Moliyaviy nazorat funktsiyasi bo’limi
Moliyaviy nazoratga kiruvchi
mustaqil auditning maxsus
funktsiyasi bo’limi
Byudjet-moliyaviy
nazorati
Moliyaviy-xo’jalik
(tadbirkorlik, tijorat) nazorati
Mustaqil audit
Byudjet daromad va
xarajat moddalarini
tekshirish
Moliyaviy xo’jalik faoliyatini va
moliyaviy hisobotlarning
to’g’riligini tekshirish
Moliyaviy hisobotlarning
to’g’riligini tasdiqlash
Mavzu bo’yicha tekshirish yoki operatsion audit
Baholash dasturi, aniq natijalar olishga mo’ljallash,
«sanset» metodi
Taftish va tekshirish natijalarini kamomad hamda
o’g’irliklar sodir bo’lganda yuqori tashkilotga taqdim
etish
Auditorlik firmasining maslahat
xizmatlari
1.1-rasm. Moliyaviy nazoratni har bir tur funktsiyasi bo’yicha bo’limi
Moliyaviy
byudjet - nazoratining
sub’ektlari bo’lib, birinchi navbatda, nazorat
huquqiga ega bo’lgan davlat organlari, qonunchilik va ijro organlari va boshqaruv hisoblanadi.
O’zbekistonda bunga Oliy Majlisning Senat va qonunchilik palatasi, Prezident Devoni,
Vazirlar Mahkamasi, moliya vazirligi, Markaziy bank va boshqalar kiradi.
Davlat moliyaviy nazoratining ob’ekti bo’lib, O’zbekiston Respublikasi byudjeti
va
boshqa qonunchilikka rioya qilinishini tahlil qilish va tekshirish orqali uning buzilishiga
yo’l qo’ymaslik, buzilish holati sodir bo’lsa, aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etish hisoblanadi.
Davlat moliyaviy nazorati quyidagicha guruhlashtiriladi:
1) Nazoratni amalga oshiruvchi organning bog’liqligiga qarab, ichki va tashqi davlat
moliyaviy nazoratiga bo’linadi;
2) Byudjetning tegishli darajasiga bog’liq holda, davlat boshqaruvi darajasiga ko’ra
Respublika va mahalliy darajada amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorati organlari tizimiga quyidagilar kiradi: 1) O’zbekiston
Respublikasi hisob palatasi;
2) O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi nazorat-taftish boshqarmasi va uning
hududiy bo’linmalari;
3) Davlat boshqaruvi respublika va mahalliy organlarining ichki nazorat xizmati.
Rejadan
tashqari
nazorat
O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti, O’zbekiston
Respublikasi Hukumati, shunga vakil davlat organlari va deputatlik so’rovlari asosida
amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazoratining sub’ektlari:
Davlat moliyaviy nazoratining sub’ektlari bo’lib, nazorat qilishga vakolati bo’lgan
Davlat hokimiyati organlari, birinchi navbatda, qonunchilik, hukumat ijro va boshqaruv
organlari hisoblanadi. O’zbekistonda ularga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati
va Qonunchilik palatasi, O’zbekiston
Respublikasi
Prezident
Devoni,
O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi,
Moliya
vazirligi
va
O’zbekiston
Respublikasi
Markaziy banki va boshqa davlat boshqaruv organlari kiradi.
a) O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi
Davlat moliyaviy nazoratining yuqori organi
O’zbekiston
Respublikasi
hisob
palatasi
hisoblanib,
uning
tomonidan
Davlat byudjeti ijrosi, Davlat maqsadli va
boshqa byudjetdan tashqari fondlar byudjetining
tashqi
nazoratini
amalga
oshiradi
hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga bevosita bo’ysunadi va hisobdor
hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi davlat byudjeti bajarilishi nazoratini amalga
oshiradi:
- Davlat byudjeti, davlatning maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari fondlari
loyihasini ko’rib chiqadi, ma’qullanganda u bo’yicha tegishli xulosa beradi;
- Davlat byudjeti, davlatning maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari fondlarining
ijrosi natijalari bo’yicha hisobotni ko’rib chiqadi, ma’qullanganda u bo’yicha tegishli
xulosa beradi;
- Davlat byudjeti, davlatning maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari fondlarining
bajarilishini, shu bilan birga, soliq va bojxona organlarini, davlat maqsadli fondlarini
taqsimlovchi organlar faoliyatining monitoringini amalga oshiradi;
- Byudjet mablag’larining harakati to’g’risida qonunchilik doirasida bankdan
ma’lumot oladi;
- Moliya organlari, g’aznachilik bo’limlari, byudjetdan mablag’ oluvchilar va xo’jalik
sub’ektlari moliya-xo’jalik faoliyatini tekshiradi hamda taftish o’tkazadi;
- Qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa vakolati doirasida faoliyat ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi yilning har choragida Davlat byudjeti,
davlatning maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari fondlarining bajarilishi natijalarini
ko’rib chiqadi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi.
b) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
O’zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
O’zbekiston
Respublikasi moliya vazirligi taqdim qilgan Davlat byudjeti ijrosini yilning har choragida
ko’rib chiqadi.
v) O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat
byudjetining ijrosi nazoratini amalga oshiradi:
- turli darajadagi byudjet ijrosi natijalarini ko’rib chiqadi;
- soliq va bojxona organlari, davlat maqsadli fondlari taqsimlovchi organlardan turli
darajadagi byudjetlar mablag’larining kelib tushishi to’g’risida axborotlar oladi;
- davlat
byudjeti
mablag’lari
va
byudjetdan
tashqari
mablag’lar hisobidan
byudjet mablag’lari
oluvchilari
yuridik
majburiyatlarini ro’yxatdan o’tkazish orqali
(G’aznachilik) dastlabki nazoratni amalga oshiradi;
- byudjetdan
mablag’
oluvchilar
moliyaviy
majburiyatlarining hisobini
yuritish orqali (G’aznachilik) va ularning nomidan mol etkazib beruvchilar tovar
(bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmatlar) uchun ularning schyotiga bevosita pul o’tkazish
orqali yoki boshqa ko’zda tutilgan maqsadlar uchun (ish haqi, majburiy to’lovlarni to’lash
va boshqalar) to’lovni amalga oshirish orqali joriy nazoratni amalga oshiradi;
- qonunchilikka
ko’ra bankdan byudjet mablag’larining harakati to’g’risida
ma’lumot oladi;
- o’zining vakolati doirasida taftish o’tkazadi va byudjetdan mablag’ oluvchilar
moliya-xo’jalik faoliyatini tekshiradi;
- keyingi davlat moliyaviy nazoratini (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
nazorat-taftish
boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari) respublika va mahalliy
darajada amalga oshiradi.
g) ichki nazorat xizmati
Respublika va mahalliy davlat boshqaruvining ichki nazorat xizmati O’zbekiston
Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda nazorat funktsiyasini amalga oshiradi.
Ichki nazorat xizmati:
1) davlat organlarining faoliyati yo’nalishi bo’yicha uning ishining unumdorligi va
sifatini oshirish maqsadida amalga oshiradi;
2) davlat organlari, uning hududiy bo’linmalari va bo’ysinuvchi tashkilotlar
faoliyatining yo’nalishi bo’yicha baholashni amalga oshiradi hamda davlat organlarining
birinchi rahbariga uning faoliyatini yaxshilash bo’yicha tavsiyalar taqdim etadi;
3) O’zbekiston Respublikasi byudjet va boshqa qonunchiliklarini davlat organlari
rioya qilishini tekshirishni amalga oshiradi;
4) Davlat organlarining strategik va operatsion rejalarini amalga oshirishni va
natijalarini baholashni tekshirishni amalga oshiradi;
5) Davlat organlari tomonidan hisob va hisobotni to’g’ri va ishonchli yuritilishi
nazoratini amalga oshiradi;
6) O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq respublika va mahalliy byudjet
mablag’laridan foydalanishda buzilishlarni aniqlaydi, oldini oladi va yo’l qo’ymaslik bo’yicha
tadbirlarni amalga oshiradi;
7) Nazorat natijalrining jami bo’yicha qaror qabul qilish, nazorat ob’ektlarining
yo’nalishi va ijrosining nazoratini amalga oshiradi;
8) Nazorat ob’ektlaridan belgilangan muddatlarda nazorat o’tkazish bilan bog’liq
zarur hujjatlar, spravka, og’zaki va yozma tushuntirish xatlari so’rashi va olishi mumkin;
9) nazorat tadbirlarining savollari bilan bog’liq, tegishli sir saqlash
rejimiga
rioya qilishi, xizmat, tijorat yoki qonun bilan qo’riqlanadigan sirni saqlagan holda
nazorat ob’ekti hujjatlari bilan hech qanday to’siqsiz tanishishi;
10) davlat organi rahbari belgilagan vakolat doirasida boshqa ishlarni amalga
oshirishi mumkin.
Ichki nazorat xizmati davlat organi rahbariga nazorat natijalari to’g’risida hisobotlar
va davlat organi ishining samaradorligini oshirish maqsadida, uning faoliyati bo’yicha
to’g’ri va yakuniy natijalarga erishish uchun ichki jarayonlar, qoidalar, protsesslarni
yaxshilash bo’yicha tavsiyalar beradi.
Ichki nazorat xizmati tashkiliy jihatdan boshqa tarkibiy bo’linmalarga bog’liq emas,
faqat davlat organining birinchi rahbariga bo’ysinadi va unga hisobot beradi.
Ichki nazorat xizmati ijro organi bo’lib, viloyat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi,
ijro organlarida ichki davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi, viloyat byudjeti
hisobidan moliyalashtiriladi va tegishli ijro organlari tuman (viloyat ahamiyatga ega
shahar) byudjeti hisobidan moliyalashtiradi.
Davlat moliyaviy nazorati printsiplari
Davlat moliyaviy nazorati printsiplariga quyidagilar kiradi:
1) mustaqillik printsipi – davlat moliyaviy nazorati organlari bog’liq bo’lmaydi,
aralashishga yo’l qo’yilmaydi;
2) ob’ektivlik printsipi – O’zbekiston Respublikasi mos kelishini qat’iy nazoratini
amalga oshiradi, davlat moliyaviy nazorati standartlari asosida, tomonlarning o’zaro
nizolaridan tashqari;
3) ishonchlilik printsipi-nazorat ob’ektini buxgalteriya hisobi, bank va boshqa hujjatlar
asosida nazorat natijalarini tasdiqlash;
4) shaffoflik
printsipi
–
davlat
moliyaviy
nazorat
organlari O’zbekiston
Respublikasi Prezideni, O’zbekiston Respublikasi Hukumati, joylardagi mahalliy hokimiyat
organlari, davlat organlarining rahbarlari, jamoatchilikka hisobdor, nazorat natijalarini ifoda
etishning aniqligi;
5) kompetentlik printsipi – davlat moliyaviy nazorat organlarining xodimlari nazorat
qilishni amalga oshirish bo’yicha zaruriy kasbiy bilim va mahorati yig’indisi;
6) oshkoralik printsipi – davlat moliyaviy nazorati natijalarini maxfiyligi, xizmat,
tijorat yoki boshqa shu kabi qonun bilan sir saqlanadigan axborotlarni hisobga olgan
holda chop etish.
Davlat moliyaviy nazoratiga yagona talablar davlat moliyaviy nazorati standartlari
tomonidan belgilanadi.
Davlat moliyaviy nazorati quyidagi turlarga bo’linadi:
1) mos kelishining nazorati-O’zbekiston Respublikasi byudjet va shu kabi
qonunchiligini nazorat ob’ektlari faoliyatiga mos keluvchanligini baholash;
2) moliyaviy hisobotlar nazorati – nazorat ob’ektlarining moliyaviy hisobotini o’z
vaqtida tuzilishi va taqdim etilishini hamda asoslanganligini, ishonchliligini baholash;
3) samaradorlik nazorati – baholash, shu jumladan, moliyaviy hisobotlar va
unga mos kelishning nazorati, davlat aktivlarini hamda kafilligini, davlat
va
davlat
tomonidan
kafolatlangan
qarzlarni, grantlardan foydalanish bilan bog’liq davlat
xizmatlarining ko’rsatilishi, davlat va byudjet dasturi realizatsiyasi, ularning strategik
rejasida ko’zda tutilgan, davlat organlari erishgan to’g’ri va yakuniy natijalar hamda
davlat organlari va sub’ektlar faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi kompleks va ob’ektiv
tahlil
va
davlat
boshqaruvi
ayrim olingan
tarmoq(soha)
yoki
ijtimoiy
soha,
iqtisodiyotning rivojlanishi davlat sektori sub’ektlariga ta’siri ko’rib chiqiladi.
Davlat moliyaviy nazorati turlari
Davlat moliyaviy nazorati organlari o’zining vakolati doirasida quyidagi nazorat
turlarini amalga oshiradi:
1) kompleks nazorat – aniq davr bo’yicha hamma masalalar bo’yicha nazorat
ob’ektlarini tekshirish va faoliyatini baholash;
2) tematik nazorat – aniq davr bo’yicha ayrim masalalar bo’yicha nazorat
ob’ektlarini tekshirish va faoliyatini baholash;
3) muqobil nazorat – uchinchi shaxs nazorati, tekshirilayotgan savol doirasida
asosiy nazorat ob’ekti bilan bog’liq faqat o’zaro munosabatlar savollari qarab chiqiladi;
4) qo’shma nazorat – davlat moliyaviy nazorati organlari boshqa davlat organlari bilan
hamkorlikda o’tkazadigan nazorat.
Kompaniyalarda yillik buxgalteriya hisobi jarayoni tugashi bilan, auditorlik tekshiruvi
ishlari boshlanib hisob kitoblarining haqiqiyligi va ularning amaldagi qonunchilikka muvofiq
yuritilganligi sifatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Buxgalteriya hisobi - xo`jalik operatsiyalarini
buxgalteriya hujjatlarida aks ettirish, hisobotni saqlash, moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim
etishga ma’suldir. Buxgalterlik firmalari korxona tomonidan ularning pul muomalalarini
yuritilishini olib boradi. Bu biznesni tushunadigan tildir, chunki u tadbirkorlik sub’ektining
moliyaviy hisobotini taqdim etish vositasidir.
Aksincha, Audit - bu moliyaviy hisobotni tekshirish va baholash faoliyati. Korxonaning
buxgalteriya xodimlari tomonidan tayyorlangan moliyaviy hisob-kitob operatsiyalarining
haqiqiyligini tekshirish va tasdiqlashga qaratilgan. Shunday qilib, u buxgalteriya ma’lumotlarining
haqiqiyligi va ishonchliligini belgilaydi.
Buxgalteriya hisobi va audit o‘rtasidagi farqni tushunish uchun quyidagi jadvalni ko‘rib
chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |