1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   206
M.A.

Nazorat uchun savollar 
1. Tovar hayotiylik davri nazariyasining asoschisi kim? 
2.Tovar assortimenti, markasi, tovar nomenklaturasiga tushuncha bering. 
3.Tovarlar va iste’molchilar qanday turlarga bo‘linadi? 
4.Tovarni bozorga kiritishda qanday yangi yo‘llarni tavsiya etishimiz mumkin? Yangi turdagi 
mahsulot ishlab chiqarishning asosiy bosqichlarini tushuntiring. 
5.Tovar yaratishning qanday bosqichlarini bilasiz? Shaxsiy iste’mol uchun ishlab chiqarilgan 
tovarlar harakatini qanday tasavvur qilasiz? 


X bob. NARX VA NARX UNING SIYOSATI 
10.1. Narx tushunchasi va uning mohiyati 
Narx 
– bu raqobat, resurslarni qayta taqsimlash, kapital harakatining vositasidir. Narx – tovar, 
buyum va xizmatlar qiymatining puldagi ifodasi. Narx bu tovar nafliligi tan olinganda uning 
qiymatining pulda ifodalanishi, qiymatning bozorda namoyon bo‘lish shakli. 
Qiymat 
– bu xaridorning mahsulotdan ko‘rgan foydasi, foydalanish darajasi. Xaridorning 
mahsulotni xarid qilishi uning xohishi, didi va to‘lov qobiliyatiga bog‘liq, bundan tashqari agar 
xaridorga bitta birlik mahsulot kerak bo‘lsa, unda bitta turdagi to‘lash qobiliyati bo‘ladi. Agarda 
unga bir nechta mahsulot kerak bo‘lsa, unda har bir mahsulot uchun boshqa to‘lash qobiliyati 
bo‘ladi. Chunki mahsulotning keyingi donasi kamroq qadrli bo‘ladi. Bu haqiqat bizni 
agregatlashgan bozor talab chizig‘iga olib keladi. 
Mahsulotning narxiga xaridor uni olishga tayyorligi va mahsulotning nafligi ta’sir ko‘rsatadi. Agar 
xaridorda alternativ mahsulotni tanlash imkoniyati bo‘lsa, unda xaridor tomonidan mahsulotni sotib 
olish yoki olmaslik qaroriga nisbiy narx ta’sir qiladi. Bu vaziyatda xaridor o‘zi uchun eng ma’qul va 
ko‘proq foydali bo‘lgan mahsulotni sotib oladi. 
Narx
– “marketing-miks” kompleksining vositalaridan biri hisoblanadi. U hech qachon marketing 
— miksning boshqa vositalaridan ayrilgan holda ko‘rilmasligi kerak. Korxona biron bir “narx 
muammosini” tahlil qilganda ko‘p hollarda uning sababi narx emas, balki narx bilan bog‘liq 
bo‘lmagan raqobat ko‘rsatkichlarining zaifligi hisoblanadi. 
Bozor xo‘jaligi faqatgina erkin raqobatli narxlar sharoitida samarali faoliyat yuritishi mumkin. 
Bunday narxlar raqobatli tanlov, talab va taklif nisbati, bozor muvozanatining tiklanishini hisobga 
olgan holda sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi savdo va oldi-sotdi shartnomasi natijasida hosil bo‘ladi. 
Narx-navo, ya’ni baho bozorning unsurlari ichida eng murakkab elementidir. U har doim o‘zgarib 
turadigan, harakatchan mexanizm bo‘lib bozordagi vaziyat o‘zgarishlariga tez va chaqqonlik bilan 
moslashib boradi. 
Narx va narx belgilash siyosati marketingning bosh tarkibiy qismlaridan biridir. Oxirgi yillarda narx 
bo‘yicha olib borilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida mikroiqtisodiyot va marketing orasidagi 
masofa kamaymoqda. Mahsulotning narxi va nafliligi o‘rtasidagi nisbat har bir iqtisodiy 
kelishuvning asosidir. 
Narx marketing va firma faoliyatining boshqa o‘zgaruvchilari bilan uzviy aloqada bo‘ladi. U 
tovarning hayotiylik sikli davomida o‘zgarib turadi. Marketingda baho siyosatining mohiyati, 


bozorda aniq ulushga erishish, ko‘zda tutilgan foydani olish va boshqa strategik va tezkor 
masalalarni yechish uchun firma tovarlariga narx belgilash va narxlarni o‘zgartirib turishdan iborat. 
Bozor narxlarining asosiy xususiyati - ularning doimo o‘zgarib turish qobiliyatidir. Bu tabiiydir, 
chunki narxlar talab va taklifni o‘zaro bog‘lovchi vositadir. Bizga ma’lumki, ularning har ikkalasi 
ham harakatchandir. Shuning uchun marketing strategiyasida shunchalik harakatchan narxlar 
siyosatidan foydalaniladi. Bu siyosat tovarning bozordagi harakatini tovar hayotiylik davrining turli 
bosqichlarini tartibga solish va boshqarishni, bozorga yangi iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish 
vositalarini kiritishni, eskirgan modellarni bozordan siqib chiqarishni ta’minlaydi. Narxlar hech 
qachon sababsiz o‘zgarmaydi. Masalan, biror kamchiligi bo‘lgan va ma’naviy eskirgan tovarlar 
pasaytirilgan baholarda, hattoki, tushirilgan baholar, deb ataluvchi narxlarda sotiladi. Yuqori narxlar 
esa yuqori sifatli, yangi iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. Rivojlangan 
iqtisodiyotga ega bo‘lgan mamlakatlarda marketingdagi narxni tashkil qilish muammolarini 
faqatgina asosiy strategik yondashishlarigina ishlab chiqilishi bejiz emas, chunki narxlarning o‘zi 
faqat bozor subyektlari: sanoat va savdo firmalari, korxonalari tomonidan o‘rnatiladi va davlat 
tomonidan tartibga solinadi. Tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi o‘rni narx darajasiga 
bog‘liq. Buning natijasi sotiladigan tovarlar massasida korxona ulushining oshishidir. 
Narx – mahsulot sifatining indikatori sifatida. 
Bozor sharoitida narx siyosati o‘ziga xos bo‘lib, turli narxlarning mavjudligi bozor qonuniyatidir. 
Narx shakllanishida tovar bahosi uning sifatini bildiruvchi muhim indikator sifatida namoyon 
bo‘ladi. Tovar narxi qancha yuqori bo‘lsa, talab tushadi va aksincha, past narxda tovarga bo‘lgan 
talab oshadi. Xarid qilish haqida qaror qabul qilishga tovar narxi miqdoriy ko‘rsatkich sifatida 
xizmat qilib, xarid budjetiga qarab u yoki bu narxdagi tovarni sotib oladi. Har doim ham narx tovar 
sifatini obyektiv baholaydi, deb bo‘lmaydi. Savdo do‘konlarining turiga qarab ishlab chiqaruvchidan 
olingan tovarlarga turli narxlar belgilanadi. 
Supermarket, Gipermarketlardagi tovar narxining oddiy kichik chakana savdo do‘konidagi 
narxlardan yuqoriligi yirik savdo markazlaridagi servisning yuqoriligi bilan izohlanadi. 
Nima uchun tovar narxi uning sifatini o‘lchaydigan ko‘rsatkich sifatida namoyon bo‘ladi? 
Bu quyidagilar bilan izohlanadi: 
1.
Tajribalardan ma’lumki, yuqori narx tovar sifatini past narxga qaraganda ko‘proq 
kafolatlaydi. 
2.
Narx xarid jarayonida iste’molchi uchun bir o‘lchovli ma’lum ko‘rsatkich bo‘lib xizmat 
qiladi. Mahsulot narx bilan solishtiriladi. Bir iste’mol ehtiyojini qondiruvchi bir necha 
firmaning mahsuloti xaridor tomonidan solishtiriladi, so‘ngra xarid haqida qarorlar qabul 
qilinadi. 
3.
Tovar narxi sotuvchi orqali xaridorga yetib boradigan signal bo‘lib hisoblanadi. Reklamada 
tovar narxi ko‘rsatilmaydi. 


Uzoq vaqt davomida bizning iqtisodiyotimizda barqaror narxlar holatini haqiqatda tovar va 
xizmatlar bilan ijtimoiy ta’minlash belgilaydi, degan fikr hukmron edi. O‘zgarmas narxlar barqaror 
ishlab chiqarish rivojiga va talabni qondirishga to‘sqinlik qiladi. Bugungi kunda narxlar tizimi ancha 
chalkashki, uni tushunib yetish birmuncha murakkab, eng asosiysi u xo‘jalik yuritishning yangi 
bozorlar sharoitiga moslashmog‘i lozim. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida narxlar ahamiyatining ortib borishi kuzatilmoqda, chunki mana 
shu davrda umumiy ishlab chiqarish hajmi, xarajatlar oshishi iqtisodiy qiyinchiliklar bilan 
uyg‘unlashib ketmoqda. Moliyaviy va bank boshqarish tizimlarining susayishi, transport va milliy 
iqtisodiyot tarmoqlarining kuchsizlanishi narx raqobatini oshirib yubordi. Narxlar darajasi ko‘p 
hollarda xaridor tomonidan belgilanadi. Savdogar uchun marketing tizimida narx siyosatini olib 
borish birmuncha cheklangan. Ma’lumki, yuqori daromadli rivojlangan ba’zi bir mamlakatlarda 
narxning pasayishi sifatning yomonligidan dalolat beradi. Shuning uchun narx pasayishi shu 
davlatlarda korxona mavqeyini bozorda mustahkamlamaydi, balki uni raqobatdoshlilik darajasini 
pasaytiradi. Xaridorlar ana shu davlatlarda yuqori sifatli mahsulotlarni yuqori narxda sotib olishga 
intiladilar. Hozirda narx raqobati asta-sekin narxsiz raqobatlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib bermoqda. 
Marketingda narx siyosatini boshqarish masalasi u amal qilib turgan narx strukturasiga bog‘liq. 
Albatta, marketing - miks vositalari o‘rtasida juda katta farq mavjud. Kommunikativ va 
distribyutorlik siyosati kabi vositalar mahsulotning bozordagi yutug‘i uchun kerak bo‘lgan 
shartlardir. 
Marketing — miks ichida mahsulot narxiga katta vazifa yuklanadi. Faqat narxgina xaridorning 
iqtisodiy “qurbonligi” (aniq bir mahsulot sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan va boshqa mahsulotlardan 
voz kechish) ni belgilaydi. Xaridor uchun narx bu “qurbonlik” hisoblanadi. Uni xaridor biron bir 
foyda yoki nafliligiga ega bo‘lish uchun to‘laydi. Biron bir mahsulot uchun yuqori narx to‘lash 
xaridor uchun boshqa biron bir mahsulotdan voz kechishni bildiradi. Shuning uchun u sotuvchi 
taklif qilgan narxni mahsulot nafliligi bilan va boshqa alternativ mahsulotlar narxi bilan solishtiradi. 
Shunday qilib, har xil xaridorlar uchun mahsulot nafliligi bo‘lishi bizni bozor segmentatsiyasiga va 
har xil narxlarga olib keladi. Xaridorlarning talablari, raqobatchilar tomonidan mahsulotlar doimo 
o‘zgarib turishini inobatga olgan holda muntazam ravishda narxlarni qayta ko‘rib chiqib turish 
lozim. 
Narx marketing kompleksining boshqa uchta unsuri (tovar, savdo, harakatlantirish) bilan daromad 
keltirish borasida farqlanadi. Narx (baho) sotuvchi uchun o‘z mehnati taqdirlanishini ko‘rsatadi. 
10.1- jadval 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin