O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


O’zbekiston Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida auditning tutgan o’rni va fanning



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#176107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   362
Аудит УМК

 
3.O’zbekiston Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida auditning tutgan o’rni va fanning 
boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liq jihatlari 
Davlatni boshqarish funktsiyasining muhim funktsiyalaridan biri bo’lgan moliyaviy 
nazorat 
davlat tuzilmasining ajralmas qismi hisoblanadi. Bozor iqtisodyotiga o’tish 


 
sharoitida moliyaviy nazoratning roli yanada oshadi. Bir tomondan, moliyaviy nazorat 
moliyani boshqarishning yakuniy bosqichi hisoblanadi, boshqa tomondan esa, uni samarali 
boshqarishning 
zarur 
sharti 
bo’lib xizmat qiladi. Moliyaviy nazorat moliyaviy 
resurslar harakatining xamma jarayonlarini o’z ichiga oladi, mablag’larni tashkil topish 
jarayonidan boshlab, har qanday faoliyatni boshlashdan to uning moliyaviy natijalarini 
aniqlashgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish, davlat mulkini xususiylashtirish natijasida moliyaviy 
mexanizm va moliyaviy tizimni tashkil etish talabini qo’yadi. Natijada ushbu sharoitda 
moliyaning o’zi kabi moliyaviy nazoratning xam maqsad va vazifalari, shakllari tubdan 
o’zgardi. Endi u faqatgina jazolovchi organ sifatida emas, balki davlatning o’z vazifalarini 
bajarish uchun zarur bo’lgan mablag’larning to’liq to’planishi, byudjet mablag’laridan 
maqsadga muvofiq samarali xarajat qilishni nazorat qilish, maslahat va ko’rsatmalar berish 
kabi vazifalarni bajarmokda. Iqtisodiyotning markazlashmagan tizimga o’tishi, O’zbekiston 
Respublikasi 
mulklarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish natijasida 
moliyaviy nazoratning roli yanada oshadi. 
O’zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan davlat nazoratini tashkil etish 
muammosiga qayta qurish jarayonida juda katta e’tibor berilmoqda 
va 
quyidagi 
me’yoriy xuquqiy xujjatlar qabul qilindi: O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 13 
yanvar 
№504-XII “O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti 
huzuridagi 
O’zbekiston 
Respublikasi 
davlat nazorati 
qo’mitasini 
tashkil 
etish 
to’g’risida”gi 
Qonuni, 
O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabr № 734-XII “Auditorlik faoliyati 
to’g’risida”gi Qonuni, mazkur Qonunning yangi tahriri O’zbekiston Respublikasi 2000 yil 26
maydagi 
78-II 
son 
Qonuniga 
muvofiq 
tasdiqlangan, 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
1994 
yil 
16 fevral “O’zbekiston Respublikasida davlat nazorati tizimini 
takomillashtirishning ayrim choralari to’g’risida”gi Farmoni, 1996 yil 8 avgustdagi 
“Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlarning faoliyatini muvofiqlashtirishni 
akomillashtirish to’g’risida” kabi hujjatlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etildi. Ushbu ishlar 
yana davom ettirilib, 2000 yildan xozirgi davrgacha O’zbekiston Respublikasi moliyaviy 
nazoratni amalga oshirish bo’yicha ko’plab qonunchilik aktlari qabul qilindi. (O’zbekiston 
Respublikasi 
“Byudjet tizimi to’g’risidagi”, “Davlat byudjetining g’aznachilik ijrosi 
to’g’risida”gi Qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 13 dekabrdagi 
№PQ-3161 Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 15 
noyabrdagi Qarori va boshqalar) . 
Amalga oshirish bilan bog’liq munosabatlarni quyidagicha guruhlash mumkin: 
Xo’jalik sub’ektlarining faoliyatini davlat nazorati O’zbekiston Respublikasini 1998 
yil 
24 
dekabr 
№717-1 
“Xo’jalik 
sub’ektlari faoliyatini 
davlat 
nazorati 
to’g’risida”gi Qonuni asosida tartibga solinadi; 
Davlat nazoratini prokuror nazorati tomonidan amalga oshirilishi tegishli qonunchilik 
asosida tartibga solinadi; 
Davlat nazoratini soliq tekshiruvlari yo’li bilan amalga oshirish tegishli soliq 
qonunchiligi tomonidan belgilanadi. Lekin O’zbekistonda moliyaviy nazoratni tashkil 
etishga alohida e’tibor qaratilganligi bilan umumiy qabul qilingan jahon amaliyotiga to’liq 
mos keltirish bo’yicha tegishli ishlarni amalga oshirish lozim. 
Moliyaviy 
nazorat 
tizimi 
o’z 
tarkibida 

sub’ektlar 
(nazorat qiluvchilar), 
ob’ektlar (nazorat qilinuvchilar), nazoratning usul va vositalarini birgalikda jamlaydi. 
Moliyaviy nazoratning maxsus uslublari: doimiy monitoring-kuzatuv, markazlashgan 
topshiriqlar bo’yicha tekshirish, xarajatlar smetasining ijrosi yuzasidan hujjatli taftish, 
xo’jalik faoliyati tahlili singari birmuncha xususiy uslublarga bo’linadi. Oraliq vazifalarni 
bajarish uchun hujjatlarni muqobil tekshirish, pul mablag’lari va moddiy boyliklarni 
ro’yxatga olish, miqdor hisobni tiklash va boshqalardan foydalaniladi. 
Moliyaviy 
nazorat, 
shuningdek, 
majburiy 
va 
o’z tashabbusiga ko’ra amalga 
oshirilishi mumkin. 


Nazorat samaradorligiga rasmiy va mantiqiy, hujjatlar va faktlar asosidagi tekshirishlar 
kabi xilma-xil usullarni qo’shib foydalanish orqali erishiladi. Bundan tashqari, byudjet 
ijrosining nazorati to’liq yoki qisman, kompleks yoki mavzuli, yoppasiga yoki tanlab 
o’tkaziladigan nazorat turlariga bo’lish tekshirish hajmi, yoki tekshirilayotgan ob’ektning 
to’liq qamrab olinishiga bog’liq. 
O’zbekiston Respublikasi ham moliyaviy nazorat sohasida jahondagi rivojlangan 
davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, ularda mavjud bo’lgan moliyaviy nazorat 
tizimiga o’tish borasida muhim bo’lgan ishlar amalga oshirilmokda. Jumladan, har 
tomonlama xolis bo’lgan, ijroiya hukumatiga emas, balki qonun chiqaruvchi davlat 
organiga 
bo’ysunuvchi O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 
2002 
yil 
21 
iyundagi 
PF-3093 
sonli 
«O’zbekiston Respublikasi 
hisob palatasini tashkil etish to’g’risida»gi farmoniga asosan tashkil etildi. 
Moliyaviy nazoratni tashkil etishda uning turlarini to’g’ri belgilash muhim hisoblanadi. 
Shu jihatdan moliyaviy nazoratni 3 turga bo’lish maqsadga muvofiq hisoblanadi: 
byudjet-moliyaviy nazorati, moliyaviy – xo’jalik (tadbirkorlik, tijorat) nazorati, mustaqil 
audit. (1.1.-rasm). 

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin