238
Eski sana bo‘yicha shu kundan eski oy tugab,
yangisi
boshlanadi. Yilning boshi ham shu kunlarga to‘g‘ri keladi. Bu
kunni qadimgi turklar
yïl bašï
degan. Bu so‘z hozirgi “yangi
yil”dir.
Eskida yillar muchal hisobi bilan yuritilgan. Ular o‘n ikki
hayvon nomini o‘n ikki yilga ot qo‘yganlar. Muchal tizimi o‘n
ikki oy va o‘n ikki burjga asoslanib belgilangan edi. Tug‘ilish,
janglar va boshqa tarixiy voqealarni ana shu hisob asosida
yuritganlar.
Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘atit turk”
asarida o‘n ikki muchal otini tartib bilan keltirgan (MK.I.331–
332). Ko‘k turk bitiglarida, turfondan topilgan uyg‘ur
yozuvli
matnlarda
yoki
keyingi
davrlarda
yaratilgan
turkiy
yodgorliklarda qo‘llangan ayrim yil otlari Mahmud Koshg‘ariy
qo‘llagan otlardan farq qiladi. Ular fonetik jihatdan o‘zgargan,
uning boshqa bir sinonimi bilan atalgan yoki o‘zga tillardan
o‘zlashgan bo‘ladi. Turkiy yozma yodgorliklarda qo‘llangan
yil otlari quyidagicha:
MK da:
Sïčğan yïlï
– sichqon yili. Ko‘k turk bitiglarida:
Küskü
– sichqon.
MK da:
Ud yïlï
– sigir yili.
MK da:
Bars yïlï
– bars yili.
MK da:
Tawïšğan yïlï
– quyon yili. Berlin fondidagi U
5314 raqamli hujjatda:
Tawšan yïl
.
MK da:
Nek yïlï
– timsoh yili. Ko‘k turk bitiglarida:
Loo~luu
– ajdar yili.
MK da:
Yïlan yïlï
– ilon yili.
MK da:
Yund yïlï
– ot yili. Ko‘k turk bitiglarida:
Yont~yund
– ot.
MK da:
Qoy yïlï
– qo‘y yili. Kul tigin bitigida:
qoñ yïl
(K.III). Berlin fondidagi U 5254 raqamli hujjatda:
Qoyn yïl
.
MK da:
Bičin yïlï
– maymun yili.
MK da:
Taqağu yïlï
– tovuq yili. Berlin fondidagi U 5238
raqamli hujjatda:
Taqïğu yïl
.
239
MK da:
Ït yïlï
– it yili.
MK da:
Toŋuz yïlï
– to‘ng‘iz yili. Ko‘k turk bitiglarida:
Lağzïn, toŋuz
– to‘ng‘iz.
Turkiy tillarda
yaš
so‘zi ham vaqt bilan bog‘liq.
yaš
– kishi
umrining bir yillik bo‘lagidir. Shuning uchun qadimgi turkiy
tilda “yasha” fe’lining o‘rnida
yïlla
- so‘zi ham ishlatilgan.
Hozirgi o‘zbekchadagi “yosh”ni
anglatuvchi
yašar
asli
yašayur
dan; u “shuncha yil yashaganlik”ni bildiradi. Kul tigin
bitigida sarkarda Kul tiginning faoliyati xotirlanar ekan, Bilga
xoqon tilidan
otuz yašayur erti
yoki
bir qïrq yašayur erti
deb
qayd etilgan (K.42). Bu “o‘ttiz yashar edi”, “o‘ttiz
bir yashar
edi” degan ma’noni beradi.
Hozirgi o‘zbek tilida
qïrq yašar, ellik yašar
deb ishlatamiz,
bu o‘sha
yašayur
ning o‘zgargan ko‘rinishidir. Yoki buning
o‘rnida
čiqdï, kirdi
so‘zlari ham qo‘llanila oladi:
qïrqqa čïqdï –
qïrqqa kirdi; ellikkä čïqdï – ellikkä kirdi.
Bitiglarda
yaš
so‘zi o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi bilan
qo‘llanilib, vaqt aniqligini ifodalaydi. Masalan:
yeti yigirmi
yašima
– o‘n yetti yoshimda (X.24);
otuz artuqï bir yasïma
–
o‘ttiz bir yoshimda (X.29). Qiyoslang, hozirgi o‘zbek tilida:
yašï qïrqda, yašï ellikdä.
Dostları ilə paylaş: