O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#176107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   362
Аудит УМК

-
M
M
A
A
V
V
Z
Z
U
U
:
:
A
A
U
U
D
D
I
I
T
T
G
G
A
A
 
 
U
U
M
M
U
U
M
M
I
I
Y
Y
 
 
T
T
A
A
V
V
S
S
I
I
F
F
 
 
 


1-MODUL. AUDITNING NAZARIY ASOSLARI
 
 
 
 
1
1
-
-
M
M
A
A
V
V
Z
Z
U
U
:
:
 
 
A
A
u
u
d
d
i
i
t
t
g
g
a
a
 
 
u
u
m
m
u
u
m
m
i
i
y
y
 
 
t
t
a
a
v
v
s
s
i
i
f
f
 
 
 
REJA: 
 
1.Auditning mohiyati va rivojlanish tarixi.
2.Auditning maqsadi, vazifalari va usullari tavsifi.
3.O’zbekiston Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida auditning tutgan o’rni va 
fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liq jihatlari. 
4. Auditning turlari va shakllari tavsifi. 

Tayanch so’z va iboralar: 
Audit, tadbirkorlik faoliyati, mustaqil nazorat, buxgalteriya 
hisoboti, xo‘jalik yurituvchi subyekt, moliyaviy majburiyat va moliyaviy talablar, auditorlik 
xizmati, buxgalteriya hisobotini tuzish bo‘yicha tamoyillar, taftish, ixtiyoriy va majburiy audit, 
tashqi audit, ichki audit, auditorlik xizmatlari bozori. Auditning obyekti va subyekti, auditning 
predmeti, auditorlik tekshiruvining usullari, xo‘jalik faoliyatining tahlili, inventarizatsiya, hujjatli 
tekshirish, tahliliy amallar, kuzatish, so‘rovnoma o‘tkazish, kalkulatsiya, baholash, taqqoslash, 
skanerlash, tanlash, xo‘jalik shartnomalari. 
1.Auditning mohiyati va rivojlanish tarixi 
Audit – bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy hisob va u 
bilan bog’liq moliyaviy axborotlarini me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik darajasi to’g’risida xulosa 
chiqarish maqsadida tadqiq etilishidir. 
Auditorlik faoliyati va auditorlik kasbining ta’rifi O’zbekiston Respublikasining yangi 
tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida quyidagicha keltirilgan: 
Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish 
va ushbu qonun-ning 17-moddasida nazarda tutilgan professional xizmatlar ko’rsatish borasidagi 
tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.
Birinchi ta’rifda auditning tafsiloti keng bayon etilgan bo’lsa, so’ngisida auditorlik faoliyati 
tekshiruv o’tkazish jarayoni bo’lishidan tashqari professional xizmat ko’rsatish bilan bog’liq 
tadbirkorlik faoliyati ekanligi ham ta’kidlangan.
O’zbekistonda davlat hoqimiyati va boshqaruvi organlariga auditorlik faoliyatini amalga 
oshirish qonun bilan taqiqlangan.
Auditor – auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir.
Agar auditor auditorlik tashkilotining shtatida turgan bo’lsa yoki auditorlik tashkiloti u bilan 
fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo’lsa, u auditorlik tekshiruvi o’tkazishga jalb etilishi 
mumkin.
Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganligi, tijorat sirini oshkor etganligi hamda 
boshqa hatti-harakat-lari oqibatida auditorlik tashkilotiga zarar etkazganligi uchun qonun 
hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida javobgar bo’ladi (3).
Shuningdek, Qonunning 4-moddasiga muvofiq «auditor yordamchisi auditor malaka 
sertifikatiga ega bo’lmagan va auditorlik hisobotida, auditorlik xulosasida, auditorning ekspert 
xulosasida hamda auditorlik tekshiruvini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan boshqa rasmiy hujjatda 
imzo chekish huquqiga ega bo’lmagan tarzda auditorning topshirig’iga binoan auditorlik 
tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir».
Auditor yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida qayd etilgan tartibda tuzilgan 
mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarni oshkor etmaslik 
majburiyati auditorning yordamchisiga nisbatan tadbiq etiladi.
Auditorning yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditor malaka sertifikatini olish uchun 
zarur bo’ladigan ish stajiga qo’shiladi.
O’zbekistonda auditorlik faoliyati mustaqil yuridik shaxs huquqiga ega auditorlik 


 
tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Qonunga ko’ra auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini 
amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir. Hisobot ma’lumotlarining 
ishonchliligini, birinchi navbatda, buxgalteriya balansi (1-shakl), moliyaviy natijalar to’g’risidagi 
hisobot (2-shakl), shuningdek boshqa hisobotlarning ishonchliligini (yoki tasdiqlamaslik) auditorlik 
xizmatining eng muhim vazifasi hisoblanadi.
Auditorlik tekshiruvlari ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish, korxonadagi tartib, 
mehnat va texnologik intizomni, tovar-moddiy zahiralarning omborlar va boshqa saqlash 
joylaridagi hisobi, mulklarning saqlanishi, hisob-kitoblar holati va korxona moliya-xo’jalik faoliyati 
hamda uning natijalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan boshqa ko’plab holatlarni qamrab oladi. 
Shuning uchun auditorlik hisobotida korxona moliya-xo’jalik faoliyati va uning natijalariga 
bevosita ta’sir-ko’rsatadigan, hamda hisob ma’lumotlari va hisobot ko’rsatkichlari ishonchliligini 
pasaytirishiga olib keladigan, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishdagi katta kamchiliklarni 
bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar berilishi lozim.
Ma’lumki, har qanday voqea, hodisa, buyum qaysi zamonda va makonda paydo bo’lishidan 
qat’iy nazar ma’lum zaruriyat tufayli yuzaga keladi. Auditga oid manbalarda ta’kidlanishicha, uni 
quyidagi shart-sharoitlar keltirib chiqargan:

axborot etkazib beruvchilar (ma’muriyat) bilan axborotlardan foydalanuvchilar 
(davlat organlari, banklar, aktsiyadorlar, kreditorlar) manfaatlarining mos kelmasligi, natijada, ular 
o’rtasida ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelganida ma’muriyat tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar 
berilishi; 

noto’g’ri axborotlarga asoslangan holda xo’jalik qarorla-rining qabul qilinishi 
natijasida noqulay iqtisodiy ahvolga tushib qolinishi yoki inqirozga yuz tutilishi; 

iqtisodiy axborotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun zarur maxsus bilimlarga 
ehtiyoj; 

axborotlardan foydalanuvchilarda ma’lumotlarni bevosita baholash va sifatini 
aniqlash uchun maxsus malaka, vaqt va materiallarning etishmasligi va h. k.
Mana shu muammolarni hal qilishga yordam beradigan auditorlik xizmatlari shakllana 
boshladi. Uning asosiy vazifasi axborotlardan foydalanuvchilarga taqdim qilinadigan hisobotlar 
to’g’risida xolis fikr-mulohazalar bildirishdir. Auditorlar etarli bilim va tajribaga, shuningdek, 
buxgalteriya hisobi hujjatlari va asoslovchi ma’lumotlarni olish huquqiga ega bo’lganliklari uchun 
bu vazifani malakali darajada bajaradilar. Bundan tashqari, ular korxona ma’muriyatiga 
bo’ysunmaydigan va uning tazyiqlaridan holidirlar.
Ayrim manbalarga ko’ra buxgalter-auditor kasbi XVII asrning o’rtalarida Evropaning 
aktsiyadorlik kompaniyalarida aktsiyadorlar, kreditorlar va soliq xizmati xodimlari o’rtasidagi 
munozarali masalalarni hal qilib berish zarurati tufayli shakllana boshlagan. O’sha paytlarda 
mustaqil faoliyat ko’rsatib, korxonaning ishlab chiqarish moliya faoliyati to’g’risida aniq xulosa 
beradigan mutaxassislarga ehtiyoj kuchaygan.
Natijada, 1862 yili Angliyada, 1867 yili Frantsiyada, 1937 yili esa AQShda majburiy audit 
to’g’risidagi qonun qabul qilingan. Hozirgi paytda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda 
o’zining tashkiliy huquqiy infratuzilmalariga ega bo’lgan audit institutlari faoliyat ko’rsatmoqda.
Auditorlik kasbi turli xil mamlakatlarda turlicha nomlanib kelingan. Masalan, Amerikada 
jamoatchi-buxgalter, Frantsiyada buxgalter ekspert yoki schyotlar bo’yicha komissar, Germaniyada 
xo’jalik nazoratchisi, yoki kitoblar (Das Buch) nazoratchisi, qator anglo-saksoniya mamlakatlarida 
kompaniyaning moliyaviy faoliyatini nazorat qiladigan taftishchi kabilar.
Auditorlik faoliyatining rivojlanishiga 1929-1933 yillarda jahon iqtisodiy tanazzuli katta 
turtki bo’ldi. Bu davrda aktsiyadorlik jamiyatlari va boshqa korxonalarning ko’pchiligi inqirozga 
yuz tutdilar. Natijada hisobotlarni, xususan, balans, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot 
ma’lumotlarini tasdiqlash tartibini qat’iy belgilash, ularning to’g’riligi va haqqoniyligini mustaqil 
auditorlar tomonidan tekshirish ehtiyoji yuzaga kelgan . 
Audit XIX asr o’rtalarida Shotlandiyada ham vujudga kela boshlagan.
Ingliz temiryo’lchilari, sug’urta va boshqa investorlar Shimoliy Amerikaga yo’l olishganida 
ular bilan birga yirik ingliz sarmoyador (kreditor)larining manfaatlarini himoya qiladigan mustaqil 


taftishchi-auditorlar ham birga borganlar.
1844 yilda Angliyada aktsiyadorlik kompaniyalarining buxgalteriya schyotlarini, 
aktsiyadorlarga beriladigan hisobotlarni yiliga kamida bir marta mustaqil buxgalterlar tekshiruvidan 
majburiy o’tkazilishini talab qiladigan qonunlar chiqarilgan.
Dastlab auditorlik vazifalari aniq belgilanmagan bo’lib, barcha investorlar, aktsiyadorlar, 
kreditorlar auditorlarni o’zlarining himoyachisi sifatida qabul qilganlar.
Auditorlar haqida ularni aktsiyadorlar oldidagi mas’ul shaxslar deb qarash 1929 yilda 
«Kompaniyalar to’g’risidagi qonun» chiqarilishi bilan o’zgardi. Ushbu qonunga muvofiq barcha 
kompaniyalar o’zlarining moliyaviy hisobotlarida foyda va zararlarni majburiy ravishda 
ko’rsatishlari belgilab qo’yildi. 
Tarixiy manbalardan ma’lumki, markazlashgan davlatchilikning barpo bo’lishi hamda 
rivojlanishi natijasida mamlakatni boshqarish uchun hisob, nazorat va moliya ishlariga zaruriyat 
kuchaygan. Ularning ildizlari insoniyatning uzoq tarixiga borib taqaladi. Masalan, auditorlik 
professor P. I. Kamishanov ma’lumotlariga ko’ra taxminan eramizdan oldingi 200 yillarda kasb 
sifatida shakllana boshlagan. Bu paytlarda kvestorlar ya’ni Rim Imperiyasi davrida moliya va 
sudlov ishlarini olib boruvchi mansabdor shaxslar joylardagi hukumat buxgalterlari ustidan nazorat 
qilib turganlar. Kvestorlarning hisobotlari Rimga yuborilib, imtihon qiluvchilar tomonidan 
eshitilgan. «Auditor» lotinchadan «eshituvchi» degan tushuncha ham shundan kelib chiqqan. 
Demak, «Audit» tushunchasi lotincha bo’lib, «auditing» - aynan tarjimasi «u eshitayapti», 
«eshituvchi» degan ma’nolarni bildiradi. 
Amir Temur tuzuklarida ham hisob, moliya va nazorat ishlari mamlakatni boshqarishda 
muhim vosita bo’lganligi haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Masalan, «Raiyatdan mol-xiroj 
olish, mamlakatni tartibga keltirish, uning obodonchiligi, xavfsizligini amalga oshiruvchi kishilar 
tuzugi»da saltanatni boshqarishda hisob va nazorat ishlari haqi-da shunday deyilgan: «... har 
o’lkaga uch vazir tayinlashlarini buyurdim. Bulardan biri raiyat uchun bo’lib, undan yig’iladi-gan 
soliqlarning undirilishini kuzatib, hisobotini olib borsin. Oliq-soliq miqdori, soliq to’lovchilarning 
nomlarini yozib borsin va raiyatdan yig’ilgan mablag’ni saqlasin. Ikkinchi vazir sipoh ishlarini 
boshqaradi. Sipohga berilgan va berilishi lozim bo’lgan mablag’ hisobini olib borsin. Uchinchi 
vazir esa daraksiz yo’qolgan kishilar, kelib-ketib yuruvchilar (sayohatchilar va savdogarlar), har xil 
yo’l bilan yig’ilib qolgan hosil, aqldan ozganlarning mol-mulki, vorissiz mol-mulkni, qozilar va 
shayxulislomlarning hukmi bilan olingan jarimalarni tartibga keltirsin». 
1
«Sipohga haq taqsimlash tuzugi»da esa o’sha zamonga xos nazorat tizimi haqida quyidagi 
ma’lumotlar keltirilgan: «Mulk qilib berilgan har bir mamlakatga ikkitadan vazir tayinlasinlar. Biri 
viloyatdan yig’ilgan molni yozib, raiyat ahvolini tekshirib tursinki, jogirdor

fuqaroga jabr zulm 
etkazib, ularning holini xarob etmasin. U viloyatdan yig’ilgan butun mol ashyolarni kirim daftariga 
yozishi lozim. Ikkinchi vazir esa (daromad)ning xarj etilgan qismini chiqim daftariga yozsin va 
(yig’ilgan mollardan) sipohiylarning maoshi uchun taqsim qilsin. Qaysi amirga mulk berilar ekan, 
uni uch yilgacha o’z holiga qo’ysinlar. Uch yil o’tgandan so’ng uni tekshirib ko’rsinlar. Agar 
mamlakat obod, raiyat rozi ekan, shu holicha qoldirsinlar. Agar ahvol bunga ters bo’lsa, u viloyatni 
holisa

ga o’tkazib, uch yilgacha o’sha jogirdorga haq berilmasin».
Keyingi 25 yil mobaynida auditorlik faoliyati 3 xil rivojlanish bosqichidan o’tdi: 
1.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin