«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning 10-moddasiga muvofiq majburiy
auditorlik
tekshiruvidan o’tkazilishi lozim bo’lgan barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar oldingi yil uchun
yillik moliyaviy hisobotlarini joriy yilning 1 mayigacha auditorlik tekshiruvidan o’tkazadilar.
Auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so’ng xo’jalik yurituvchi sub’ekt auditorlik xulosasining
belgilangan tartibda tasdiqlangan bir nusxaini 15 kun ichida tegishli soliq organlariga topshirishi
lozim. Agar auditorlik xulosasining bunday nusxasini soliq organiga o’z vaqtida taqdim etilmasa,
xo’jalik yurituvchi sub’ekt soliq organiga buning sababi ko’rsatilgan tushuntirish xati taqdim etadi.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan bo’yin tovlagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga soliq
organi tomonidan jarima solinadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari
esa majburiy auditorlik
tekshiruvidan bo’yin tovlaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka
tortiladi. Undirilgan jarima jarima solish to’g’risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 10 kun
ichida to’lanib, to’liq miqdorda respublika byudjetiga o’tkaziladi. Agar jarima o’z vaqtida
to’lanmasa, soliq qonunchiligiga muvofiq peniya hisoblangan holda so’zsiz undirib olinadi. Jarima
undirilishi xo’jalik yurituvchi sub’ektni majburiy auditorlik tekshiruvdan o’tishdan ozod qilmaydi.
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning 11-moddasiga muvofiq: «Tashabbus tarzidagi
auditorlik tekshiruvi xo’jalik yurituvchi sub’ektning yoki boshqa auditorlik tekshiruvi
buyurtmachilarining qaroriga binoan, qonun hujjat-larida nazarda tutilgan tartibda o’tkazilishi
mumkin.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining predmeti, muddatlari va boshqa shartlari
auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bilan auditorlik tashkilotlari o’rtasida tuziladigan auditorlik
tekshiruvini o’tkazish to’g’risidagi shartnomada belgilab qo’yiladi».
Tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi odatda xo’jalik yurituvchi sub’ektning
qaroriga ko’ra o’tkaziladi. Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi o’tkazishda xo’jalik yurituvchi
sub’ekt o’z oldiga asosan quyidagilarni maqsad qilib qo’yishi mumkin:
-
buxgalteriya hisobini tashkil etishning amaldagi qonunchilikka muvofiqligini aniqlash;
-
butun buxgalteriya hisobi tizimini yoki uning ayrim bo’limlarining ahvolini nazorat va tahlil
qilish;
-
buxgalteriya hisobi bo’yicha ish yuritishni
tashkil etish;
-
buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobot tuzish ishlarining me’yoriy
ta’minlanganligini aniqlash;
-
hisobni kompyuterlashtirishda qo’llaniladigan vosita va uslublarni baholash;
-
soliq qonunchiligiga rioya qilinishi va soliqqa tortishga doir hisob-kitoblar ahvolini
tekshirish va h. k.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi har xil sabablarga ko’ra o’tkazilishi mumkin.
Birinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan xususiylashtirilgan va aktsiyadorlik
jamiyatlariga aylantirilgan ko’plab sobiq dav-lat korxonalari maxsus idoraviy davlat nazorat
organlari tomonidan tekshirilishi barham topdi. Shuningdek, mulkchilik va munosabatlarning yangi
turlari hisob obe’ktlariga aylandi. Ikkinchidan, mulk egalari, investorlar va aktsiyadorlarning
korxona moliya-xo’jalik faoliyatining ahvoli to’g’risidagi xolis axborotlarni talab qilishlari.
Shuningdek, buxgalter xodimlarining o’zgarib (almashlanib) turishi, ular
malakasining pastligi va
boshqalar. Uchinchidan, iqtisodiyotning erkinlashtirilishi va islohotlarning chuqurlashtirilishi
munosabati bilan me’yoriy hujjatlarning tez-tez o’zgarib turishi va yangilarining qabul qilinishi va
h. k. Bunday muammolar bilan to’qnashayotgan korxonalarda malakali auditorlik xizmatlariga
ehtiyoj kuchayib, ularning rahbarlari mustaqil auditorlik tashkilotlariga yordam so’rab murojaat
qilmoqdalar. Yuqorida ta’kidlanganidek, majburiy auditorlik tekshiruvi to’liq (kompleks)
o’tkaziladi. Tashabbus tarzidagi ya’ni ixtiyoriy audit esa to’liq yoki qisman o’tkazilishi mumkin.
Shuningdek, tashabbus tarzidagi auditda tekshiruvlar chuqurligi ham har xil bo’lishi mumkin.
Masalan: hisob ma’lumotlarini dastlabki hujjatlardan boshlab to’la va yoppasiga tekshirish;
dastlabki hisob ma’lumotlarini yoki faqat hisob registrlari va hisobotlardagi ma’lumotlarni tanlab
tekshirish.
Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning 15-moddasiga muvofiq auditorlik tekshiruvi
nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra auditorlik
tashkiloti tomonidan, ular o’rtasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini
auditorlik tekshiruvidan o’tkazish yuzasidan tuzilgan shartnomaga asosan o’tkaziladi . Shuningdek,
auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha ishlarga haq to’lash auditorlik tekshiruvini belgilagan
organ hisobidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi protsessual qonunchiligiga muvofiq huquqni muhofaza qilish
organlari (tergov organlari, sud va arbitraj sudi) xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni auditorlik
tekshiruvidan o’tkazishga topshiriq berishlari mumkin. Bunday topshiriq huquqni muhofaza qilish
organlarida quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo’lganida beriladi:
qo’zg’atilgan ( qayta ko’rilayotgan) jinoiy ishlar;
fuqarolik ishini qabul qilish (qayta ko’rish);
arbitraj sudining idoraviy tasarrufidagi ishlar.
Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan beriladigan bunday topshiriqlar mazmuni
jinoiy ish qo’zg’atish (qayta ko’rish), fuqarolik ishini qabul qilish (qayta ko’rish), arbitraj sudining
idoraviy tasarrufidagi ishlar uchun asos bo’lgan holatlarga mos kelishi lozim. Bunday topshiriqlarga
muvofiq o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvlar muddati auditorlik tashkiloti bilan kelishilgan holda
aniqlanib, odatda 1 oydan oshmasligi lozim.
Auditorlik tekshiruvi o’tkazishga topshiriq bergan hu-quqni muhofaza
qilish yoki nazorat
qiluvchi organlar tekshiruv o’tkazish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishlari, zarur hollarda
auditorlar va ular oila a’zolarining shaxsiy xavfsizliklarini ham ta’minlashi lozim. Shuningdek,
oldin tekshirilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati aynan bir xil asoslarga ko’ra oldingi
tekshiruvni o’tkazgan auditorlik tashkiloti tomonidan qayta tekshirishga ruxsat etilmaydi.
Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra o’tkazilgan
auditorlik tekshiruvlar jarayonida olingan ma’lumotlar faqat mazkur organlar ruxsati bilan va ular
ruxsat qilgan hajmda oshkor qilinishi mumkin.
Huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra o’tkazilgan tekshiruvlar natijalari
bo’yicha tuzilgan auditorlik xulosasi O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protses-sual kodeksiga
muvofiq taynlangan sud-buxgalteriya ekspertizasi xulosasiga tenglashtiriladi.
Sud-buxgalteriya
ekspertizasi ayrim o’ziga xos xususiyatlari bilan auditorlik
tekshiruvlaridan tubdan farq qiladi. Ko’p hollarda ekspertiza ekspert muassasalarining maxsus
xonalarida o’tkaziladi. Zarur hollarda ekspertiza o’tkazish joyi ekspert tomonidan,
ekspertizani
tayinlagan organ bilan kelishilgan holda aniqlanadi.
Xulosa tuzish uchun zarur bo’lgan dastlabki va yig’ma buxgalteriya hujjatlari, hisob
registrlari va hisobot shakllari ekspertiza obektlari bo’lib hisoblanadi. Shuningdek, ekspertiza
o’tkazish jarayonida taftish dalolatnomasi, ekspert xulosalari, ayblanuvchilar, jabrlanuvchilar va
guvohlarning ko’rsatmalari va ishdagi boshqa materiallarda keltirilgan ma’lumotlardan ham
foydalanish mumkin.
Sud-buxgalteriya ekspertizasini amalga oshirishda quyidagilarni
aniqlashga doir masalalar
hal etiladi:
-
tovar-moddiy zahiralar, pul mablag’larining kamomadi yoki oshiqcha chiqishi va moddiy
zarar summalari bilan bog’liq ma’lumotlarning haqqoniyligi;
-
tovar-moddiy zahiralarni qabul qilish, saqlash, sotish va pul mablag’larining harakatiga doir
muomalalarni rasmiylashtirishning to’g’riligini;
-
moliya-xo’jalik faoliyatiga doir muomalalarni hujjatlarda aks ettirishning buxgalteriya
hisobi xalqaro va milliy standartlari hamda boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi;
-
tergov olib borilayotgan ishga aloqador shaxslar ko’rsatmalarining buxgalteriya hisobi
ma’lumotlariga muvofiqligi;
-
materiallar, tayyor mahsulotlar, tovarlar va pul mablag’-larini kirimi, chiqimi hamda
hisobdan o’chirilishining hujjatlar bilin asoslanganligi; hisobga olinmay qolgan mahsulotlar hajmi
va qiymatini texnologlar, tovarshunoslar va boshqa mutaxassislar xulosalarini hisobga olgan holda
aniqlash;
-
fuqarolik sudlov ishlari tartibida hal etiladigan da’volarga doir summalar miqdorining
hujjatlar bilan asoslanganligi;
-
tovar-moddiy zahiralar va pul mablag’lari kamomadi yoki oshiqcha chiqishi vujudga kelgan
davrda moddiy javobgar hisoblangan shaxslar, hamda ekspertiza jarayonida buxgalteriya hisobi va
nazorat talablariga rioya qilinmaganligi
aniqlanganda, buning uchun mas’ul shaxslar;
-
moddiy zarar etkazilishiga olib kelgan yoki uning o’z vaqtida aniqlanishiga to’sqinlik
qilgan, buxgalteriya hisobi va nazorat tizimining kamchiliklari.
Dostları ilə paylaş: