O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/87
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177243
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   87
Математик тасаввурларни шакллантириш (1)

Nazorat savollari: 
1.Maktabgacha ta’lim kollejida “Maktabgacha yoshdagj bolalarda elementar 
matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi” kursini o‘qitish qanday amalga 
oshiriladi? 
2.O‘quv fani bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarga qanday 
mazmunga ega? 
Topshiriq: 
Maktabgacha ta’lim kollejida “Maktabgacha yoshdagi bolalarda 
elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi” kursini o‘qitish 
mazmunini “Qanday”texnologiyasi asosida yoriting.
 
Adabiyotlar: 
1.Hasanboyeva O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –T.: 
Ilm ziyo, 2006.
2. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия 
ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.: 
Ўқитувчи, 1995 й. 
3. Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni 
shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007. 
 


159 
DARS JARAYONIDA YANGI PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 
 
Tayanch so‘z va iboralar: 
konseptual yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan 
ta’lim, tizimli yondashuv, faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv, dialogik yondashuv, 
o‘qitish usullari, o‘qitish texnikasi, hamkorlikdagi ta’lim. 
Yangi 
pedagogik 
texnologiya 
turlari. 
“Matematik tasavvurlarni 
shakllantirish nazariyasi va metodikasi” kursini o‘qitish yuqorida ta’kidlangan 
ta’lim texnologiyalariga asoslanishi va quyidagi konseptual yondashuvlarga 
asoslanishi kerak:
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayoni 
barcha ishtirokchilarining to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni 
loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas
avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan 
kelib chiqqan holda yondashilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida 
mujassam etmog‘i lozim: jaryonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini 
o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini 
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni faollashtirish va intensivlashtirish, 
o‘quv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini 
ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o‘quv jarayoni ishtirokchilarning 
psixologik birligi va o‘zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning 
natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi 
ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi 
va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi subektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va 
faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda 
ishlashni joriy etishga e`tiborni qaratish zarurligini bildiradi.


160 
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali 
ta’lim oluvchi faolligini oshirish usullaridan biri. Bunda muammo va uni hal etish 
usullari, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirish, amaliy faoliyatga 
ularni ijodiy tarzda qo‘llashning mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash – 
yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash. 
Keltirilgan kontseptual yo‘riqlarga asoslangan holda, “Matematik tasavvurlarni 
shakllantirish nazariyasi va metodikasi” kursining maqsad va vazifasi, tarkibiy 
tuzilishi va ta’lim jarayonida tutgan o‘rni, o‘quv axborotining mazmuni va 
hajmidan kelib chiqib, ma’lum sharoit va o‘quv rejasida belgilangan vaqtda 
o‘qitish, kommunikatsiya, axborot va ularni birgalikdagi boshqarishni 
kafolatlaydigan usullar va vositalar tanlovi amalga oshiriladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin