ijodiy o‘qish dir. Atoqli metodist olim N. I. Kudryashov ijodiy o‘qish metodi tarkibiga
quyidagi ish usullarini kiritadi:
a) o‘qituvchilarning badiiy matnni sharhlab o‘qishi hamda o‘quvchilarning
asarni to‘g‘ri va imkon qadar yanada chuqurroq, emostional idrok etishlarini
ta’minlash maqsadini ko‘zda tutuvchi so‘zi;
b) o‘qilgan asardan o‘quvchilarning bevosita olgan taassurotlarini
chuqurlashtirish maqsadiga ega bo‘lgan va ularning diqqatini matnning muhim
g‘oyaviy va badiiy hususiyatlari sari yo‘naltiradigan suhbat uyushtirish yoki
o‘qilgan asardan kelib chiqadigan badiiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy
muammoning qo‘yilishi;
199
v) o‘qituvchining asar o‘qilganidan keyin o‘quvchilarning asarni tadqiq
etish jarayonida to‘yingan badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini ko‘zda
tutuvchi so‘zi
5
.
Ko‘rinadiki, ijodiy o‘qish izohli o‘qishdan farqli o‘laroq, to‘g‘ridan -
to‘g‘ri matn mohiyatini ochishga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Masalan, 4-
sinfda
A. Oripovning «Dehqonbobo va o‘n uch bolakay qissasi» asarini ijodiy
o‘qish metodi asosida o‘rganish jarayonida matn mazmuni va shoir g‘oyaviy
niyatidan kelib chiqib Vatanimiz hududlaridagi aholining yashash tarzi bilan
bog‘liq milliy xususiyatlar haqida ham atroflicha tushuncha beriladi. 2-sinfda
«O‘tinchi yigit» , 3-sinfda
O‘tkir Hoshimovning «Xazonchinak» , 4-sinfda
S. Anorboevning «Qo‘rqoq» asarlarini ham ijodiy o‘qish metodi asosida o‘qitish
ijobiy samaralar beradi.
Ifodali o‘qish. Boshlang‘ich ta’lim tizimida
mantiqiy o‘qish (matnni to‘g‘ri, tushunib, tez (me’yorida) o‘qish) va
adabiy o‘qish mukammal
o‘zlashtirilganidan so‘ng ifodali o‘qishga o‘tiladi. U yod olingan she’riy
asarlarni ifodali o‘qishni ham o‘z ichiga oladi. Ifodali o‘qishning muvaffaqiyati
o‘quvchilarning asar mazmuni, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari haqida muayyan
tushunchaga ega bo‘lishi bilan bog‘liq.
Ohang va intonastiya she’riy asarlarni ifodali o‘qishda qay darajada muhim
bo‘lsa, nasriy asarlarni o‘qishda ham muhim talablardan biridir.
Nasriy asarlarni ifodali o‘qishdan oldin unda qanday g‘oya ilgari
surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda
X. To‘xtaboevning «Xatosini tushungan bola» hikoyasini ifodali o‘qishdan oldin o‘quvchilarga xatosini
tushungan bola kim ekanligi, uning xatosi nimalardan iborat bo‘lganligi,
maqtanchoqlikning illat ekanligi to‘g‘risida tushuncha beriladi.
5
Кудряшов Н.И. Взаимосвязь методов обучения на уроках литературы. - Москва:
Просвещение, 1981.- Стр. 60.
200
Ifodali o‘qish oldiga qo‘yilgan bu talab
M. Abdurashidxonovning «Har kim ekkanin o‘rar», Sh. Sa’dullaning «Laqma it», A. Oripovning «Dehqonbobo va o‘n uch bolakay qissasi» kabi she’riy hikoyalarini o‘qishga ham xosdir.