1) to’ldirilgan anketa;
2) ma’lumot to’g’risidagi diplom yoki iqtisodiyot fanlari nomzodi (doktori) ilmiy darajasini
olganlik to’g’risidagi diplomning hujjatni bergan muassasa tomonidan belgilangan tartibda
tasdiqlangan yoki notarial tasdiqlangan ko’chirma nusxasi;
yoki ma’lumot yoki ilmiy daraja to’g’risidagi xorijiy hujjatning
ekvivalentligini tan olish
to’g’risidagi vakolatli davlat organi guvohnomasining hujjatni bergan muassasa tomonidan
belgilangan tartibda tasdiqlangan yoki notarial tasdiqlangan ko’chirma nusxasi (xorijiy ta’lim
muassasalarida olingan oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja to’g’risidagi diplomga ega bo’linganda);
3) mehnat daftarchasidan notarial tasdiqlangan ko’chirma (o’rindoshlik bo’yicha mehnat
staji mavjud bo’lgan taqdirda bu haqida mehnat daftarchasiga qayd qilingan holda);
4) ikkita fotosurat (3 x 4);
5) auditorlarni tayyorlash markazlarida maxsus ta’lim olinganligi to’g’risidagi hujjatning asl
nusxasi (ushbu hujjat, agar o’qish tugatilgan sanadan boshlab hujjatlarni topshirish sanasigacha bir
yildan ko’p bo’lmagan vaqt o’tgan bo’lsa, haqiqiy hisoblanadi) va “Sertifikatlangan xalqaro
professional buxgalter (CIPA)”, “Sertifikatlangan qasamyod qilgan buxgalter (ASSA)”
“Sertifikatlangan jamoat buxgalteri (SRA)”, professional buxgalterning milliy sertifikati
(Sertifikatlangan professional buxgalter) sertifikatlash doirasida professional buxgalterlarni xalqaro
sertifikatlash dasturi bo’yicha “Moliyaviy hisob” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to’g’risida
hujjatning ushbu hujjatni bergan muassasa tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan yoki
notarial tasdiqlangan ko’chirma nusxasi (ushbu hujjat, agarda u berilgan sanadan boshlab hujjatlarni
topshirish sanasigacha besh yildan ko’p bo’lmagan vaqt o’tgan bo’lsa, haqiqiy hisoblanadi);
yoki “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)” setrifikatlarning hujjatni
bergan muassasa tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan yoki notarial tasdiqlangan ko’chirma
nusxasi (ushbu hujjat, agar o’qish tugatilgan sanadan boshlab hujjatlarni
topshirish sanasigacha
besh yildan ko’p bo’lmagan vaqt o’tgan bo’lsa, haqiqiy hisoblanadi);
6) malaka sertifikatini berish uchun eng kam oylik ish haqining 1,5 baravari miqdorida
yig’im to’langanligi to’g’risida guvohlik beruvchi bank to’lov hujjati.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ariza kelib tushgan kundan boshlab 3 kunlik
muddat ichida malaka imtihonini topshirishga ijozat berish yoki ijozat berishni rad etish to’g’risida
qaror qabul qiladi. Rad etish to’g’risida qaror qabul qilinganda O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi o’sha kunning o’zida rad etish uchun asoslarni ko’rsatgan holda qabul qilingan qaror
to’g’risida da’vogarni yozma ravishda xabordor qiladi. Malaka imtihonini topshirishga ijozat berish
to’g’risida qaror qabul qilinganda malaka imtihonini topshirishga ijozat berilgan da’vogarlarning
ro’yxatlarini imtihon komissiyasiga topshiradi. Bunda malaka imtihoni guruhlarning shakllanishiga
qarab, biroq hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab ikki oyda kamida bir marta o’tkaziladi.
Imtihon komissiyasi to’g’risidagi nizom, uning tarkibi va ishlash tartibi O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Imtihon komissiyasi tarkibiga O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining xodimlari va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishuvga binoan
professional buxgalter va auditorlar, shuningdek zaruriyat tug’ilganda soliq solish, xo’jalik huquqi
sohasidagi mutaxassislar kiritiladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vakolat berilgan vakili imtihon
komissiyasining raisi hisoblanadi. Malaka imtihonini topshirishga ijozat berilgan da’vogarlar
malaka imtihonini o’tkazish sanasi, vaqti va joyi to’g’risida u o’tkazilgunga qadar 10
kundan
kechiktirmay yozma ravishda xabardor qilinadi.
Da’vogarlar pasport yoki shaxsni tasdiqlaydigan boshqa hujjatni taqdim etgan taqdirda
ularga malaka imtihonini topshirish uchun ijozat beriladi. Yonida pasport yoki shaxsni
tasdiqlaydigan boshqa hujjat bo’lmagan yoki malaka imtihoniga kechikkan da’vogarlar imtihonga
kelmagan hisoblanadi va malaka imtihonini navbatdagi topshirishga ijozat berilgan shaxslar
ro’yxatiga kiritiladi.
Agar da’vogar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hujjatlarni topshirgan sanadan
boshlab olti oy mobaynida malaka imtihonini topshirish uchun kelmagan taqdirda topshirilgan
hujjatlar da’vogarga qaytariladi.
Da’vogarlar guruhi (kamida 10 kishi va ko’pi bilan 20 kishi) uchun malaka imtihoni ikki
bosqichda o’tkaziladi:
- test sinovi (yozma shaklda 4 akademik soat mobaynida, uning natijalariga ko’ra
da’vogarga yozma-og’zaki imtihon topshirish uchun ijozat beriladi);
- imtihon biletlari bo’yicha yozma-og’zaki imtihon (masalalarni echish va og’zaki
javobga
tayyorlanish uchun 3 akademik soat beriladi).
Malaka imtihonining ikkala bosqichini bir kun davomida o’tkazishga ijozat berilmaydi.
Testlar, imtihon biletlari savollari va to’g’ri javob variantlarini O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi respublika auditorlar jamoat tashkiloti bilan birgalikda Auditorlarni o’qitish dasturi
asosida ishlab chiqadi.
Imtihon komissiyasi raisining imzosi qo’yilmagan test blanklari va imtihon biletlari haqiqiy
emas deb hisoblanadi.
Testlar va imtihon biletlarining mazmuni qonunlar va me’yoriy hujjatlarga kiritiladigan
o’zgartish va qo’shimchalarni hisobga olgan holda vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqiladi.
Testga dasturning barcha bo’limlarini aks ettiradigan kamida 75 savol kiritiladi.
Test natijalarini ijodiy deb e’tirof etish uchun asos bo’lib hisoblanadigan to’g’ri javoblar
miqdori imtihon testlaridagi mavjud savollar miqdorining kamida 75 foizini tashkil etishi kerak.
Test natijalari salbiy deb e’tirof etilgan taqdirda da’vogar yozma-og’zaki imtihonni
topshirishga qo’yilmaydi, unga taqdim etgan hujjatlari qaytarib beriladi.
Imtihon bileti to’rt qismdan iborat, ularning har birida nazariy qism va quyidagi fanlar
bo’yicha amaliy vazifa mavjud bo’ladi:
1-qism. Moliyaviy hisob.
2-qism.
Boshqaruv hisobi, moliyaviy menejment va moliyaviy tahlil.
3-qism. Audit.
4-qism. Soliqqa tortish va tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish.
Imtihon bileti to’rt qismining har biri bo’yicha javoblar (shu jumladan masalani echish) besh
balli tizim bo’yicha baholanadi.
Imtihon bileti bo’yicha kamida 15 ball olgan da’vogarlar imtihonni muvaffaqiyatli
topshirgan hisoblanadi.
Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos bo’lib
hisoblanadi:
auditorning arizasi;
auditorlik tekshiruvi davomida auditor olingan ma’lumotlarni auditorlik tekshiruvi
buyurtmachisining ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollar
bundan mustasno;
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda qonun hujjatlari talablarini muntazam yoki bir
marta qo’pol ravishda buzganlik;
auditorlik tekshiruvi o’tkazishda aniqlangan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning
buxgalteriya
hisobi yuritish, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish bo’yicha belgilab qo’yilgan talablarni buzish
faktlarining auditor tomonidan yashirganlik;
auditorlik faoliyatida uch yil davomida ishtirok etmaslik;
auditorning malaka sertifikati boshqa shaxsga topshirilgan bo’lib, mazkur shaxs ushbu
hujjatni auditorlik faoliyatida ishtirok etish uchun o’z nomidan foydalanish maqsadida ishlatganlik
faktining aniqlanganligi;
sudning muayyan lavozimlarni egallash yoki moliya-xo’jalik munosabatlari sohasida
muayyan faoliyat bilan shug’ullanish huquqidan maxrum qilish tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi
xukmining qonuniy kuchga kirganligi;
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb
topish to’g’risidagi sud qarori.
Bunda auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun asos bo’lib hisoblangan
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda qonun hujjatlari talablarini bir marta qo’pol ravishda
buzish deb quyidagilar tan olinadi:
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda mustaqillikni ta’minlamaslik;
ishonchli bo’lmagan yoki qasddan soxta auditorlik xulosasini tuzganlik;
auditorlik tekshiruvini o’tkazishda olingan maxfiy axborotlarni auditorlik tekshiruvi
buyurtmachisining
ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno.
Auditor malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish to’g’risida qaror qabul qilingan
sanadan e’tiboran tugatiladi.
Maxsus vakolatli davlat organining auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish
to’g’risidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Auditor malaka sertifikati quyidagi xollarda bekor qilinadi:
maxsus vakolatli davlat organining auditorga malaka sertifikatini berish to’g’risidagi qarori
noqonuniy ekanligi aniqlanganida;
sertifikat soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganida.
Malaka sertifikatini bekor qilish to’g’risidagi qaror auditor malaka ceptifikati berilgan
sanadan e’tiboran amal qiladi.
Dostları ilə paylaş: