Koreya)da bo’lib o’tgan Kengashi yig’ilishida O’AP Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi(IFAC)ning
uyushgan a’zosi bo’ldi.
O’zbekiston Auditorlar Palatasi a’zoligi:
O’AP a’zoligi 4 shaklga ko’ra farqlanadi:
Faxriy a’zolik – auditorlik faoliyati rivojiga yuqori hissa qo’shgan professional auditorlar
hamda buxgalteriya hisobi va audit sohasida ilmiy darajaga ega bo’lgan oliy o’quv muassasalari
o’qituvchilari.
Haqiqiy a’zolik – O’AP Ustavini tan olgan va Auditor
Ahloq Kodeksiga amal qiluvchi,
buxgalteriya hisobi va audit sohasida 5 yildan kam bo’lmagan amaliy tajribaga ega, barcha xalqaro
buxgalter malaka imtihonlarini topshirgan professional auditorlar.
Uyushgan a’zolik – professional auditorlik tashkilotlari.
A’zolikka nomzodlar - O’AP Ustavini tan olgan va Auditor Ahloq Kodeksiga amal qiluvchi
professional auditor va buxgalterlar.
O’zbekiston Buxgalterlar va Auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi (O’zBAMA). O’zBAMA
sertifikatlangan buxgalter va auditorlarni ixtiyoriylik asosda birlashtirgan jamoat tashkiloti
hisoblanadi. O’zBAMAning maqsadi professional buxgalter va auditorlarning manfaatlari va
huquqlarini himoya qilishga ko’maklashish, ta’lim dasturlari va kurslarini o’tkazish yo’li bilan
malakasini oshirish, assotsiatsiya a’zolari maqomini xalqaro darajaga etkazish maqsadida maslahat
xizmatlarini ko’rsatish hisoblanadi.
Asosiy vazifalari
- O’zbekiston Respublikasida buxgalter va auditor kasbining rivojlanishi va ularning
malakasini Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi(IFAC)ning a’zoligi mezonlariga javob beradigan
xalqaro
standartlarga yaqinlashtirish;
- O’zbekistonda bozor islohotlarini o’tkazishda faol qatnashish;
- buxgalteriya hisobi va audit sohasida me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish va
ularni takomillashtirish uchun takliflar taqdim etish;
- Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi(IFAC) talablariga muvofiq sertifikat olish uchun
malaka imtihonlarini o’tkazish, buxgalter va auditorlarga qo’yilgan malakaviy talablarni ishlab
chiqish;
- Sertifikatlangan buxgalter va auditorlar Ahloq Kodeksiga rioya qilinishi
ustidan nazorat;
- Buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirish maqsadida hududiy, respublika va xalqaro
simpozium, konferentsiya va seminarlar tashkil etish;
- Buxgalter va auditorlarga professional huquqlarini himoya qilish maqsadida uslubiy,
maslahat va axborot yordamini ko’rsatishga ko’maklashish;
- Xalqaro maqomga ega bo’lish maqsadida buxgalter va auditorlarning xalqaro professional
tashkilotlari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish.
Dostları ilə paylaş: