-
120 -
sanasidagi o‘z kapitali miqdori doirasida chiqarishga haqli
hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ obligatsiyalarni chiqarish,
shu
jumladan
aksiyalarga
ayirboshlanadigan
korporativ
obligatsiyalarni chiqarish aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga
ko‘ra yoki, agar jamiyat ustaviga
yoki aksiyadorlar umumiy
yig‘ilishining qaroriga muvofiq jamiyat kuzatuv kengashiga bunday
qaror qabul qilish huquqi tegishli bo‘lsa, jamiyat kuzatuv
kengashining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Kuzatuv kengashining
qaroriga ko‘ra aksiyalarga ayirboshlanadigan korporativ obligatsiyalar
chiqarilgan taqdirda, mazkur qaror jamiyat kuzatuv kengashining
barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi kerak.
Oʻzbekistonda korporativ obligatsiyalarni muomalaga chiqarish
keng miqyosda qoʻllanilmaydi. Qimmatli qogʻozlar
bozori yuqori
darajada rivojlangan AQSHda korporativ obligatsiyalar bozorining
jami kapitallashuvi 3,5 trln dollarni tashkil etadi.
Umumiy
holda
korporativ
obligatsiyalarning
quyidagi
afzalliklarini alohida keltirish mumkin:
- xalqaro amaliyotda keng doirada qoʻllaniladigan qarz amal
qilish muddati uzaytirilishi mumkinligi;
- ochiq kredit tarixi shakllantiriladi, bu oʻz navbatida,
kelgusida
jalb qilinishi mumkin boʻlgan qarz mablagʻlarining bahosini
pasaytirish va ularni jalb qilish muddatini uzaytirish, shuningdek,
xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatini beradi;
- kreditorlar (investorlar) sonini oshirish hisobiga qarz olish
manbalarini diversifikatsiyalash va bitta kreditorga bogʻliqlikning
oldi
olinishi imkonini beradi;
- ikkilamchi bozorda operatsiyalar oʻtkazish hisobiga qarz
tarkibini operativ boshqarish;
- korxona aksiyalarini ochiq joylashtirish uchun sharoit yaratish
va boshqalar.
Lekin alohida ta’kidlash kerakki, obligatsiyalarni muomalaga
chiqarish va joylashtirish bank krediti olishga qaraganda yuqoriroq
miqdorda xarajat talab qiladi.
-
121 -
Qimmatli
qogʻozlarni
joylashtirish
amaliyotiga
koʻra
obligatsiyalarni muomalaga chiqarish va joylashtirish toʻgʻrisida qaror
qabul qilish jarayoni bir necha bosqichlarni
amalga oshirishni talab
etadi. Bunda obligatsiyalarni muomalaga chiqarish boʻyicha
moliyaviy konsultant (tashkilotchi) tanloviga aniqlik kiritilishi,
moliyaviy konsultant tomonidan korxonaning talabidan kelib chiqqan
holda obligatsiyalarning asosiy parametrlari va uning tarkibiy
tuzilmasi, obligatsiyalarga talab boʻyicha bozorning real qobiliyati,
shuningdek, potensial investorlarni topish boʻyicha masalalarga
e’tibor qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: