-
244 -
XVI BOB. KORPORATIV TUZILMALARDA
AYLANMA KAPITAL
16.1. Aylanma kapitalning iqtisodiy mohiyati,
ahamiyatli jihatlari
Korporativ tuzilmalar faoliyatida aylanma kapital bevosita muhim
ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki
aynan aylanma kapital ham
korporativ tuzilma moliyaviy-xo‘jalik faoliyati uzluksizligini
ta’minlashga xizmat qiladi. Aylanma kapital qisqa muddatli aktivlar,
shuningdek majburiyatlarni o‘z ichiga oladi. Umumiy olganda “Sof
aylanma kapital – biznesni yuritish
uchun qisqa muddatga talab
qilinadigan kapital hisoblanadi”.
37
Aksariyat loyihalar firmaning sof aylanma kapitaliga investitsiya
qilishini talab qiladi. Sof aylanma kapitalning tarkibiy qismlari pul
mablag‘lari, moddiy zaxiralar (inventar), debitor qarzdorlik va
kreditor qarzdorlikdan iborat. Aylanma kapital o‘zida
korporativ
tuzlima kundalik faoliyatini yuritish uchun zarur bo‘lgan naqd pulni
ham o‘z ichiga oladi.
Aylanma kapital darajasi ishlab chiqarish jarayonining avvalida
pulning
firmadan chiqib, keyin unga qaytib kelishi oralig‘idagi vaqt
uzunligini o‘zida aks ettiradi. Kompaniya avval mahsulot yetkazib
beruvchilardan xomashyo yoki tayyor mahsulot shaklida moddiy
vositalar sotib oladi. Firma, odatda moddiy
vositalarni qarzga sotib
oladi, ya’ni firma sotib olish vaqtida zudlik bilan pul berish
imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Moddiy vositalar hatto tayyor mahsulot
bo‘lsa ham, savdo peshtaxtalarida ma’lum bir vaqt turib qoladi. Nihoyat,
moddiy
vosita sotilganda, firma naqd pul tushishini kutib o‘z
xaridorlariga tovarni qarzga berishi mumkin. Firmaning
pul aylanmasi
37
Jonathan Berk, Peter DeMarzo. Corporate finance. USA: Pearson, 2014. P. 886.
-
245 -
– bu firmaning dastlabki moddiy vositani sotib olish uchun pul to‘lashi
va mahsulot sotilganidan keyin pul tushgan davr oralig‘idagi vaqt bilan
o‘lchanadi.
Firmaning
Dostları ilə paylaş: