O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov


 Daromad solig‘ining maqbul darajasini aniqlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

 
3. Daromad solig‘ining maqbul darajasini aniqlash. 
 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq solish ob’ekti 
va bazasini aniqlash tartibi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq solish ob’ekti 
bo‘lib bevosita soliq to‘lovchining jami daromadi hisoblanadi. Bunda, soliq 
davlatimiz rezidentlari bilan bir qatorda norezidentlaridan ham undiriladi. Ammo 
ushbu ikki guruhdagi shaxslar uchun jami daromad tavsifi bir biridan farq qiladi. 
Agar soliq to‘lovchi shaxs O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lsa, unda jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan ob’ekt bo‘lib 
uning davlatimiz hududidagi, shuningdek, xorijiy davlatlardagi ish beruvchisidan 
olgan daromadlari hisoblanadi. Agar soliq O‘zbekiston Respublikasi rezidenti 
bo‘lmagan shaxsdan undirilsa, bunday holatda jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig‘i uning faqat O‘zbekistondagi ish beruvchisidan olgan daromadi 
asosida undiriladi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq 
solinadigan bazani aniqlashda, soliq to‘lovchi shaxs tomonidan olingan barcha 
ko‘rinishdagi daromadlari, ularning qanday ko‘rinishda - naqd pul yoki natural 
ko‘rinishida olinganidan qat’iy nazar, hisobga olinadi.
2020-yilda daromad solig‘ini hisoblab chiqarish O‘zbekiston Respublikasi 
rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun soliq solinadigan bazani hisoblashda 
Soliq Kodeksining 378-moddasida nazarda tutilganidek, soliq imtiyozlari inobatga 
olinadi. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan shaxslar uchun jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bazasi hisoblanganda, mazkur imtiyozlar 
inobatga olinmaydi.


106 
Soliq solinadigan bazani aniqlashda jismoniy shaxs tomonidan naqd pul va 
natural ko‘rinishida, shuningdek moddiy yordam ko‘rinishida olingan barcha 
daromadlar inobatga olinishi kerak. Agar daromadlar xorijiy valyutada ko‘rsatilgan 
bo‘lsa, ular daromad olingan haqiqiy sanada belgilangan Markaziy Bank kursi 
bo‘yicha milliy valyutada qayta hisoblanishi kerak. Turli soliq stavkalari uchun soliq 
bazasi yil boshidan ortib boruvchi yakun bilan alohida aniqlanadi. Aniqroq 
tushunchaga ega bo‘lish uchun, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan bazani 
hisoblab chiqarish mumkin. 
Shuni inobatga olish kerakki, soliq to‘lovchi shaxsning hamma daromadlari 
ham jami daromad tarkibiga kiritilmaydi. Soliq Kodeksida soliq solinmaydigan, 
shuningdek jami daromad tarkibida kiritilmaydigan daromad turlarining ro‘yxati 
keltirilgan. - 
Qaysi daromad turlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 
solinmaydi Soliq Kodeksining 369-moddasiga muvofiq quyidagilar jami 
daromadga, va shu o‘rinda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 
bo‘yicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi:
bir martalik davlat tomonidan beriladigan pul mukofotlari;
donorlik uchun pul mukofotlari;
olingan alimentlar;
olingan sug‘urta tovoni summalari;
stipendiyalar, pensiyalar, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar va boshqalar.
2020-yil uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining stavkasi 2019-yildagi kabi 
miqdorlarda o‘zgartirilmasdan qoldirildi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslardan ularning 
umumiy daromadining 12%i miqdorida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
solig‘i undiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan shaxslar uchun jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari quyidagi miqdorlarda 
belgilangan.
dividentlar va foizlar- 10%
xalqaro yuk tashuvlar davomida ko‘rsatilgan transport xizmatlaridan olingan
daromadlar- 6 %
boshqa turdagi daromadlar, shuningdek mehnat shartnomasi va fuqorolik-
huquqiy shartnomaga ga muvofiq olinadigan daromadlar - 20%. 
Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i 
-
Daromad solig‘ining soliq to‘lovchilari – O‘zbekiston Respublikasining 
rezidentlari va O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi 
O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslardir. 
-
O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti – tegishli maqomi o‘ziga 
nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-
ketlikdagi 12 
oylik davr 
davomida 183 
kalendar 
kundan 
ko‘proq 
muddat O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblanadi. 


107 
-
Soliq solinadigan baza – soliq solish ob’ektlarining o‘rtacha yillik qoldiq 
qiymati (o‘rtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning ohirgi kunidagi 
holatga ko‘ra soliq solish ob’ektlarining qoldiq qiymatlarini (o‘rtacha yillik 
qiymatlarini) qo‘shishdan olingan summaning o‘n ikkidan bir qismi sifatida ortib 
boruvchi yakun bilan aniqlanadi. 
Soliq bazasi har bir soliq solish ob’ekti bo‘yicha alohida aniqlanadi. 
Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi: 
1) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar; 
2) mulkiy daromadlar; 
3) moddiy naf tarzidagi daromadlar

4) boshqa daromadlar

Daromad solig‘ini to‘lash: 
daromad manbaida; 
daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida amalga oshiriladi. 
Jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliqni daromad manbaida 
to‘lash – jismoniy shaxsga soliqqa tortiladigan daromadni beradigan yuridik shaxs 
(to‘lov manbai) tomonidan to‘lanishi degani. 

Masalan, “ish beruvchi – xodim” munosabatlarida daromad manbai “ish 
beruvchi” hisoblanadi. Dividend to‘lashda esa korxona daromad manbai 
hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, daromad solig‘ini hisoblash va to‘lashni yuridik 
shaxslar amalga oshiradi. Shu asnoda, daromad oluvchi jismoniy shaxs qo‘shimcha 
soliqlar to‘lash majburiyatlaridan holi. 

Jismoniy 
shaxslarning daromad 
manbaida 
ushlab 
qolinmagan 
daromadlari (mulkni ijaraga berish, mol-mulkni sotish, O‘zbekiston hududidan 
tashqarida olingan daromadlar) deklaratsiya qilinishi kerak.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin