Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

Birinchi bosqichda 
qarz oluvchining kredit resurslariga talabini 
va qarz mablagʻi parametrlari (kredit shakli, miqdori, muddati, 



116 - 
maqbul foiz stavkalari va boshqalar)ni aniqlash, shuningdek, ulardan 
foydalanishni iqtisodiy asoslash amalga oshiriladi. 
Pul mablagʻlarini bir vaqtda yoki moliyalashtirilayotgan 
loyihaning aniq bosqichlariga mos ravishda davriy tartibda 
bosqichma-bosqich jalb qilish mumkin. Masalan, qurilishda kredit 
mablagʻlarini olish turli xil pudratchilarga ish (xizmat) haqlarini 
toʻlash muddatlari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Bunday holatda 
kreditni alohida transhlar koʻrinishida taqdim etish yoki olish 
maqsadga muvofiq.
Qarz mablagʻlariga talabning iqtisodiy asoslanishiga alohida 
e’tibor qaratilishi lozim. Aksariyat ekspertlar va tijorat banklari 
mutaxassislarining fikriga koʻra mahalliy korxonalar uchun qarz 
oluvchilarning sifatli biznes-reja yoki texnik-iqtisodiy asosnoma 
taqdim etish qobiliyatiga ega emasligi dolzarb masala boʻlib turibdi. 
Iqtisodiy asoslash sifatining pastligi kredit foiz stavkasining oshishiga 
yoki bank tomonidan kredit taqdim etishning rad etilishiga sabab 
boʻlishi ham mumkin.
Mazkur bosqichda garov ta’minoti predmeti boʻyicha dastlabki 
tanlov ham amalga oshirilishi lozim va bunda garov ta’minotiga 
asosiy talab uning bozor qiymati kredit miqdorining 125 foizini 
tashkil etishi lozim. 
Ikkinchi bosqich
– tijorat bankini tanlash va potensial kreditor 
bilan dastalbki konsultatsiyalarni oʻtkazish hisoblanadi. Mazkur 
bosqichda korxonalar kredit bitimlarining mavjud shartlarini aniqlash 
va korxona uchun qulay boʻlgan bankni tanlashi lozim. 
Bankni tanlash jarayonida banklar faoliyati boʻyicha majburiy 
iqtisodiy normativlar hisobga olinishi kerak. Banklarning likvidliligi 
va ishonchliligi, normativlar tahlili tijorat banki tomonidan taqdim 
etilishi mumkin boʻlgan maksimal kredit mablagʻi miqdorini aniqlash 
imkonini beradi.
Amalda banklarning kredit berishlari uchun majburiy shartlar 
sifatida qarz oluvchining oʻz majburiyatlarini toʻliq va oʻz vaqtida 
bajarishini ta’minlash keltiriladi.



117 - 
Mamlakatimizda kredit berish (olish) “Oʻzbekiston Respublikasi 
banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga 
asosan amalga oshiriladi va bu nizom banklar tomonidan beriladigan 
barcha kreditlarga va kredit liniyalariga nisbatan qoʻllaniladi.

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin