N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


Boshlang’ich maktabda kitobxon o‘quvchilarni shakllantirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

9.2.Boshlang’ich maktabda kitobxon o‘quvchilarni shakllantirish 
bosqichlari
 


285 
STO‘ darslari o‘quvchilarda mustaqil kitob tanlash va o‘qish malakalarini 
shakllantiradi. Mustaqil o‘qish malakasini shakllantirish 3-bosqichga bo‘linadi: 
1. Tayyorlov bosqichi. 
Bu 1sinfning savod o‘rgatish davriga to‘g’ri keladi. 
Unga darsning bir qismi — 17—20 daqiqasi ajratilgani uchun ,,STO‘ 
mashg’uloti" deb yuritiladi. Uning o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, o‘qituvchi 
asarni o‘zi tanlaydi, asarning kichik hajmda bo‘lishiga va boshqa kitob tanlash 
tamoyillariga e’tibor beradi. Asarni o‘qituvchining o‘zi o‘qib beradi. 
O‘quvchilar asarni eshitishga, eshitganlarini idrok etishga, ularga soddagina 
baho berishga, asar mazmimi bilan sarlavhasining mosligini aniqlashga, asar 
mazmunini hikoya qilib berishga o‘rgatiladi. Bu bosqichda o‘quvchilar o‘qish 
gigiyenasi va kitobga qanday munosabatda bo‘lish bilan tanishadilar. 
2. Boshlang’ich bosqich. 
Bu 1sinfning 2yarim yilligiga to‘g’ri keladi. Bu 
bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi. Asarni o‘qishdan 
oldin o‘quvchilar asar, nomi va uning muallifi bilan tanishadilar, rasmlarini 
tomosha qiladilar, daftarlariga u haqda soddagina qilib asar muallifi va nomini 
yozadilar. Asar elementar tarzda tahlil qilinadi. Tanlangan asar (kitob) yaxshi 
o‘qiydigan o‘quvchiga maxsus tayyorgarlikdan so‘ng o‘qitiladi. Asarning oson 
o‘qiladigan o‘rinlarini bo‘sh o‘qiydigan o‘quvchilarga o‘qitish ham mumkin. Bu 
ularda o‘qishga qiziqish uyg’otadi. Bu bosqichda o‘quvchilar har xil tezlikda 
bo‘g’inlab o‘qiydilar. Shuning uchun o‘qituvchi bu jarayonda har bir o‘quvchiga 
individual yondashishi, kichik kitobxonni kitobni mustaqil o‘qishga o‘rgata 
borishi lozim. 
3. Asosiy bosqich. 
Bu bosqich 2—4sinflarga to‘g’ri keladi. Bu davrda 
o‘quvchilarning o‘qish malakalari mustahkamlanadi. Bunda o‘quvchilarning 
sinfdan tashqari o‘qiganlari baholanadi. Baholashda dastur talablariga 
asoslaniladi: o‘qigan kitoblarining sifat o‘zlashtirishiga, miqdoriga, o‘qigan 
kitobiga munosabat bildira olishiga e'tibor beriladi. Bunda o‘quvchilar muayyan 
mavzuga doir bir necha asarlarni o‘qib keladilar, ularning ayrim o‘rinlarini 
ifodali o‘qib beradilar, o‘qigan asarlarini o‘zaro taqqoslaydilar. 


286 
STO‘ning 
bosqichlari, 
dastur 
talablari, 
tarbiyaviy 
vazifalari 
o‘quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. Masalan, tayyorlov bosqichida 
kichik hajmdagi asarni o‘qituvchi o‘qib bersa, o‘qilganlar yuzasidan suhbat, 
qayta hikoyalash o‘tkazilsa, boshlang’ich bosqichda butun sinf o‘quvchilari bir 
xil kitob bilan ta'minlanadi, barcha o‘quvchilar bitta matn ustida ishlaydilar. 
Bunda bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar ko‘rgazmasi tashkil qilinadi. 
Asar ichda o‘qishga topshirilishi, albomlar tayyorlanishi, kinofilm va 
diafilmlardan parchalar ko‘rsatilishi, musiqiy daqiqalar o‘tkazilishi hamda asar 
mazmuni yuzasidan ijodiy rasmlar chizdirilishi ham mumkin. Bu jarayonda 
kitobni saqlash maqsadida uni yamash, o‘rash o‘rgatiladi, 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin