133
мужа – в страхе, ценность воды – в глубине” deb tarjima
qilganlar (DTS.94). Uyg‘urcha tarjimasida bu maqolni “Erning
quti (baxti) qo‘rqmaslikda, suvning quti cho‘ngqurlikda” deb
o‘girganlar. Ushbu qadimgi turk maqolida
qut
–
“quvvat, kuch-
qudrat” ma’nosidadir. Shunga ko‘ra maqol “Erning (yigitning)
jasurligi qutqu chog‘ida (to‘s-to‘palonda) bilinadi, suvning
qudrati tubida (bilinadi)” degan ma’noni beradi.
So‘zning morfem tarkibi matn yaratilgan davr me’yorlariga
tayanib belgilanadi.
Tarixiy taraqqiyot, til me’yorlarining
harakatlanishi
oqibatida
ba’zan
o‘zak,
ba’zan
esa
qo‘shimchalar qo‘llanmay qo‘yishi mumkin. Ba’zida ikkalovi
unutilib, bir komponentga birikib ketadi. Natijada ularni
ma’noli qismlarga bo‘lishning iloji qolmaydi. So‘zning bunday
holatini tevarak-borliqdagi ayrim kristallarga mengzash o‘rinli.
Tabiatdagi ayrim qattiq moddalar qachonlardir suyuq yoki
yumshoq holatda bo‘lgan, hozir ular zaranglashib, bo‘linmas
holga kelib qolgan.
Tilda me’yoriy, odatiy
holatlar bilan bir qatorda, tarixiy
holatni ko‘rsatuvchi, lekin hozir harakat qilmaydigan relikt
(qoldiq) hodisalar ham uchrab turadi. Bu hodisa so‘zning
morfem tarkibiga ham aloqali. Xuddi shunday relikt holatlar
hozirda “kristall” holiga kelib qolgan so‘zning o‘zagi,
unutilgan qo‘shimchasi yoki har ikki komponenti bo‘luvi
mumkin.
Til tarixidagi bu hodisa lug‘at tarkibidagi katta bir
qatlamning etimologiyasi, tarixiy ko‘rinishi, morfem qurilishini
aniqlashga to‘sqinlik qiladi.
Biz ularning qanday yasalgani,
morfema deya chamalayotgan uzvning ma’nosini, hozirgi
turishida
qay
bir
tovush
o‘zgarishiga
uchraganini
bilavermaymiz. Tekshiruvlar ulardan ayrimlarining ildizlarini
ochishga imkon beradi, xolos.
Masalan, hozirgi
qazaq
so‘zini olaylik. Olimlar uning kelib
chiqishini turlicha izohlaydilar. Bizningcha, bu so‘z
qazğaq
dan
kelib chiqqan. Bu so‘zda “bo‘linish, ajralish” ma’nosi bor.
134
Keyinchalik tovush tushish hodisasi yuz berib, hozirgi
ko‘rinishiga kelib qolgan (boshdagi
qazğaq
ning
ham tub
ma’nosi shunday). Qiyoslang: KTT.34 da:
qazaq
– uysiz-joysiz.
Yana qiyoslang, KTT.22da:
qazğan
– Kitobda qayd etilishicha,
buni
qazan
shaklida ham talaffuz qilganlar.
Yozma yodgorliklar grammatik jihatdan tahlil qilinganda
so‘zlarni morfemalarga ajratishda zamonaviy me’yorlarga
asoslanib (ya’ni hozirgi o‘zbek tili normalariga tayanib) emas,
balki bitiglar yaratilgan davr tilining grammatik normalariga
tayangan holda ish ko‘riladi.
Morfema tahlilida yasama so‘zning qay ma’nodan hosil
bo‘layotganligini bilish ham muhim. Masalan, hozirgi
küylä-
so‘zi ikki morfemaga ajratiladi (
küy-lä
).
Biroq ushbu yasama
so‘z “ohang” ma’nosidagi
küy
dan yasalayotgani yo‘q. Buning
isbotini yozma manbalar misolida ko‘rib chiqaylik.
Alisher Navoiy
“Muhokamatu-l-lug‘atayn”da hozirgi
“ohang, kuy” ma’nosidagi
küy
ni
kök
shaklida keltirgan.
Navoiy asarlari bo‘yicha tuzilgan “Abushqa” lug‘atida
kök
dan
yasalgan
köklä
- //
köktä
- fe’liga keng izoh beriladi. Kitobda
muallif
köklä
- fe’lining ma’nosi to‘g‘risida shunday yozadi:
Köklä
– kāflar kāf-i ’arabîdur. Amr edüp sāz čal
ma’nāsïnadur
...
(DDT.369).
Kitobda muallif ushbu fe’lning
köktä
variantini ham
bergan. Ayni so‘zga o‘rnak sifatida “G‘aroyibu-s-sig‘ar”dan
bir bayt hamda Navoiyning “Muhokamatu-l-lug‘atayn”da
kök
ning ma’nolari to‘g‘risida yozganlarini keltiradi (o‘sha kitob,
369–370).
Lug‘atda
kök
so‘zi ham
bu daxï sāz čalmaq ma’nāsïnadur
deb izohlanib, unga misollar berilgan (o‘sha kitob,369).
Mavlono Lutfiy qalamga solgan quyidagi tuyuqda ham
ayni ma’no mujassam:
Tüz, begim, bu damda suhbat kökini,
Tut ayağ, kes dard-u ğamnïŋ kökini.
İlgiŋdin gar kelsä bašqa tut ayaq,
135
Közgä ilmän dunyānïŋ yer-kökini.
Birinchi
misradagi
kök
– “avj” ma’nosida (
suhbat köki
–
“suhbatning yoqimlisi, dil tortuvchi suhbat”), ikkinchi
misradagi
kök
– ildiz, so‘nggi satrdagi
kök
esa “osmon”dir.
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida
Navoiy qayd etgan “ohang” anglamidagi
kök
so‘zi
kög
(yoki
küg
)
shaklida, “osmon” ma’nosidagi so‘z esa
kök
shaklida
qo‘llangan. Bunday xulosa qilishimizning sababi quyidagicha:
Mahmud Koshg‘ariy “she’rning vazni, o‘lchovi” ma’nosidagi
kög
ni izohlar ekan, uning “yumshoq kof (ya’ni jarangli [g])
bilan” talaffuz etilganini ta’kidlaydi (MK.III.144). “Osmon,
ko‘k” ma’nosidagi so‘zni esa “qattiq kof (ya’ni jarangsiz [k])
bilan” talaffuz qilingan (
kök
) deya qayd etadi (MK.III.146).
Muhimi shundaki, Mahmud Koshg‘ariy o‘z devonida
kög
(~
küg
) so‘zini ikki ma’noda qo‘llaydi: 1) she’r, she’r turi,
she’riy o‘lchov, nazm; 2) kuy, ohang. Asarda ushbu so‘zning
har ikkala ma’nosiga misollar berilgan:
Dostları ilə paylaş: