Elektrotehnika va elektronika


 O‘lchash vositalari, ularning turlari va asosiy metrologik tavsiflari



Yüklə 7,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/152
tarix13.12.2023
ölçüsü7,5 Mb.
#176424
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   152
Elektrotehnika va elektronika

 
5.1. O‘lchash vositalari, ularning turlari va asosiy metrologik tavsiflari. 
Kattalikning sonli qiymatini odatda o‘lchash amali bilangina topish mumkin, ya’ni bunda ushbu 
kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi kattalikdan necha marta katta yoki kichik 
ekanligi aniqlanadi.
O‘lchash deb
, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki, unda o‘lchanadigan 
kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan miqdori bilan o‘zaro 
solishtiriladi. 
Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki: birinchidan, o‘lchash bu har xil kattaliklar to‘g‘risida 
informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizik eksperimentdir; uchinchidan - o‘lchash jarayonida 
o‘lchanadigan kattalikning o‘lchov birligining ishlatilishidir. Demak, o‘lchashdan maqsad, o‘lchanadigan 
kattalik bilan uning o‘lchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi (tafovutni) nisbatni topishdir. 
Ya’ni, o‘lchash jarayonida o‘lchashdan ko‘zda tutiladigan 
maqsad
, ya’ni izlanuvchi kattalik (bu shunday 
asosiy kattalikki uni aniqlash butun izlanishni, tekshirishni vazifasi, maqsadi hisoblanadi) va 
o‘lchash 
ob’ekti
ishtirok etadi. O‘lchash ob’ekti (o‘lchanadigan kattalik) shunday yordamchi kattalikki, uning 
yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki bu shunday qurilmaki, uning yordamida o‘lchanadigan 
kattalik solishtiriladi. 
Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak; o‘lchash, o‘lchash jarayoni va o‘lchash 
usuli. 
O‘lchash
- bu umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya qabul qilish, o‘zgartirish demakdir. 
Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qo‘llash, ishlatish uchun qulay shaklda aniqlashdir. 


70 
O‘lchash jarayoni 
- bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda 
bo‘lmasin). 

Yüklə 7,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin