Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

Teologiya
olam va odam 
munosabati, umrning mazmuni, hayot va o‘lim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy e’tiqod 
tushunchalari bilan boQlab tahlil qilish hamda o‘ziga xos mukammal tizimini yaratgan. Bugungi 
kunda diniy dunyoqarashning bir talay asosiy vazifalari orasida, uning hayot ziddiyatlarini bartaraf 
qilish bilan borliq regulyativ faoliyati nihoyatda muhimdir. Umuman, dinning barkamol avlodni 
tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda. 


1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 
10 
Falsafiy dunyoqarash. 
Bu
 
tushunchaning mazmuni insonning olamga, voqea va hodisalarga, 
o‘zgalarga va ularning faoliyatiga, o‘z umri va uning mazmuni kabi ko‘pdan-ko‘p 
tushunchalarga munosabati, ularni anglashi, tushunishi, qadrlashida namoyon bo‘ladi. 
Falsafiy dunyoqarash dunyoni, borliqni aqliy jihatdan umumlashtirib tushuntiruvchi nazariy 
qarashlar tizimidir. U insonning aqliy-intellektual faoliyatiga ko‘proq e’tibor beradi.Falsafiy 
dunyoqarash shakllanishi va rivojlanishiga afsonaviy, diniy dunyoqarashning ta’siri bo‘lganini 
inkor etib bo‘lmaydi. Falsafiy dunyoqarash ana shu ikki irmoq negizida vujudga keldi. 
Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va 
ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Fanda ijtimoiy borliqning barcha jihatlari 
aks etadi. Dunyoqarashning shakllanishida his-tuyQu, aql-idrok va tafakkur ham muhim 
o‘rin tutishi tabiiy. Uning shakllanishi kishilarning hissiy kechinma va kayfiyatlariga ham 
boQliq bo‘lib, inson kayfiyatida uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy xususiyati, madaniy 
saviyasi, shaxsiy taqdiri, yoshi va hokazolar aks etadi. Muayyan davr dunyoqarashida zamon ruhi, 
ijtimoiy kuchlarning kayfiyati, intilishi ham o‘z ifodasini topadi. Masalan, bugungi o‘zbekiston 
mustaqilligini mustahkamlash zarurati istiqlol dunyoqarashini shakllantirishga ulkan ta’sir 
ko‘rsatmoqda.

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin