P a ra zit b a k te r iy a la r tirik organizm hisobiga yashab hayot
kechiradi. Parazit
bakteriyalar odamda sil, vabo, o ‘ lat, ichburug‘ ,
qoqshol kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Yuqumli kasalliklarning
yoppasiga tarqalishi epidemiya deyiladi. Epidemiyaning oldini olish
uchun karantin e’ lon
qilinadi, ya’ ni odamlarning to ‘ planishi, bemor
oldiga ko‘ pchilikning kirib-chiqishi taqiqlanadi. Bemorning idish-
tovoqlari, sochig‘ i alohida tutiladi va
bakteriyalardan tozalovchi
moddalar yordamida yuviladi. Kasal b o ‘ lmaslik uchun gigiyena
qoidalariga rioya qilish, ovqatlanishdan oldin doimo q o ‘ lni
sovun-
lab yuvish zarur.
Ayrim o ‘simliklar bakteriyalarga qarshi fitonsid modda ajratadi.
Masalan, archa, terak o ‘zidan ajratgan fitonsid modda bilan havo-
ni zararli bakteriyalardan tozalaydi.
Bakteriyalar tabiatda katta ahamiyatga ega. Insonlar foydali
bakteriyalardan
amaliyotda foydalanadi, zararlilariga qarshi kura-
shadi.
Dostları ilə paylaş: