299
1. Boshlang’ich ta‘lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish
borasidagi yagona maqsadning qaror topganligi.
2. Boshlang’ich ta‘lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish
borasidagi harakatning izchil, maqsadga muvofiq, tizimli va uzluksiz amalga
oshirilishi.
3. Boshlang’ich ta‘lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishda
mavjud shart-sharoit hamda subyektiv yondashuvlarni inobatga olish.
4. Pedagogik mahorat va iqtidorlarni erkin namoyish etish.
5. Yangi tajribalarni ommalashtirish.
6. Nazariy va amaliy faoliyat birligi.
7. Boshlang’ich ta‘lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishda
xorijiy mamlakatlarning donor tashkilotlari bilan hamkorlik va hokazolar.
Boshlang’ich ta‘lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish
jarayonidagi imkoniyatlar va tajribalarga tayanish maqsadga muvofiq ekanligi
aniqlandi. Xususan, o‘quv fanlari bo‘yicha tashkil etiladigan mashg’ulotlarning
loyihasini ishlab chiqish, boshlang’ich ta‘lim o‘quvchiilarining faoliyatlarini
nazorat qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash hamda
darslarining samaradorligini aniqlashga imkon beruvchi dasturlarni tuzishda
tabiiy fanlar o‘qituvchilarining o‘rni beqiyosdir.
Dostları ilə paylaş: