O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#176107
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   362
Аудит УМК

 
2-jadval
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga solishning pog’onalari
2
 
Pog’onaga 
bo’linishi 
Asos 
Tegishli me’yoriy hujjatlar 
1-pog’ona 
Qonunchilik asoslari 
O’zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”(yangi 
tahriri, 26.05.2000 yil). “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”(yangi 
tahriri 13.04.2016 yil) qonun va boshqalar. 
2-pog’ona 
O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Farmonlari va
Qarorlari 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Auditorlik tashkilotlari 
faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular ko’rsatayotgan 
xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to’g’risida" 2007 yil 4 
apreldagi 
PQ-615-sonli 
Qarori, “Auditorlik tashkilotlarining 
moliyaviy barqarorligini oshirish yuzasidan qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida”2008 yil 2 iyuldagi PQ-907 sonli Qarori, 
“Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv 
uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida” 2015 yil 24 
apreldagi PF-4720 sonli Farmoni, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentning 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonli “O’zbekiston 
Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari 
prognozi va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi Qaroridan 
kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga 2018 yil 
uchun kiritilgan qo’shimcha va o’zgartirishlar(145-modda 17-18-
bandlar, 147-modda 7-band) va boshqalar. 
3-pog’ona 
O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
Qarorlari 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik 
faoliyati takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarning ahamiyatini 
oshirish to’g’risida” 2000 yil 22 sentyabrdagi №365 sonli Qarori, 
“Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning xarajatlarini hisobga olish va 
moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibini takomillashtirish 
to’g’risida” 2003 yil 15 oktyabrdagi №444 sonli Qarori, “Korporativ 
boshqaruv 
ilmiy-ta’lim 
markazining 
samarali 
faoliyatini 
ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida” 2015 yil 27 
oktyabrdagi №305 sonli Qarori va boshqalar. 
4-pog’ona 
Moliyaviy 
hisobotning 
xalqaro 
standartlari 
va 
auditning 
xalqaro 
standartlari 
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari, moliyaviy hisobotning 
xalqaro standartlari. Auditning xalqaro standartlari, auditor kasbiy 
etika kodeksi, ichki auditorlar instituti standartlari va boshqalar 
5-pog’ona 
O’zbekiston Respublikasi 
Auditorlik 
faoliyatining 
milliy 
standartlari 
(AFMS). 
Uslubiy 
ko’rsatmalar 
tushuntirishlar 
va 
auditorlik faoliyatiga doir 
boshqa me’yoriy hujjatlar 
O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standartari 
(AFMS), O’zbekiston auditorlarining kasbiga oid axloq kodeksi, 
Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy ko’rsatmalar, 
tushuntirishlar va auditorlik faoliyatiga doir me’yoriy hujjatlar. 
Masalan, auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risida nizom, 
auditorlik faoliyati to’g’risidagi ma’lumot, ichki audit xizmati 
xodimlarini sertifikatlash tartibi to’g’risidagi nizom, Ustav kapitalida 
davlat aktsiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq bo’lgan 
korxonalarda tashqi auditni o’tkazadigan auditorlik tashkilotlari 
ro’yxatiga auditorlik tashkilotlarini kiritish tartibi to’g’risidagi nizom 
va boshqalar 
6-pog’ona 
Auditorlik 
tashkilotlarining 
ichki 
ishchi standartlari 
Auditorlik tashkilotlarining ichki standartlariga qo’yilgan talablar 
(AFMS №4), auditorlik tashkilotlarining ishchi standartlari, 
auditorlarning ishchi standartlari 
Ushbu jadvalda auditorlik faoliyatini tartibga solish pog’onalariga bo’lishda yuqorida 
keltirilgan manbalar va chet el tajribasi asosida guruhlash tartibi ishlab chiqildi va bunda ularning 
huquqiy asosiga e’tibor qaratildi. Masalan, birinchi pog’onada auditorlik faoliyatini tashkil etish 
bilan bog’liq qonunchilik asosi keltirilgan bo’lib, bevosita auditga tegishli qonundan tashqari bank 
va bank faoliyati to’g’risida, tadbirkorlik sub’ektlari to’g’risida, aktsiyadorlik jamiyatlari 
to’g’risidagi qonunlarda ham ushbu masalaning ayrim tomonlari berilgan. “O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari” nomli ikkinchi pog’onada ushbu masala bo’yicha 
tegishli qonunchilik asoslari beriladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 

2
Ушбу жадвал норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар асосида муаллифлар томонидан ишлаб чиқилган. 




“Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli Farmonida aktsiyadorlik jamiyatlari 
faoliyatining me’yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, zamon talablari va xalqaro 
normalar hamda standartlarga muvofiq holda amaldagi qonun hujjatlariga o’zgartish va 
qo’shimchalar kiritish hamda yangi qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlar qabul qilish, shu 
jumladan, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va xalqaro audit standartlariga o’tish vazifasi 
qo’yilgan. Uchinchi pog’onada ushbu masalaga oid tegishli qarorlar o’zining aksini topishi kerak. 
4-pog’ona odatda, tashqi audit jarayonida qo’llaniladigan standartlar va ularning xalqaro darajaga 
chiqishda katta ahamiyatga egaligi ko’rsatilgan va ular asosida amalga oshirilgan auditorlik 
tekshiruvlari moliyaviy faoliyat auditi va moliyaviy hisobotlar auditi chet ellik investorlar va 
foydalanuvchilar uchun asos bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining 
milliy standartlari ana shu xalqaro audit standartlari asosida ishlab chiqilgan va ushbu ishlar davom 
etirilmoqda. 5-pog’onaga auditorlik faoliyatining milliy standartlari va Moliya vazirligi, boshqa 
tegishli vazirlik va qo’mitalar tomonidan ularni tartibga solish uchun ishlab chiqilgan tegishli 
me’yoriy va uslubiy ko’rsatmalarni kiritishimiz mumkin. Huquqiy nuqtai nazardan ushbu bosqich 
hujjatlari asosan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatdan o’tgan yoki 
tegishli vazirlik va qo’mitalar tomonidan tavsiya sifatida ishlab chiqilgan bo’lishi mumkin. 6-
pog’onaga auditorlik tashkilotlarining ichki standartlariga qo’yilgan talablar asosida har bir 
auditorlik tashkiloti tomonidan o’zida ishlab chiqilgan ishchi standartlar va ayrim auditorlar tegishli 
bo’linmalarni tekshirish jarayonida qo’llaniladigan ishchi standartlar qo’shilgan.
Albatta, ushbu tadbirlar O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini rivojlanishiga 
katta hissa qo’shdi. Lekin jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan keyingi davrda O’zbekiston 
Respublikasida inqirozdan chiqish va uning oldini olish sharoitida auditorlik faoliyatini rivojlanishi 
va unga qo’yilgan yangicha talablarni e’tiborga olish zaruriyati vujudga keldi. Jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozidan keyingi davrda mamlakatimizda anchagina ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 
moliyaviy hisobot va xalqaro audit standartlariga o’tish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Birinchi 
Prezidentining “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va 
barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor 
yo’nalishlari to’g’risida” 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu 
Qarorda “Nobank moliya tashkilotlari, kredit uyushmalari, lizing, sug’urta va auditorlik 
kompaniyalarining rolini yanada oshirish hamda tarmog’ini rivojlantirish, xalqaro normalar va 
standartlarga muvofiq ularning barqarorligi va samaradorligini ta’minlash, ular tomonidan 
ko’rsatiladigan xizmatlar turi va ko’lamini kengaytirish, moliya bozori infratuzilmasi institutlarini 
mustahkamlash”
3
masalasi va moliyaviy hisobotlarga qo’yiladigan talablar jumlasiga eng avvalo 
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar asosida tuzilishi belgilandi. Bundan tashqari, xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotlarini auditorlik tekshiruvi va audit natijasi bo’yicha 
tuziladigan auditorlik hisobotlarini halqaro audit standartlari talabi darajasida tashkil qilish masalasi 
qo’yildi.
Bundan tashqari, keyingi yillarda qilingan muhim ishlardan biri O’zbekiston Respublikasi 
Birinchi Prezidentining “Aktsiyadorlik jamiyalarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini 
joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2015 yil 24 apreldagi №PF-4720-sonli Farmoniga ko’ra 
“2015-2018 yillarda barcha aktsiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va 
Xalqaro audit standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni 
o’tkazishi ma’lumot uchun qabul qilinsin”
4
deb belgilangan, ushbu Farmonni bajarish uchun tashqi 
audit tomonidan moliyaviy hisobotlar auditi auditning xalqaro standartlari asosida amalga 
oshirilishi belgilab qo’yildi.
Ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni 
alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, undagi barcha moddalar, jumladan, qo’shimcha 2
1
-,2
2
-3
1
-

3
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2011-2015 йилларда республика молия-банк тизимини янада ислоҳ қилиш ва 


барқарорлигини ошириш ҳамда юқори халқаро рейтинг кўрсаткичларига эришишнинг устувор йўналишлари тўғрисида” 2010 йил 26 
ноябрдаги ПҚ-1438 сонли Қарори. //Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2010 й., 48-сон, 442-модда. 
4
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Акциядорлик жамияларида замонавий корпоратив бошқарув услубларини жорий этиш 
чора-тадбирлари тўғрисида”ги 2015 йил 24 апрелдаги №ПФ-4720-сонли Фармони.// Қонунлар тўплами, 17-сон, 204-модда. 


 
moddalar sharhiga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq (3-jadval). Ushbu moddalarda 
auditorlik faoliyatining asosiy printsiplari, auditorlik faoliyati standartlari va auditorning malaka 
sertifikatiga izoh berilgan. 

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin