daromadlar ular o‘z shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste’mollarini ko‘zlab sotadigan yoki sotib
oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog‘liqdir. Narxlarning o‘zgarishi iqtisodiy
ne’matlar sotuvchilari va xaridorlari turli guruhlarining daromadlari miqdoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri
ta’sir ko‘rsatadi. Bozorga jamiyat uchun eng zarur ne’matlarni yetkazib beruvchilar, shuningdek,
ushbu paytda mo‘l-ko‘l bo‘lgan ne’matlarni sotib oluvchilar ham yutadilar. Poyafzalchilik
mehnatiga bo‘lgan talab oshsa (taklif o‘zgarmay qolgan darajada), ularning ish kuchining narxi,
demak, daromadlari ham ortadi. Mehnat bozorida taklif oshadigan (doimiy talab sharoitida) bo‘lsa,
uning aksi bo‘ladi: ish kuchining narxi pasayadi.
Narxlarning to‘rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo‘jalik sohalariga ishlab chiqarish
omillarini taqsimlashdir. Narxlar xo‘jalik yurgizishning muhim vositasidir. Marketingni boshqarish
jarayonida marketologlar narxlarning barcha turlaridan, asosan ulgurji narxlar, mahsulot tashish
tariflari va hisob narxlari bilan ish ko‘radilar. Narxlarni quyidagi belgilar orqali turkumlash
mumkin:
Dostları ilə paylaş: