N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


O‘qish va yozuv darslarining turlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

O‘qish va yozuv darslarining turlari.
Savod o‘rgatish jarayonidagi 
darslar quyidagi belgilariga ko‘ra farqlanadi: 
1. Ta’limning predmetiga ko‘ra: 
a) “Alifbe” darsligi asosidagi o‘qish darslari; 
b) “Yozuv daftari” asosidagi yozuv darslari. 
2. Ta’limning davri va bosqichlariga ko‘ra: 
a) alifbogacha bo‘lgan davrdagi darslar; 
b) alifboni o‘rganish jarayonidagi darslar. 
3. Darsda yangi mavzu o‘tilishi va o‘tilmasligiga ko‘ra: 
a) yangi tovush-harf o‘rganiladigan o‘qish darslari; 
b) yangi harfni yozish darslari; 
v) yangi tovush-harf o‘rganilmaydigan darslar. 
Bulardan tashqari, umumlashtiruvchi va takrorlash darslari hamda savod 
o‘rgatish davrining oxirida “Alifbe” bayrami o‘tkaziladi. 
Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar bilimi dars jarayonida barcha ishlarga 
bog‘lab aniqlanadi, bog‘lanishli nutqni o‘stirish ham o‘qish va yozuv darslariga 


59 
uzviy bog‘lanib ketadi. O‘quvchilarning sinfdan tashqari o‘qishlariga rahbarlik 
qilishlariga xaftada bir marta 20 daqiqa ajratiladi. 
Savod o‘rgatish darslarida ish turlarini almashtirib turish, vaqti-vaqti bilan 
dam olish daqiqalari o‘tkazish zarur. Bu o‘quvchilar toliqishining oldini oladi.
Darslar tizimi
deyilganda o‘quv vaqtini mavzularga nazariy va amaliy 
jihatdan rejali taqsimlangan, darslarning mantiqiyligi va istiqboli bir-biri 
bog‘langan, dars turlari va unda o‘qituvchi bilan o‘quvchilar foydalanadigan 
asosiy metodik vositalar xilma-xil bo‘lgan izchillik nazarda tutiladi. 
Savod o‘rgatish davri uchun darslar tizimi o‘quv jarayoni bosqichlari 
asosida o‘qish va yozuv darslari muayyan guruhini ajratishni ko‘zda tutadi. 
Amaldagi “Alifbe” darsligi va ularga yozilgan qo‘llanmalarga asosan, savod 
o‘rgatishga jami 4 oy (shundan tayyorgarlik davriga 8 dars (ikki hafta), asosiy 
davrga qolgan vaqt) ajratiladi. Ta’limning har bir bosqichidagi darsning o‘ziga 
xos xususiyatlari mavjud. Darslar qurilishida ichki mantiqiylik bo‘lib, har bir 
darsda yangi tovush va harf o‘rganiladigan dars bilan yangi mavzu 
o‘rganilmaydigan darsni navbatlashtirish, imlo va so‘zning bo‘g‘in tuzilishi 
haqida ma’lumot berish, o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stirish kabi 
talablarga rioya qilinadi. Darslar umumlashtirish-takrorlash darsi bilan 
yakunlanadi. 
Savod o‘rgatish davridagi darslarda ham interfaol usullar qo‘llaniladigan 
darslardan foydalanish katta ahamiyatga ega. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin