Funksiyaviy spetsifikatsiya Funksiyaviy spetsifikatsiyaga nisbatan quyidagilar aniqlanadi:
• to‘ liqlikka nisbatan talab shuni anglatadiki, spetsifikatsiya barcha muhim
axborotni saqlashi, unda hech bir muhim ma’lumot o‘tkazib yuborilmasligi,
muhim bo'lmagan axborot bo‘lmasligi kerak. Masalan, ishlanma muallifiga
nisbatan samarali qarorlarni tanlashda xalaqit bermasligi lozim;
• aniqlik talabi shuni anglatadiki, spetsifikatsiya ham buyurtmachi, ham ishlanma
muallifi tomonidan bir xilda qabul qilinishi shart.
Oxirgi talabni bajarish ancha qiyin. Chunki, hatto tabiiy tilde batafsil
spetsifikatsiyalash kerakli aniqlikni ta’minlamaydi. Aniq spetsifikatsiyani faqat
ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minotning ayrim formal modelini ishlab chiqibgina
aniq spetsifikatsiyani aniqlash mumkin.
Strukturaviy yoki obyektga mo‘ljallangan modellar Spetsifikatsiyani aniqlash bosqichida foydalaniladigan formal modellarni ikkita
guruhga ajratish mumkin: ishlanmaga yondashuvga bog‘liq (strukturaviy yoki
obyektga-mo‘ljallangan) modellar va unga bog‘ liq bo'lmagan modellar. Ishlab
chiqilayotgan dasturiy ta’minot xususiyatlarini namoyish etuvchi holatlar
o‘tishining diagrammasi u yoki bu signallarni olishda va predmet sohasining
matematik modeli ishlanmaga har qanday yondashuvda foydalaniladi.
Spetsifikatsiyani tahlil etish va aniqlashga tuzilmaviy yondashuv doirasida
modellarning uchta turidan foydalaniladi: funksiyaga mocljallangan model,
ma’lumotlarga va ma’ lumotlar oqimiga mo‘ljallangan model.
Har bir modeldan dasturiy ishlanmaning o‘z maxsus sinfi uchun foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
Funksiyalar ro'yxati va qayta ishlanadigan ma’lumotlar Shuni hisobga olish kerakki, barcha funksional spetsifikatsiya ishlab chiqilayotgan
dasturiy ta’minotning bir xil tavsifini bayon etadi. Bular: funksiyalar ro'yxati va
qayta ishlanadigan ma’lumotlar. Ular spetsifikatsiya talablarini tahlil etish va
aniqlash jarayonida ishlanma muallifi foydalanadigan tizimli ustuvorlari
bilan farqlanadi.
Holatlarning o‘tish diagrammasi dasturiy ta’minot vaziyatining asosiy aspektlarini,
ma’ lumotlar oqimi diagrammasi ma’lumotlar oqimining yo‘nalishi va
strukturasini, sinflarning konseptual diagrammasi esa predmet sohasidagi asosiy
tushunchalar munosabatini belgilab beradi.
Chunki, turli modellar loyihalashtirilayotgan dasturiy ta’minotni turli tarafdan
bayon etadi. Bunda bir vaqtning o‘zida bir necha modellardan foydalanish va
ularda matn, lug‘at, izoh va tegishli diagrammani tushuntirib beruvchi boshqa
vositalarni qo'llash tavsiya etiladi.