Amir temur buyuk davlat arbobi va sarkarda


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix13.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#175191
1   2   3   4   5   6   7
128-134

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-32, Issue-2, April - 2023
 
129
natijasida 27 ta mamlakatni o’ziga bo’ysundirdi. Fosih Havofiy o’zining ‘’
Mujmal - i- osixiy ‘’ kitobida ma’lumot berib o’tadi.
Shu tariqa Amir Temur buyuk saltanatga asos solib, feodal tarqoqlikka,
tinimsiz davom etayotgan urush janjallarga barham berdi va nihoyat shu
saltanatda osoyishtalik yaratdi. Savdo- sotiq, madaniyat, ilm- fan, obodonchilik
va me’morchilik yuksak darajada rivojlandi.
Amir Temur o’zining ilk harbiy faoliyatini qo’ ostidagi askarlar bilan ayrim
viloyat navkarlariga xizmat qilishdan boshlagan. Ularning o’zaro kurashlarida
qatnashib, jasorat ko’rsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan.
Dong’I butun Qashqadaryo vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aqlu-zakovati,
shijoati va shuhrati uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan Xizr Yasovuri va
amir Qazog’on bilan yaqinlashtirdi. Xondamirning yozishicha, otasi amir Tarag’ay
Amir Temurni avval (1355) amir Joku barlosning qizi Nurmushk og’oga, so’ngra
o’sha yili (1355) Qazog’onning nabirasi va amir Husaynning singlisi O’ljoy
Turkon og’oga uylantiradi. Keyingi nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi
amir Husayn o’rtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda mo’g’illarga qarshi
kurashadilar. Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yo’lidagi harakati 14-
asrning 60-yillari boshlaridan boshlandi. 14-asrning 50-yillari oxirida
Movarounnahrda amirlarning o’zaro kurashi kuchayib amir Qazog’on o’ldirildi.
Mamlakatda siyosiy parokandalik avjiga chiqib, og’ir tanglik sodir bo’ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, ulus o’nga yaqin mustaqil bekliklarga bo’linib ketgan.
Samarqand viloyatida amir Bayon Sulduz, Keshda amir Xoji Barlos, Xo’jandda
amir Boyazid Jaloir, Balxda Uljoy Bug’a Sulduz, Shibirg’onda Muhammad Xoja
Aperdi nayman, Ko’histonda Badaxshon shohi Amir Sotilmish, Xuttalonda
Kayxusrav, Hisori Shodmon hududida amir Husayn bilan o’z hokimi mutlaq
deb e’lon qiladilar.
Bu davrda Chig’atoy ulusining sharqiy qismi - Yettisuv va Sharqiy
Turkistonda huhmronlik qilayotgan mo’g’ul xonlari Movarounnahrdagi og’ir
siyosiy vaziyatdan foydalinib, bu yerda o’z hokimyatini o’rnatishga harakat
qiladilar. Jeta xonlaridan Tug’luq Temur va uning vorisi Ilyosxo’ja 1360-1361
va 1365- yilda Movarounnahrga bir necha bor bostirib kiradilar. Mo’g’ul
xonlarining bosqinchilik yurishlari va zulmga qarshi xalq harakati boshlandi.
Biroq Movaunnnahr amirlari xalqqa bosh bo’lib, mo’g’ul bosqinchilariga qarshi
kurashishga jur’at eta olmaydilar. Ularning bir qismi dushman tarafga o’tadilar.
Ikkinchi, qismi esa el- yurtni tark etib, o’zga mamlakatlardan boshpana
izlaydilar. Amir Temurning amakisi, Kesh viloyatining hukmdori amir Hoji
1
 
Ergashev Q. O’zbekiston tarixi. – T.: G’ofur G’ulom, 2015. – B. 214. 
2
 
Shamsiddinov R., Karimov Sh., Xoshimov S. Vatan tarixi.- T.: Sharq, 2016. 



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin