-
246 -
mijozga o‘z pulini qo‘shimcha 30 kun ichida foydalanish imkonini
beradi. (E’tibor bering, "30" sehrli son emas, schyot-fakturada to‘lov
muddatini ko‘rsatuvchi "Net 40", "Net 15" yoki muddatga ishora
qiluvchi boshqa har qanday raqam ko‘rsatilishi mumkin).
Ba’zan sotuvchi firma sotib oluvchi firmaga agar to‘lovni
vaqtliroq amalga oshirsa chegirma (diskont) taklif qilishi mumkin.
Ya’ni "2/10, Net 30"
belgilari shuni bildiradiki, agar firma tovar
uchun 10 kun ichida pul to‘lasa, 2% chegirma oladi, aks holda to‘liq
summa 30 kun ichida to‘lanishi kerak. Firmalar mijozlarni vaqtliroq
to‘lashga rag‘batlantirish uchun chegirmalar taklif qilib turishadi va
buning natijasida firma tovari pulini keyinroq oladi. Shunga
qaramasdan, chegirma summasi firma xarajatlarini ifodalaydi, chunki
firma sotgan mahsuloti uchun pulni to‘liq miqdorda ola olmaydi.
Sof raqobatli bozorda tijorat krediti moliyalashning yana bir turi
hisoblanadi. Mukammal bozorning Modilyani-Miller shartlari asosida
kreditor va debitor qarzlari miqdori summasining ahamiyati yo‘q.
Aslini olganda, mahsulot sotish bozorlari unchalik raqobatli emas, shu
bois, firmalar o‘z tijorat kredit opsionlaridan samarali foydalangan
holda o‘z qiymatini maksimallashtirishi mumkin.
Tijorat kreditining qiymati (xarajati).
Tijorat krediti, mohiyatan,
sotuvchi firmadan uning mijoziga berilgan qarz hisoblanadi. Narx
chegirmasi foiz stavkasini ifodalaydi. Ko‘pincha, firmalar savdo kre-
ditlari mijozlari uchun narx chegirmasi
tarzidagi jozibador foiz
stavkalarini taklif qiladi. Shu bois, moliyaviy menejerlar tijorat
kreditlarini amalda qo‘llash uchun uning muddatlarini hisoblab
chiqishlari lozim.
Qanday qilib tijorat kreditining foiz stavkasini hisoblab chiqish
mumkin? Tasavvur qilaylik, firma o‘z mahsulotini 100 dollarga
sotadi, ammo mijozlarga “2/10, Net 30” sharti bo‘yicha taklif qiladi.
Mijoz dastlabki 10 kun davomida hech narsa to‘lashi shart emas, shu
bois, u mazkur davr uchun foydasi yo‘q kredit hisoblanadi. Agar
mijoz
chegirmadan foydalanib, 10 kun ichida to‘lasa, u mahsulot
uchun faqat 98 dollar to‘laydi xolos. Sotuvchi firmaga xos chegirma
-
248 -
kompaniyalar banklar bo‘lmasada, ammo
nega ular kreditlar bilan
shug‘ullanishadi? Ularning bunday istaklariga bir necha sabablar bor.
Avvalo bozordan ko‘ra past narxda kreditlash imkoniyati ba’zi
mijozlar uchun xizmatlar haqini pasaytirish imkonini beradi. Misol
tariqasida avtomobil ishlab chiqaruvchilarini ko‘rib chiqaylik. Moliya
bo‘limi hamma avtomobillar narxini past ushlamasdan, ular yomon
kredit imkoniyatiga ega mijozlarni qiziqtiruvchi, ammo yaxshi kredit
imkoniyatiga ega xaridorlar uchun jozibador bo‘lmagan kredit
shartlarini ishlab chiqishadi. Shu tariqa, yomon kredit imkoniga ega
xaridolrlar chegirma narxlarda mahsulot
sotib olishga imkoniyatlari
etadi.
Ikkinchidan, mahsulot yetkazib beruvchi o‘z mijozi bilan
aloqalarni saqlab qoladi, mijozining kredit imkoniyatlari haqida
bankdagilardan ko‘ra ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ladi. Shu bilan
birga, mahsulot yetkazib beruvchi agar tovar puli o‘z vaqtida
to‘lanmasa, keyin boshqa tovar yetkazib bermaslik ehtimoli bilan
“qo‘rqitib”, mijoz to‘lovlari ishonchlilik darajasini ham oshirib boradi.
Va nihoyat, xaridor defolt bo‘lgan
taqdirda, ta’minotchi tovarlarni
garov sifatida ushlab qolishi mumkin. Bu kabi inventarizatsiya
begonadan ko‘ra mijoz bilan bevosita ishlaydigan ta’minotchilar,
jumladan, sanoatdagi ta’minotlar uchun juda katta ahamiyatga ega.
Firmaning kreditor va debitor qarzlari davomiyligi muddatiga
hissa qo‘shuvchi omillardan biri bu naqd pul berilganidan boshlab, pul
haqiqatda firma hisobiga tushgan payt orasidagi kechikishdan iborat.
Bunday kechikish aylanma kapitalga bo‘lgan talabga o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: