131
TO‘RTINCHI BO‘LIM. QADIMGI TURKIY TILNING
MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI
SO‘Z YASALISHI
T a y a n ch t u sh u n ch a l a r:
morfema, tarixiy morfema; so‘z
tarkibi, o‘zak, negiz, qo‘shimcha; so‘z yasovchi qo‘shimchalar bilan
so‘z yasash, analitik usul bilan so‘z yasalishi.
E’ t i b o r q a r a t i l a y o t g a n m a s a l a l a r:
Morfemika. Morfema taxlilida tarixiylik va hozirgi holat.
So‘zning tarkibi. O‘zak va negiz.
So‘z yasalishi.
Morfema to‘g‘risida tushuncha
Morfema
ma’no anglatuvchi eng kichik, bo‘linmas
elementdir.
Morfemalar til bilimining
morfemika
bo‘limida
o‘rganiladi.
Morfema tahlilida tarixiylik va hozirgi holat masalasini
ajrata olish kerak. Tilning tarixiy taraqqiyoti jarayonida
so‘zning morfem tarkibi o‘zgarib turadi.
Jumladan, hozirgi
o‘zbek tilida
išlä, bašla
so‘zlarini
iš-lä, baš-la
ko‘rinishida
morfemalarga
ajratamiz.
Bunga,
ikkala
yasama
so‘z
o‘zaklarining leksik ma’no
anglatishi, ularning mustaqil holda
qo‘llana olishi,
-lä, -la
qo‘shimchasining fe’l yasovchi ekanligi
asos qilib olinadi. Biroq,
imlä
so‘zi hozirgi o‘zbek tili nuqtai
nazaridan morfemalarga bo‘linmaydi;
-lä
ni fe’l
yasovchi deb
qaraganimizda ham, o‘zak yolg‘iz ko‘rinishida leksik ma’no
ifodalamaydi (
im qaqdï
deyilganda ham yasama so‘z holida
qo‘llanadi). Tarixan, aksincha,
imlä
dagi
im
– “parol, belgi”
ma’nosini
bildirgan,
shuning uchun uni
o‘sha davr
o‘lchovlariga tayanib ikkiga ajratish mumkin. Yoki
alda
-
so‘zini ham hozirgi o‘lchovlar asosida morfemalarga bo‘la
olmaymiz. Tarixan uni ikki morfemaga ajratish mumkin:
al-da
.
132
Bulardan:
-da
–
fe’l yasovchi,
al
esa “hiyla, nayrang”
ma’nosini bildiradi. Bunda til tarixida o‘zaklarning mustaqil
qo‘llanila olgani, qo‘shimchalarning
esa yasovchi sifatida
harakat qila olgani asos qilib olinadi. Masalan,
al
so‘zi
o‘tmishda mustaqil holda ham qo‘llanilgan:
Awčï nečä al bilsä,
aδïğ anča yol bilir
. – Ovchi qanchalik hiyla bilsa, ayig‘ ham
qochib qutilish yo‘llarini shu qadar biladi (MK.I.94).
Endi
Dostları ilə paylaş: