41
III-BOB. KORXONALARDA USTAV, QO’SHILGAN VA REZERV
KAPITALI AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI
3.1. Shahrisabz "Don –xalq rizqi " OAJda ustav kapitali auditini
o’tkazish tartibi
Korxona ustav kapitali uning ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq
qoidaga ko’ra, ta’sischilarning hissalari hisobiga barpo etiladi. U korxonaning
xo’jalik
faoliyatidan
olinadigan
foydasi
hisobiga,
zarur
bo’lganda
ta’sischilarning maqsadli badallari hisobiga xam to’ldirilishi mumkin.
Korxona ustav kapitaliga
hissa sifatida binolar, inshootlar, qurilmalar va
boshqa moddiy qiymatliklar: yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish
xuquqlari, shuningdek, boshqa mulkiy xuquqlar (shu jumladan, kashfiyotlardan
foydalanish uchun, “nou-xau” va boshqa nomoddiy aktivlar); qo’shma korxona
ishtirokchi davlatlarining valyutalaridagi erkin ayirboshlanadigan valyutalarda
pul mablag’lari qo’shishlari mumkin.
Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan maqsad,
ustav
kapitalining holati aks ettiriladigan moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining
ishonchliligi, hamda uni hisobga olish uslubiyotining me’yoriy xujjatlarga
muvofiqligi to’g’risida fikr shakllantirishdan iborat.
Tekshiruvni korxona yuridik maqomini va ustavida belgilangan faoliyat
turlarini, ta’sischilar va ular ulushlarining
tarkibi xamda summasini, ustav
kapitalining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun yetarliligini
aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq.
Ta’sis xujjatlari, ustav kapitalini shakllantirishga doir dastlabki xujjatlar,
xisob registrlari va xisobot ma’lumotlarini tekshirish
quyidagi tartibda amalga
oshiriladi:
- ta’sis xujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi) mavjudligi, shakllari va
to’g’ri rasmiylashtirilganligi;
- ta’sis xujjatlari mazmunining amaldagi konunchilak va me’yoriy
xujjatlar talablariga muvofiqligi;
- ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga tuliq va o’z
vaqtida
qo’shilishi;
42
- ta’sischilar mulk shaklida qo’shadigan ulushlarining to’g’ri
baholanishini tekshirish;
- ustavda ko’rsatilgan faoliyat turlarining qonuniyligini tekshirish;
- ustav kapitali hajmining ta’sis xujjatlari va O’zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga muvofiqligi;
- ustav kapitalining to’liq va to’g’ri shakllantirilganligi;
- ta’sischilarning ustav kapitaliga o’z ulushlarini qo’shish bo’yicha
yakuniy xisob-kitoblar uchun qonunda belgilangan muddatlarga rioya qilinishi;
- ustav kapitalini shakllantirishga doir muomalalarning buxgalteriya
hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish;
- ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatdan ham qo’shilganligini
aniqlash;
- ustav kapitali hajmi o’zgarishining asosliligi va ustav hamda ta’sis
shartnomasining qayta ro’yxatdan o’tkazilganligini
hamda bu xolda tegishli
hisob registrlari va hisobotda aks ettirilganligi.
Ushbu vazifalarni bajarish uchun quyidagi ma’lumot manbalari tahlil
qilinadi:
- korxonaning huquqiy maqomini, ustav kapitalini
shakllantirish va
hisobga olish masalalarini tartibga soladigan asosiy qonun xujjatlari va
yuriqnomalari;
- ta’sis xujjatlari (notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav va ta’sis
shartnomasi);
- moliyaviy, statistik va boshqa tegishli xisobotlar;
- ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha muomalalar hisobga
olingan
dastlabki xujjatlar, analitik va sintetik xisob registrlari;
Me’yoriy xujjatlarga muvofiqlik masalasini tekshirish uchun ustav
kapitalini shakllantirish va hisobga olish qoidalarini o’zida mujassamlashtirgan
Dostları ilə paylaş: