43
Auditor ta’sis hujjatlarini tekshirishda quyidagilarni aniqlaydi:
- ta’sis hujjatlarida qanday faoliyat turlari ko’zda tutilgan;
- haqiqatda amalga oshirayotgan faoliyat turlarining ta’sis hujjatlariga
muvofiqligi;
- O’zbekiston
Respublikasining
“Ayrim
faoliyat
turlarini
litsenziyalash tug’risida”gi Qonuniga muvofiq litsenziyalanishi lozim bo’lgan
faoliyat turlari va litsenziyalarning mavjudligi.
Litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat turlari bo’yicha litsenziyalar
mavjudligi va ularning amal qilish muddatlari tekshiriladi. Chunki, korxona
bunday faoliyat turlari bilan shug’ullanish huquqiga litsenziya olingan yoki
unda ko’rsatilgan vaqtdan boshlab ega bo’ladi va ushbu huquq litsenziya amal
qilish muddati o’tishi bilan to’xtatiladi. Tegishli litsenziyalarga ega bo’lmasdan
amalga oshirilgan faoliyat turlari noqonuniy xisoblanadi. Agar korxona bitta
ta’sischi tomonidan tashkil etilgan bo’lsa, bunda u mazkur ta’sischi tomonidan
tasdiqlangan, tegishli hokimiyat organidan ro’yxatdan o’tgan va notarial idora
tomonidan tasdiqlangan ustav asosida faoliyat ko’rsatadi. Ta’sis xujjatlari bilan
tanishish auditorga mulk egasi kim ekanligini va kimning manfaati uchun
tekshiruv o’tkazilayotganligini aniqlashga imkon beradi.
Agar korxona bir necha ta’sischilar tomonidan tashkil etilgan bo’lsa, u
holda
ta’sis shartnomasi
tuzilishi lozim,
ustav
esa ta’sischilar tomonidan
tasdiqlangan bo’lishi lozim. Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ)
barcha ta’sischilar tomonidan imzolangan
ta’sis shartnomasi
va
ustav
asosida
tashkil etiladi va faoliyat ko’rsatadi.
Auditor tegishli ta’sis xujjatlarining mavjudligini va ularni tasdiqlash
xamda davlat ro’yxatidan o’tkazish qoidalariga rioya qilinishini aniqlaydi.
Korxona ta’sischilar tomonidan uni tashkil etish o’ug’risidagi qaror qabul
kilingan vaqtdan boshlab emas,balki davlat ro’yxatidan o’tgan kundan boshlab
yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan deb hisoblanadi. Shu boisdan,
Dostları ilə paylaş: