O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Auditning maqsadi, vazifalari va usullari tavsifi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#176107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   362
Аудит УМК

2.Auditning maqsadi, vazifalari va usullari tavsifi
Auditning o’ziga xos predmeti va ob’ektlari mavjud. Audit maxsus fan sifatida ma’lum 
maqsadga qaratilgan va bir qancha vazifalarni bajaradi. Auditning perdmeti xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar, ularning faoliyatlari hisoblanadi. Ma’lumki korxonalar o’z ustavlariga asosan faoliyat 
yuritadilar. Ushbu faoliyat jarayonida moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalaniladi. 
Korxonalarning aktivlari doimiy ravishda daromad, foyda olishga qaratilgan bo’ladi. Lekin, ushbu 


 
natijalarga faqat qabul qilingan qonun-qoidalarga to’liq amal qilgan holda erishish mumkin. 
Korxonalar o’z faoliyatlarida me’yoriy hujjatlarga, qabul qilingan qoidalarga rioya qilishlari shart. 
Har bir korxona o’zining hisob siyosatini belgilaydi va unga asosan hisob-kitoblarni yuritadi. Audit 
paytida korxona faoliyatining qabul qilingan qonunlarga monandligi, hisob ma’lumotlarining 
korxona moliyaviy-xo’jalik ko’rsatkichlariga muvofiqligi tekshiriladi. 
Auditning predmeti taftishdan o’laroq korxonaning faqat bir faoliyat turi yoki birgina 
ko’rsatkichi bo’lishi mumkin. Misol uchun, savdo faoliyati, ishlab chiqarish faoliyati yoki bo’lmasa 
pul mablag’lari, tovarlar, qimmatbaho qog’ozlar, valyuta operatsiyalari va boshqalar. Auditning 
predmetiga korxona moliyaviy hisobotning to’g’riligi, hisob siyosatiga, soliq siyosatiga to’liq amal 
qilinishlikni tekshirish ham kiradi. Auditning aniq predmeti yoki ob’ekti mijoz bilan tuzilgan 
shartnomaga bevosita bog’liq bo’ladi. 
Bozor sharoitida korxonalarning faoliyati kengayib har tomonlama rivojlanmoqda. Iqtisodiy 
islohotlarning hozirgi bosqichida auditning asosiy ob’ektlari quyidagilardan iborat bo’lishi kerak 
deb hisoblaymiz: 
- mulklarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bog’liq bo’lgan 
opretsiyalar; 
- moliyaviy natijalarni shakllantiruvchi ko’rsatkichlar ( xarajatlar, daromadlar, foyda ( 
zararlar); 
- valyuta operatsiyalari; 
- tashqi iqtisodiy faoliyat, shu jumladan xorijiy sarmoyalar; 
- hisob-kitob operatsiyalari ( debitorlik, kreditorlik qarzlari); 
-qimmatbaho qog’ozlar bilan bog’liq jarayonlar. 
Shunday qilib auditning predmeti va ob’ektlari quyidagi tartibda guruhlash mumkin: 
-
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatlari; 
-
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning aktivlari va majburiyatlari; 
-
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning alohida jarayonlari ( operatsiyalari). 
Auditning asosiy predmeti bo’lgan korxonalarning faoliyatlari quyidagilarga bo’linadi: 
-
ishlab chiqarish faoliyati; 
-
savdo faoliyati; 
-
xizmat ko’rsatish faoliyati. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatlari o’z navbatida quyidagi jarayonlarni o’z ichiga 
oladi: 
-
ta’minot jarayoni; 
-
ishlab chiqarish jarayoni; 
-
realizatsiya jarayoni. 
Jarayonlar xo’jalik operatsiyalari orqali sodir bo’ladi. 
Xo’jalik jarayonlarning auditi ma’lum ko’rsatkichlarni tekshirish orqali amalga oshiriladi. 
Ushbu ko’rsatkichlarning ikkiga bo’lish mumkin: 
-
miqdor ko’rsatkichlari; 
-
sifat ko’rsatkichlari. 
Miqdor ko’rsatkichlar - ishlab chiqarilan mahsulotlar, sotilgan tovarlar, bajarilgan xizmatlar 
hajmidan iborat. 
Sifat ko’rsatkichlar - faoliyat yuritish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, foyda, mehnat 
unumdorligini ifodalaydi. Korxonalarning alohida jarayonlari va ko’rsatkichlari auditning ob’ektlari 
hisoblanadi. 
Auditning predmetiga xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga dolzarb masalalarda konstalting 
xizmatlarini ko’rsatish ham kiradi. Auditorlar va auditorlik tashkilotlari korxonalarga o’zaro 
tuzilgan shartnomalarga asosan «Biznes reja» tuzish, hisob siyosatini belgilash, soliqlarni to’g’ri 
hisoblash, mahsulot tannarxini aniqlash, moliyaviy hisobot tuzish kabi masalalarda yaqindan 
yordam beradilar.
Auditning o’ziga xos usullari va uslubiyati mavjud. Bu usullar auditning xususiyatlaridan 
kelib chiqadi. Korxonada audit o’tkazish mutaxassis auditordan ma’lum bilimni va ish tajribasini 


talab qiladi. Bozor sharoitida turli mulkka asoslangan korxona va firmalarning faoliyatlari bir-
biridan farq qiladi. Ularning so’nggi moliyaviy natijalari ham turli operatsiyalar va omillar tufayli 
shakllanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining qabul qilingan qonun-qoidalarga 
monandligini ekspertiza qilish, baholash, asosli xulosalarga kelish va tavsiyalar berish auditordan 
ko’p bilim va saviyani talab qiladi. Audit natijasida ishonchli xulosaga kelish ushbu jarayonda 
qo’llaniladigan usullarga bevosita bog’liqdir. Ushbu usullarning turi ham ko’p. 
Audit uslubining asosida mantiqiy mulohaza, ilm-fan yutuqlari, xo’jalik jarayonining 
o’zgaruvchanligi yotadi. Korxonalar faoliyatidagi operatsiyalar tufayli mablag’lar bir shakldan 
boshqa shaklga o’zgarib turadi. Ushbu jarayon natijasida korxona samara (naf) olishi kerak. Bu 
samara, o’z navbatida qabul qilingan qonun-qoidalarga to’liq amal qilingan holda erishilgan 
bo’ladi. Noqonuniy operatsiyalar mijozlarga faqat zarar keltiradi, xolos.
Audit jarayonida iqtisodiyotimizga xos bo’lgan xalqaro amaliyotda keng foydalaniladigan 
usullar qo’llaniladi. Auditor audit usullarini mustaqil ravishda belgilaydi va qo’llaydi. Ushbu 
usullar tarkibi auditning predmeti, maqsadi va vazifalariga bevosita bog’liqdir. Audit nazariyasi va 
amaliyotida ushbu usullarning quyidagi turlari keltirilgan: 
- solishtirish usuli (iqtisodiy hodisalar, ko’rsatkichlarni o’zaro va biznes-reja bilan 
solishtirish); 
- gipoteza usuli (hodisalarning sodir bo’lishi, natijalari turli shart-sharoitlarni e’tiborga olgan 
holda o’rganiladi. Bunday usul ko’pincha “yashirin iqtisodiyot” natijalarini aniqlashda keng 
foydalaniladi); 
- tahlil va sintez usuli (audit ob’ekti bo’lgan ma’lum ko’rsatkich omillar asosida o’rganiladi, 
mavjud ichki imkoniyatlar aniqlanadi); 
- taftish usuli (korxonaning faoliyatiga to’liq baho berish uchun barcha operatsiyalar 
tasdiqlovchi nazoratidan o’tkaziladi); 
- inventarizatsiya usuli (korxonadagi huquqiy aktivlar va majburiyatlarning buxgalteriya 
hisobi ma’lumotlariga monandligi tekshiriladi); 
- kalkulyatsiya usuli (bajarilgan ishlar, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi, 
umumiy ovqatlanish korxonalarda esa taomlarning sotilish bahosi aniqlanadi); 
- ekspertiza usuli (hujjatlarning realligini, haqqoniyligi, mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari 
laboratoriya yo’li bilan aniqlanadi); 
- buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv usuli ( korxona aktivlari va 
majburiyatlarining harakati hamda qoldiqlari buxgalteriya hisobi schyotlari orqali tekshiriladi); 
- balans usuli (korxonadagi hodisalar, jarayonlarni rasmiylash-tirish, dastlabki 
ma’lumotlarni umumlashtirish orqali nazorat qilish). 
Auditor tekshirish jarayonida me’yorlashtirish, baholash, guruhlash usullaridan ham 
foydalaniladi. Audit usullari har bir hodisaning kelib chiqish sabablari, ularning oqibatlari, ho’jalik 
jarayonlarining qonun-qoidalarga (mezonlarga) muvofiqligini aniqlashga yordam berishi kerak. 
Auditorlik faoliyatining rivojlanishi tufayli uning uslubi, unda qo’llaniladigan usullar ham 
takomillashib boraveradi. Keyingi paytlarda maxsus adabiyotlarda auditning quyidagi usullariga 
katta e’tibor berilmoqda: xodimlar (yoki uchinchi shaxslar) bilan og’zaki so’rovlar o’tkazish, 
tekshirilayotgan korxona bo’yicha muqobil (alternativ) balans tuzish, audit ob’ektlari bo’yicha 
testlar anketalar o’tkazish, kompyuter axborotlari texnolgiyalaridan keng foydalanish kabi usullar. 
Shuni ham qayd qilish kerakki, auditorlar (auditorlik tashkilotlari) audit jarayonida qabul qilingan 
umumiy (an’anaviy) usullardan foydalanish bilan bir qatorda ular o’zlariga ma’qul bo’lgan yoki 
boshqalar uchun “tijorat siri” hisoblangan noan’anaviy (lokal) usullardan ham foydalanishlari 
mumkin. Audit o’tkazishda milliy va xalqaro audit standartlariga asoslanadi. Shunday qilib, auditda 
qo’llaniladigan usullar uning turi, maqsadi va vazifalariga bevosita bog’liq bo’ladi. 

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin