O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#176107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   362
Аудит УМК

.
Soliq boshqarmasi.
 
Hukumatga yoki moliya vaziriga bo’ysunadi, davlat byudjeti 
daromadlar qismining to’ldirilishini nazorat qiladi.
3.
 
Vazirliklardagi nazorat taftish bo’linmalari
 
byudjet tomonidan mablag’ bilan 
ta’minlanib, davlat moliyaviy nazoratining oliy organi yoki tegishli vazirlikka bo’ysunadi. Asosiy 
vazifasi byudjet mablag’larining to’g’ri sarflanishini nazorat qiladi.
4. 
Mustaqil auditorlik moliyaviy nazorat
balans ma’lumotlarining to’g’riligini, amalga 
oshirilgan muomalalarning qonuniyligini shartnoma asosida nazorat qiladi. Nodavlat sektoridagi 
korxona va tashkilotlarga ham shartnoma asosida hisob va moliya masalalari bo’yicha maslahat 
(konsultatsiya) beradi.
Rivojlangan mamlakatlarda mustaqil auditorlik tashqi moliyaviy nazoratning asosiy shakli 
bo’lib hisoblanadi va u keng profilli taftishchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Turli mamlakatlarda auditni tashkil qilish bilan bog’liq qoidalarni o’rganish shuni 
ko’rsatadiki, ularda bir-biriga o’xshashliklar mavjud: 

korxonalar moliyaviy hisobotlarini majburiy audit nazoratidan o’tkazish; 

auditorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar uchun ma’lum malakaga ega bo’lishi bilan 
bog’liq talablar;

auditorlikka faqat shu mamlakat fuqarolarini tayinlash.
Bu mamlakatlarning har birida auditorlik xizmatlarining soni juda ko’p. Ularning faoliyati 
shu darajada keng tarqalganligi xalqaro auditorlik tashkilotlarining shakllanishiga olib keldi. 
Xususan, 
Diplomli jamoatchi buxgalterlar xalqaro assotsiatsiyasi 
147 ta mamlakatda faoliyat 
ko’rsatadigan 4 mingdan oshiq auditorlik firmalarini birlashtiradi. Xorijiy mamlakatlarning nazorat 
amaliyotidagi ijobiy tajribalarni o’rganish va yoyish maqsadida 1953 yili BMT qoshida nodavlat 
tashkiloti - 
Oliy Nazorat Organlarining Xalqaro Tashkiloti 
(INTOSAI) tuzilgan. Bu tashkilotni 
tuzishga quyidagi omillar sabab bo’lgan: 

jahon iqtisodiyotida baynalminallashish tendentsiyalarining kuzatilishi; 

biznes va savdo-sotiqning rivojlanishi; 

ko’p millatli korporativ operatsiyalarning kengayishi; 

pul mablag’larini samarali nazorat qilishga intilish; 

davlat nazoratining kuchaytirilishi va chet el inves-titsiyalarining boshqarilishi. 


Buxgalter-auditorlarning professional tashkilotlari jahonning ko’p mamlakatlarida tuzilgan. 
Jumladan Buyuk Britaniyada Angliya va UELS mamlakatlarida mustaqil buxgalterlar instituti 
tashkil qilingan bo’lsa, AQShda diplomli va diplomsiz jamoatchi buxgalterlarning 
buxgalter-
auditorlar jamiyati, 
Germaniyada 
Auditorlar palatasi
va 
Auditorlar instituti
faoliyat ko’rsatmoqda. 
Barcha auditorlik firmalari, xizmatlari o’z faoliyatlarida 
«Xalqaro audit normalari va 
qo’shimcha ishlar Nizomi»
dan foydalanadilar. Xalqaro audit normalari normativi 29 ishdan iborat 
bo’lib, unga yana 4 ta qo’shimcha ishlar normativlari ham kiritilgan. 
Tashqi audit bilan birga ko’pchilik korxonalarda ichki audit yo’lga qo’yilgan bo’lib, ular 
ishlab chiqarish xarajatlarining darajasi, rentabellik, tejamkorlik, maqbul rejimga rioya qilish va 
ko’rsatiladigan xizmatlarning yuqori sifatliligi ustidan nazorat qiladilar.
Firmalarning, shu jumladan auditorlik firmalarining ham bozorda mustahkam o’rin topishida 
ularning mahsulot (ish, xizmat)larining sifati muhim ahamiyatga ega. Ichki audit transnatsional 
firmalar ishlab chiqarish-moliya faoliyatining muhim omilidir. Masalan, «Istmen Kodak» oliy 
sifatli sport mollari sotish va xizmat ko’rsatish bo’yicha jahonda etakchi o’rin egallaydi. Unda ichki 
auditning tashkil qilinganiga 60 yildan oshgan. Uning uchun mas’uliyat Rochester (Nyu-York 
shtati) dagi 
umumiy audit bo’limiga 
yuklangan.
Har bir korxona va har bir tadbirkor ular xo’jalik yuritadigan sohada amalga oshiriladigan 
muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish zarurati bilan to’qnashadilar. Ammo audit nima 
ekanligini hali ko’pchilik tushunib etgan emas.
Audit mamlakatimizdagi xo’jalik faoliyatini nazorat va iqtisodiy tahlil qilishning nisbatan 
yangi yo’nalishidir. Agar Јarb mamlakatlarida audit 150 yildan buyon ma’lum bo’lsa, 
O’zbekistonda esa, mustaqil faoliyat sohasi sifatida xo’jalik yuritishda davlat monopoliyasidan voz 
kechish va bozor iqtisodiga o’tish natijasida shakllana boshladi. Shuning uchun auditorlik faoliyati 
rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rganish zarurdir. Ta’kidlash joizki, oldin ham 
mamlakatimizdagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda xo’jalik faoliyatini nazorat va taftish 
qilish amalga oshirilgan. Ammo, nazorat va taftish bilan audit tushunchalari bir-birlariga yaqin 
bo’lsa ham, ularni bitta narsa deb tushunish to’g’ri emas.
Auditorlik bizning tushunchamizdagi xo’jalik faoliyatining tahlili, hujjatli to’liq taftish, 
balans schyotlarini tekshirish yoki aytaylik, sud-buxgalterlik ekspertizasi emasligiga qaramasdan, 
auditorlar o’z xizmat vazifalarini amalga oshirish chog’ida yuqorida sanab utilgan ishlar tartibi va 
hisob hamda nazorat-tahliliy amaliyotning boshqa sohala-ridan foydalanadilar.
Audit
tushunchasi nazorat va taftish tushunchalariga qaraganda kengroq, chunki u nafaqat 
moliyaviy ko’rsatkichlar to’g’riligini tekshirishni, balki xarajatlarni maqbullashti-rish va qonuniy 
asosda foydani ko’paytirish maqsadida xo’jalik faoliyatini yaxshilash bo’yicha takliflar ishlab 
chiqishni o’z ichiga oladi. Auditni biznesni o’ziga xos ekspertiza qilish deb ta’riflash mumkin. 
Bunda buxgalteriya hisobi va ichki xo’jalik nazorati shartnoma asosida amalga oshirilib, moliya-
xo’jalik muomalalarining qonunchilikka muvofiqligi tekshiriladi (ya’ni hisobot ko’rsatkichlarining 
haqqoniyligi nazorat qilinadi). Shuningdek, noo’rin xarajatlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida ekspert 
konsultatsiyasi o’tkaziladi.
Biznes bo’yicha ekspert vazifalarini bajarish uchun auditor keng bilim, mahorat va tajribaga 
ega bo’lishi lozim.
Bizning mustaqil mamlakatimizda auditning dunyoga kelishi va auditorlik firmalarining 
barpo etilishi asosan, aktsiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar va tijorat banklarining tashkil 
etilishi bilan bog’liq bo’lib, ularning hisobotlari auditor xulosasiz rasmiy maqomga ega bo’la 
olmaydi.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin