‘i – daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy jihatdan 
ifodalovchi geometrik egri chiziq. 
Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam 
ko‘rsatishga qaratilgan turli xil to‘lovlar. 
Ijtimoiy siyosat – davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni, 
iqtisodiyot qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan 
siyosat. 
Takrorlash uchun savollar 
1.
Davlatning aholi daromadlarini shakllantirish siyosati deganda nimani 
tushunasiz? Ijtimoiy adolatni ta’minlashda bu siyosatning roli qanday? 
2.
Aholi daromadlari tushunchasini va uning darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillarni sanab ko‘rsating. 
3.
Turmush darajasi va uning tushunchasiga izoh bering. Turmush 
darajasini qanday ko‘rsatkichlar tavsiflab beradi? 
4.
Daromadlar tengsizligining asosiy sabablarini sanab ko‘rsating va 
tushuntirib bering. 
5.
Lorens egri chizig‘i nimani anglatadi? Uning mazmunini misollar 
yordamida bayon qiling. 
6.
Jini koeffitsiyenti qanday aniqlanadi? Rivojlangan mamlakatlarda 
mazkur koeffitsiyent qiymatining o‘zgarish tendensiyalari nima bilan izohlanadi? 
7.
O‘zbekistonda davlat yordam dasturlari tizimini isloh qilish va uni 
hozirgi davrdagi asosiy yo‘nalishlarini izohlang. 
8.
Mamlakatimizda «Ijtimoiy himoya yili» davlat dasturi doirasida 
qanday ishlar amalga oshirildi? 
9.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda aholi daromadlarini oshirish borasida 
qanday natijalar qo‘lga kiritilmoqda? 
10. Mamlakatimizdagi aholi daromadlari tarkibining o‘zgarishida qanday 
tendensiyalar kuzatilmoqda? 


91 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin