58
v) maktab va sinf devorlariga osilgan, xattaxtaga
yozilgan har qanday
yozuv mazmunan va imlo jihatdan savodli bo‘lishi zarur;
g) darsda nutq madaniyati hukmron bo‘lishi, o‘qituvchi va o‘quvchilar
adabiy tilda so‘zlashishlari kerak;
d) o‘qish va yozuv ko‘nikma-malakalarini shakllantirish mashqlari darsda
yetakchi o‘rinni egallab, taxminan, darsning uchdan ikki qismiga to‘g‘ri kelishi
lozim;
e) har bir o‘qish va yozuv darsida “Alifbe”dagi matnlar bilan bir qatorda Q.
Muhammadiy, P. Mo‘min, Z. Diyor, A. Obidjon kabi sevimli bolalar shoiri va
yozuvchilari asarlaridan namunalar tanlab olinishi va sinfda o‘qish
sinfdan
tashqari o‘qish hamda o‘qib berilgan matnni eshitish bilan bog‘lanishi zarur.
yo) o‘qish va yozuv darslari bir-biri bilan uzviy bog‘lanishi, ya’ni o‘qish
darsi o‘quvchilarni yozuv darsiga tayyorlashi, yozuv darsi oldingi o‘qish
darsining davomi sifatida xizmat qilishi kerak va hok.
Dostları ilə paylaş: