Nazorat savollari
1.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliaviy rejalashtirishning aha-
miyatli jihatlari.
2.
Moliyaviy rejalashtirish tamoyillari.
3.
Bozor talabi asosida moliyaviy rejalashtirish.
4.
Pul oqimlarini bashoratlash.
5.
Moliyaviy ta’minot uzluksizligini rejalashtirish.
6.
Investitsiya qaytimini bashoratlash.
7.
Korporativ tuzilmalarda mavsumiylik asosida moliyaviy
rejalashtirish.
-
109 -
VIII BOB. QARZ MABLA
G’LARI HISOBIGA
MOLIYALASHTIRISH
8.1. Qarz mablag
ʻ
lari hisobiga moliyalashtirish
manbalari va ularning tasniflanishi
Korxonaning oʻz moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini qarz mablagʻlarini
jalb qilmagan holda samarali davom ettirishi bozor iqtisodiyoti sha-
roitida murakkab masala hisoblanadi. Qarz mablagʻlaridan
foydalanish moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini mos ravishda kengaytirish,
xususiy kapitaldan yanada samarali foydalanishni ta’minlash, turli xil
maqsadli moliyaviy fondlarni shakllantirish jarayonini tezlashtirish,
nihoyat korxonaning bozor qiymatini oshirish imkonini beradi.
Xususiy kapital har qanday biznes asosini tashkil etsada, qator
tarmoq korxonalarida foydalaniladigan qarz kapitali miqdori xususiy
kapital miqdoridan sezilarli darajada yuqori boʻladi. Aynan shu holat
bilan bogʻliqlikda qarz kapitalini jalb qilish va undan samarali
foydalanishni boshqarish korporativ moliyani boshqarishning muhim
funksiyalaridan biri hisoblanadi. Bu funksiya korxona moliyaviy-
xoʻjalik faoliyati boʻyicha yuqori natijalarga erishishni ta’minlashga
yoʻnaltiriladi.
Korxonalarda foydalaniladigan qarz kapitali jami moliyaviy
majburiyatlar miqdori bilan tavsiflanadi. Bunday majburiyatlarni
quyidagicha tabaqalashtirish mumkin:
1. Uzoq muddatli moliyaviy majburiyatlar. Ularga korxonalarda
amal qiluvchi foydalanish muddati bir yildan ortiq boʻlgan qarz
kapitalining barcha shakllarini kiritish mumkin. Uzoq muddatli bank
kreditlari va boshqa uzoq muddatli qarz mablagʻlari (moliyaviy lizing,
soliq
krediti boʻyicha
qarzdorlik,
muomalaga
chiqarilgan
obligatsiyalar boʻyicha qarzdorlik, moliyaviy yordam boʻyicha
-
110 -
qarzdorlik, qaytarish sharti bilan berilgan boshqa mablagʻlar) uzoq
muddatli moliyaviy majburiyatlarning asosiy shakllari hisoblanadi.
2. Qisqa muddatli qarz kapitali. Bir yilgacha boʻlgan muddatda
foydalanish uchun jalb qilingan qarz kapitalining barcha shakllarini
qisqa muddatli moliyaviy majburiyatlarga kiritish mumkin. Bunday
majburiyatlarning asosiy shakllari sifatida qisqa muddatli bank
kreditlari va boshqa qisqa muddatli qarz mablagʻlari (muomalaga
chiqarilgan qisqa muddatli moliyaviy obligatsiyalar, bir yilgacha
taqdim etilgan soliq kreditlari, berilgan veksellar, olingan avanslar)ni
keltirish mumkin.
Oʻz moliyaviy majburiyatlarini qoplash chora-tadbirlari boʻyicha
korxonani rivojlantirish jarayonida qoʻshimcha qarz mablagʻlarini jalb
qilishga talab yuzaga keladi. Bunda korxona tomonidan jalb
qilinadigan qarz mablagʻlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
- jalb qilish manbalari boʻyicha: mamlakat ichkarisidan va tashqi
manbalardan yoki moliya institutlaridan, real sektor korxonalaridan,
jismoniy shaxslardan;
- jalb qilish muddati boʻyicha: qisqa muddatli (bir yilgacha) va
uzoq muddatli (bir yildan ortiq);
- jalb qilish shakli boʻyicha: pul shaklida (moliyaviy kredit),
asosiy vosita (uskuna) shaklida (moliyaviy lizing), tovar shaklida
(tijorat krediti) va boshqa moddiy va nomoddiy shakllarda.
Iqtisodiy munosabatlarda har qanday qarz mablagʻi shak-
shubhasiz majburiyat va olingan qarz mablagʻini belgilangan
muddatda qaytarish, shuningdek, foydalanganlik uchun foiz
koʻrinishidagi mukofot summasini mablagʻ egasiga oʻtkazib berish
asosida taqdim etiladi.
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish manbalari va shakllari
yetarli darajada xilma-xillikka ega. Quyida milliy va xalqaro tajribada
qoʻllaniladigan keng tarqalgan qarz mablagʻlari manbalari mohiyati va
xususiyatlari tavsifiga toʻxtalib oʻtamiz.
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish quyidagi muhim
tamoyillarga asoslanadi:
- qaytarishlik;
-
111 -
- toʻlovlilik;
- muddatlilik.
Qaytarish
tamoyili qarzdor tomonidan olingan summa (asosiy
qarz summasi)ni belgilangan muddatda toʻliq qoplash zaruriyatini
oʻzida aks ettiradi. Amaliyotda qarzdorning bu talabni bajarishi uning
moliyaviy natijalari barqarorligiga, shuningdek, qarzning ta’minlanish
sifatiga bogʻliq hisoblanadi. Shuning uchun ham bank kreditlarini
taqdim etishda
ta’minlanganlik
tamoyiliga ham e’tibor talab etiladi.
Toʻlovlilik
tamoyili taqdim etilgan mablagʻlardan foydalanish
huquqi uchun qarz oluvchining kreditorga foiz toʻlash majburiyatini
oʻzida aks ettiradi. Qarz mablagʻlari boʻyicha foiz stavkasi pul
mablagʻlarining miqdori va foydalanish muddatiga, risklilik va
likvidlilik darajasiga va kreditor tomonidan qoʻyiladigan boshqa
talablarga bogʻliq holda belgilanadi.
Muddatlilik
tamoyili berilgan qarz mablagʻining aniq vaqt
oraligʻidan soʻng kreditorga qaytarilishi bilan tavsiflanadi.
Yuqorida keltirilgan tamoyillarga qoʻshimcha tarzda ba’zi qarz
mablagʻlari shakllari beriladigan mablagʻ va unga mos foiz
toʻlovlarining
ta’minlanganligi
asosida ham koʻrib chiqiladi. Bunga
bank kreditlarini misol sifatida keltirishimiz mumkin.
Umumiy holda qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish jalb
qilish shaklidan qat’iy nazar quyidagi afzalliklarga ega:
- qat’iy belgilangan qiymat va muddat pul oqimlarini
rejalashtirishda aniqlikni ta’minlashga xizmat qiladi;
- foydalanganlik uchun toʻlov miqdori firma daromadiga bogʻliq
emas, ya’ni mulkdorlar buyrugʻi asosida daromadning oʻsish
holatlarida qoʻshimcha daromadni saqlash imkonini beradi;
- moliyaviy richagdan foydalanish hisobiga xususiy kapital
rentabelligini oshirish imkoniyatini yaratadi;
- foydalanganlik uchun toʻlov foyda soligʻi bazasidan chegiriladi
va natijada jalb qilingan kapital qiymatini pasaytiradi;
- boshqaruv huquqini olish va moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga
aralashishni nazarda tutmaydi.
-
112 -
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishning umumiy
kamchiliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- belgilangan foiz miqdori va asosiy qarz summasini qoplashning
majburiyligi moliyaviy natijalarga bogʻliq emas;
- moliyaviy riskning ortishi;
- firma moliyaviy siyosatiga ta’sir etishi mumkin boʻlgan
chegaralovchi shartlarning yuzaga kelishi (masalan, dividend toʻlash,
boshqa qarz mablagʻlari jalb qilish, qoʻshilish va ajralib chiqish,
aktivlarni garov sifatida rasmiylashtirish va boshqalarning
cheklanishi);
- ta’minlanganlik boʻyicha talablarning qoʻyilishi;
- jalb qilish miqdori va foydalanish muddati boʻyicha cheklovlar.
Qoʻshimcha sifatida ta’kidlash lozimki, qarz mablagʻlari hisobiga
moliyalashtirishning har bir shakli oʻzining alohida afzalliklari va
kamchiliklariga ega.
Dostları ilə paylaş: |