ofisda ishtirok etadi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan
auditorlik faoliyati bilan
shug’ullanishga amaldagi tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan yuqori talablar o’rnatilgan.
Auditorlik kasbining mahorat darajasiga qo’yiladigan asosiy talablar O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabridagi 365-sonli «Auditorlik faoliyatini
takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida»gi qarorida
belgilangan.
Auditorlik malaka sertifikatiga ega bo’lish uchun da’vogarlar O’zbekiston Respublikasi
Moliya Vazirligi tomonidan 2000 yil 28 avgustda 17-17/534-sonli
buyruq bilan tasdiqlangan
«Auditorlarni tayyorlash va sertifikatsiyalash dasturi» va 2000 yil 25 sentyabrda 68-sonli buyruq
bilan tasdiqlangan «Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq
belgilangan bilim va tajribaga ega ekanliklarini ko’rsatuvchi xujjatlarni taqdim etishi va imtihon
topshirishlari kerak.
Auditorlik faoliyatini litsenziyalash – bu audit sohasidagi qonunchilikka rioya qilinishi
ustidan davlat nazorati o’rnatish uslubidir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nomi
yuqorida qayd etilgan 365-sonli qaroriga muvofiq «Auditorlik faoliyatini
amalga oshirish uchun
auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish to’g’risida NIZOM»tasdiqlangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.04.2007 yildagi № PF-615-sonli farmoniga
asosan auditorlik tashkilotlariga qo’shimcha qo’yidagi litsenzion talab va shartlar belgilandi:
-
litsenziyani olishda qonunda belgilangan miqdorda ustav kapitalning shakllangan
bo’lishligi;
-
auditor o’z auditorlik faoliyatini faqat bir auditorlik tashkilotida amalga oshiradi;
-
litsenziya turiga qarab auditorlik tashkilotida auditorlar (kamida 2, 4, 6 ta) bo’lishi kerak;
-
shtatdagi auditorlarda xalqaro buxgalterlik sertifikatlari(kamida 1-2) bo’lishligi;
-
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan auditorlik tashkilotlari rahbarlari har uch
yilda attestatsiyadan o’tishligi;
-
auditorlik tashkilotlarida ichki ish sifati standartlarining mavjud bo’lishligi
-
har yarim yilda Moliya vazirligiga tegishli shaklda
auditorlik faoliyati haqida
ma’lumotlarning berilishi.
Ushbu Nizomga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida auditorlik faoliyati bilan
auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo’lgan
taqdirdagina amalga oshiriladi. Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari esa bundan
mustasno. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash Moliya Vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish, litsenziya berishni rad etish,
litsenziyaning amal qilish muddatini to’xtatish, bekor qilish, to’xtatib
turish yoki amal qilishini
tiklash to’g’risidagi qaror Moliya Vazirligining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
Auditorlik tashkilotlari litsenziya olish uchun Moliya Vazirligiga taqdim qiladigan arizaga
quyidagi hujjatlarni ilova qiladilar:
1.
Ta’sis hujjatlarining (ustav, ta’sis shartnomasi) notarial idora tomonidan tasdiqlangan
nusxalari va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi
to’g’risida guvohnoma;
2.
Kamida ikki auditor malaka sertifikatlarining tasdiqlangan nusxalari;
3.
Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami (STIR-INN) berilganligi to’g’risida Soliq organi
tomonidan berilgan ma’lumotnoma;
4.
Arizani ko’rib chiqish uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi bankning to’lov hujjati.
Ushbu hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi va bulardan boshqa hujjatlarni talab etilishiga
yo’l qo’yilmaydi.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirishda auditorlik tashkilotiga nisbatan quyidagi
litsenziya
talablari va shartlari qo’yiladi:
-
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga, auditorlik
faoliyatining milliy standartlari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
-
shtatida kamida ikki nafar auditor bo’lishi;
-
auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida olingan axborotning maxfiyligini ta’minlash;
-
auditorlik tekshiruvlari o’tkazish bo’yicha shartnoma majburiyatlarini o’z
vaqtida va
sifatli bajarish;
-
auditorlik tashkiloti rahbari lavozimiga faqat auditorni tayinlash;
-
auditorlik faoliyatini amalga oshirish chog’ida mustaqillikni ta’minlash;
-
ishonchli auditorlik hisoboti tuzish va auditorlik xulosasi berish;
-
faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish;
-
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav kapitaliga ega bo’lish;
-
fuqarolik mas’uliyatini sug’urta qilish polisiga ega bo’lish;
-
o’z pochta manzil o’zgartirilganligi to’g’risida 10 kun muddatda litsenziyalovchi organga
bildirish xati yuborish;
-
auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan
boshqa axborotni
litsenziyalovchi organ talabiga ko’ra taqdim etish.
Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya shartnomasida nazarda
tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: